Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
Keyingi bir haftami, o‘n kundami notanish odamlar kelib-ketishmadimi? 
— Buni biz bilmaymiz, oposi. Bizning gap poylaydigan odatimiz ham, vaqtimiz ham 
yo‘q. Bu do‘mga, ro‘paradagi do‘mga kim kelib-ketayotganini bilsa, Abduqayum biladi. 
— Kim u? 
— Tepadagi qavatda bitta bola bor. Belidan pasti ishlamaydi. Uzzu-kun aravachasida 
o‘tirib olib, ko‘chaga qaragani qaragan. Bir xil paytda suratga ham oladi. 
— Samandar Ochilovni oxirgi marta qachon ko‘rdingiz? O‘n kun bo‘ldimi yo yigirma 
kunmi? 
— Voy, nega o‘n kun bo‘larkan? Uch kun yoki... ikki kun bo‘ldi. Yo‘lakdan 
chiqaverishda ro‘para kelib qoldim. Salom bersam alik olmadi. Men ranjimadim. 
Shunaqa telba-teskari odati bor odam-da u. Bir hil paytda o‘zi salom beradi, bir xil 
paytda xo‘mrayib o‘tib ketadi. 
— O‘sha kuni Nafisanimi yo o‘ldirilgan yigitnimi ko‘rmadingizmi? 
— Yo‘-o‘q ko‘rmadim... 
Narida turgan ayolning yerga qaraganini sezgan Omonullo undan alohida so‘radi: 
— Siz ham ko‘rmadingizmi? 
Ayol unga qaramagan holda past ovozda «yo‘q», deb qo‘ydi. Undagi o‘zgarish 
Omonulloning diqqatidan chetda qolmadi. «Vaqti kelganda oydinlashtiraman», degan 
maqsadda sir boy bermadi. 
Uning sezgisi aldamagan edi: ayol uch kun oldin Nafisani bu yigit bilan ko‘rgan, 
«juvon o‘lgur eri yo‘g‘ida o‘ynashini boshlab keldi», deb sirdosh qo‘shnisiga aytgandi. 
Hamma gapni aytaverib keyin balolarga qolmaslik uchun ikkovi ham jim qolishni ma’qul 
ko‘rishdi. 
— O‘ldirgan odamni topsangiz otiladimi? — deb so‘radi Omonulloning savollariga 
javob berayotgan gapdon ayol. 
— Siz otilsin, desangiz, otildai. 
— Voy, menga nima, battar bo‘lmaydimi! Endi ketaveraylikmi? 
— Yana ozgina turing, iltimos. Ekspertlarning ishi chiqib qolishi mumkin. 
Omonullo shunday deb ayollar aytgan bola bilan uchrashish niyatida yuqoriga 
ko‘tarildi. Eshik qo‘ng‘irog‘i tugmasini bosishga ulgurmay ichkaridan: 
— Kiravering, eshik ochiq, — degan ingichka, ammo jarangli ovoz eshitildi. 
Omonullo bu taklifga binoan eshikni ochib, ostona hatlashi bilan o‘sha ovoz 
«poyabzalni yechish lozimligini» eslatdi. Bir necha nafaslik sukutdan so‘ng esa, «Endi 
to‘g‘ridagi xonaga kiravering», deb taklif etdi. 
To‘g‘ridagi xona eshigi lang ochiq edi. Omonullo ostona hatlay turib beixiyor o‘ng 
tomonga qaradi: enli deraza yonidagi kichkina karavotda boshi katta odamlarniki kabi, 
bo‘ynidan boshlab to oyog‘ining barmoqlarigacha to‘rt yashar go‘dakni eslatuvchi, bola 
desa bolamas, yigit desa yigit deyish mushkul bo‘lgan, qo‘llariyu yelkalari chandib 
bog‘langan bir odam yostig‘iga suyanib, chordona qurib o‘tirardi. U salom bergach, ko‘z 
ishorasi bilan stulni ko‘rsatib «Marhamat, o‘tiring», deb iltifot qildi. So‘ng: 
— Abduqayum Mahkam, — deb o‘zini tanitdi. — Uzr, siz bilan qo‘l berib 
ko‘risholmadim. Falokatni qarang, suyaklarim sal ezilibdi. Chiqib kelayotganingizni oyoq 
tovushlaridan bildim. Xudo menga gavda bermagani bilan quloq bergan. — U shunday 
deb kuldi. Uning kulgisi beg‘ubor, ko‘z boqishlarida esa mas’udlik bor edi. Qorachadan 
kelgan bu yigitchaning yuzlarida Omonulloni ajablantirgan bir nur zohir edi. 
«Ajablantirgan» deyilishining boisi — bu nur «iymon nuri» deyilarki, bu marhamatga, bu 
ajrga qanday amallar evaziga yetishmoq mumkinligini Omonullo hali bilmas edi. Shu 
bois ham «bunaqa ahvoldagi odam ham baxtiyor bo‘luvi mumkinmi?» degan fikr xayolini 
bir yoritib o‘tdi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish