“Navro`z” umumxalq bayrami
Fonda: Bahor bayramini eslatuvchi kuy yangraydi.Sahna bayramona bezatilgan.Musiqa sadolari ostida jarchilar kirib keladi.
Jarchi : (Umid) Odamlar-u odamlar
Bog`da bitgan bodomlar
Eshitmadim demanglar
Zaminga Navro`z keldi
Boshlovchi (Laziz):Boychechak chiqibdi bugun Navro`z ekan
Hamma bir- biriga jigar so`z ekan
Olam ham kecha-kunduz ekan
Boychechak chiqibdi bugun Navro`z ekan
Assalom yuzlari yorug` Navro`zim
Boshlovchi (Sevara):Assalom tong kabi otgan Navro`zim
Bayramingizmuborak bo`lsin aziz mehmonlar
Yangi yilingiz muborak bo`lsin hay bolajonlar
Boychechak chiqibdi bugun Navro`z ekan
Xondamir :Bugun yashnagan elning
Navro`z kunidir
Dil quvonar tikilsam
Hamma yoq guldir
O Diyor :Qo`llarida soz bilan
Gulg`uncha pardoz bilan
Silkinib parvoz bilan
Uchib turna –g`oz bilan
Hamma:qadrdon bahor keldi
Behruz :Bahorni kuting bog`da
Bog` emas dala tog`da
Maysa yashnagan chog`da
Qushlar sayrar bu tog`da
Hamma:sevikli Navro`z keldi
Shaxriyor :Har narsada o`zgarish
Erib oqar jo`nar qish
Har yonda yashnar turmush
O`rik gullari kumush
Hamma:Mehnat bahori keldi
Boshlovchi (Sevara):Salom senga
Bolalar :Navro`zi olam
Boshlovchi(Laziz):Salom senga
Bolalar:Ey go`zal ko`klam
Boshlovchi (Sevara):Salom senga
Bolalar:Mehnat bayrami
Boshlovchi(Laziz):Salom senga
Bolalar :Bahor bayrami
Boshlovchi(Sevara):Quchoq ochib ,gul sochib
Go`zal bahor yangrar der
Quvnab-kulib,zavqqa to`lib
Bulbul kabi sayrang der.
Marhamat “Kamalak”(Durdona,Charos,Rayhona,Jasmina)guruhi ijrosida qo`shiq tinglaymiz.
“Qo`girchog`im quloq sol”
Buvim bo`lolasizmi,
Usma siqolasizmi
Uxlab yotganlarimda
Ertak aytalasizmi
Shunday , shunday qo`g`irchoq
So`zlarimga sol quloq
Oyim bo`lolasizmi
Sochim o`rolasizmi
Ikki metr atlasdan
Ko`ylak tikolasizmi
Shunday , shunday qo`g`irchoq
So`zlarimga sol quloq
Navro`z matni
Afsona
Aytishlaricha ,qadim zamonlarda bir kambag`al ayol yashagan ekan.Uning Hasan , Husan degan o`g`illari ham bo`lib,ular hali juda yosh ekanlar.Ayolning topgan-tutgani qishligiga zo`rg`a yetib,bir amallab ko`klamga chiqib olibdilar.uylarida yegulik hech vaqolari qolmabdi.O`zi-ku mayliku-ya,lekin ikki norasidasining qorinlari ochib,non so`rab zor-zor yig`lashlarini ko`rib,onaizor chidab turolmabdi.Ularni o`yin-kulgi bilan ovutmoqchi bo`lgan ekan,baribirr egizaklar xarxasha qilaveribdilar.Shunda ona bechora nima qilarini bilmay,o`choq boshiga boribdi-da:
- Bolalarim,bir pasgina o`ynab o`tiringlar,men hozir sizlarga ovqat pishirib beraman, - deb qozonga suv solib,tagiga o`t qalabdi.So`ngra dalaga chiqib,o`tgan yilgi bug`doy poyadan bug`doy tomirlarini,endigina nish ura boshlagan har xil o`t –o`lanlardan terib kelib,qozonga solibdi.Un xaltasinii,suprasini qoqishtirgan ekan,bir-ikki kap un-urvoq chiqibdi,uni ham qozonga solib,qaynataveribdi.Kovlayotganda ovozi chiqib,bilinib tursin uchun besh-oltita toshchaniyam yuvib qozonga tashlabdi-da,cho`mich bilan aylantiraveribdi.Har aylantirganda toshlar sharaqlab ovoz chiqarar,buni eshitga Hasan bilan Husan “onamiz bizgabovqat pishiryaptilar”,-deb suyunishib,o`ynay boshlashibdi.Tun yarmidan og`ganda bolalar o`ynay-o`ynay charchab,oxiriuxlab qolibdilar.Ona bo`lsa,qozonni kovlashdan to`xtamay,go`daklari och-nahor uxlab qolganlariga ichi achishib,ko`z Yoshi shashqator bo`lib,tangriga iltijo qilibdi:”Ey Xudo.Shu pishirayotganovqatimga nazar tashla.Ikki norasidaning rizqini o`zing yetkaz,shirinligini ato qilgin.Biz g`ariblardan marhamatingni darig` tutma”.
Tongga yaqin ona ham kovlashdan charchab ,qozonning qopqog`ini yaxshilab yopib dimlabdi-da,bolalarining yoniga yonboshlab uyquga ketibdi.Ertalab bolalarining shovqinidan uyg`onib qolib qarasa ,Hasan-Husanlari qozonga qo`lchalarini tiqib , nimanidir yalashayotganmish.Mo`jiza ro`y berganidan ko`zlariga ishonmagan onaizorning o`ziyam jimjilog`I bilan qozondagi taomdan yalab ko`rsa,shirin narsa ekan.Shunda bolalari:
-Ona , bu ovqatingiz nomi nima ?-deb so`rashgan ekan,ona qozon to`la qizg`ish shirinlikni bolalari tez-tez barmoqlari bilan yalayotganliklariga qarab turib:
-Bolalarim, bu maloikalarning karomati bilan pishdi.Uning oti sermalak,-debdi.
Bu so`z keyinchalik sumalak bo`lb o`zgarib ketgan ekan.Hatto hozir ham keksa onaxonlarimiz-u pir-u badavlat otaxonlar sumalakni tatib ko`rishdan avval:”Qani,Hasan-Husanlarning taomidan yalaylik”,-deb avval jimjiloqlari nilan yalashadi.Sumalak pishirish udumi ana shundan kelib chiqqan ekan.
Ja`far:
Bahor keldi , gul bahor
Etagida gul tutib
Bizga intiq lolazor
Qirlar bag`rida kutib
Farhod:
Atrof to`la har xil gul
Chuchmoma-yu binafsha
Bizning ko`klamlar bitgul
Chiroylidir hamisha
E`zoza:
Quyosh jilmayar ana
Boshimizdan sochib nur
Gullari ko`p vatanda
Hayotimiz quvnoq hur.
Navro`z she`ri O`roq Saidov
Timur:Yomgir savalar mayin,
Maysa yashnar kun sayin,
Men ham endi o`ynayin,
Buvijonim,bu – Navro`z!
Marjon taqdi majnuntol,
Arilar keltirar bol,
Lola peshvoz-qaddi dol.
Buvijonim,bu –Navro`z!
Asilbek:Qaynar shirin sumalak,
Tovlanar yoy-kamalak.
Gulga qo`nmish kappalak,
Buvijonim,bu –Navro`z!
Dilnora:Olam gul ichra yashnar,
Ming bir tovusga o`xshar.
Yashil poyondoz tashar,
Buvijonim,bu –Navro`z!
Dilnoza:yuring chiqay yetaklab,
Gullar tutay etaklab,
Chechaklarga bosing lab,
Buvijonim,bu –Navro`z!
Bahoroy(Jasmina):Assalomu aleykum aziz mehmonlar,ko`zi munchoq bolajonlar.
Men bahorman gullarim bilan
Ilk quyosh nurlarim bilan
Qo`shiq aytib sho`x irmoqlarim
Yelday o`ynab ko`k yaproqlarim
Mehmon bo`lib keldim bolalar
Olib keldim gul-u lolalar
Men bahorman quvnoq bahorman
Sizga sevinch bilan boqaman
Men yolg`iz kelganimyo`q
Bu qizim- Navro`z
Bu dugonam – Maysaoy
Bu dugonam – Suvoy
Bu dugonam-Guloy
Bu esa dugonam-Oftoboy
Durdona:Tog`-u qumlarni surib,
Tog`dan kelar yugurib(suv)
Laziza:Bahorda o`sib chiqdi
Yam-yashil bo`lib chiqdi. {maysa}
Dilnoza:Nur sochadi ham issiq
Boqay desang ko`zlar qisiq {quyosh}
Shahzoda :O`zi qizil go`zal biram
Qirga yozar go`zal gilam {lola}
Boshlovchi(Sevara):Salom ko`m-ko`k bahorim
Suvlari sho`x oqarim
Hay-hay go`zal jamoling
Gurkiraydi kamoling
Go`zal Bahoroy dugonalaring bilan kelib bizni juda xursand etding.Bizni bolalar hali she`rlar aytib beradi.
Davlat :Bizning o`lka soz o`lka,
Gullar poyondoz o`lka
Etak-etak teramiz
Kim so`rasa beramiz
Hamma qo`lida gul bo`lsin
Olam gullarga to`lsin
Shahruz:Bog`da o`ynaymiz quvnab
Gul tutadi gul bahor
Shu yashnagan vatanda
Biz abadiy baxtiyor
Alisher: Bahor menga o`xshaydi
U men bilan yashnaydi
Dalalarga gul terib
Ko`nglim gulday yashnaydi
Ja`sur:Vatanimda bahor kezar
Ko`kda bulut oy kezar
Bir ajib chiroy kezar
Qir kuylar ,dala kuylar
B .Diyor:Qo`shiq aytamiz birga
Yangraydi bog`chamizda
Quvnab , yayrab o`samiz
Mehribon elimizda
Dono:Sarpo kiydi , bog` dalam
Qirda yoqut piyolam
Oftob shu`lasi alvon
Kamalak ko`kda karvon
Nilufar :Navro`z bayram elimizda
Zavqim qaynar dilimizda
Qalbim bahor jo`shaman
Sho`x raqsga tushaman
Endigi navbat Durdona ijrosidagi”Shirin qizcham” raqsi
Endi esa Navro`z bayramidagi urf-odatlarga navbatni beramiz.
Humoyun :Navro`zda ariq,ko`chalar va uy-joylar tazalanadi
Otabek:Navro`zga qadar daraxtlarning tanasi oqlanadi.
Asilbek:Navro`zda yalpiz va ismaloqdan ko`k somsalar qilinadi
Rayhona:Navro`zda bug`doy undirilib,sumalak pishiriladi
Dildora: Navro`zda yaxshi niyatlar qilinadi.
R .Diyorbek: Navro`zda araz-ginalar unitiladi,urishganlar yarashadi.
Aziza : Navro`zda otni,itni urmaydilar
Alisher : Navro`zda bemorlar holidan xabar olinadi.
Behruz : Navro`zda g`iybat qilmaydilar.
Ja`far: Navro`zda ota-onalar qarindosh-urug`larning qabrini ziyorat qilishadi.
Otabek :Mehnat qilar bobo dehqon
Sahro cho`llar bog`-u bo`ston
Aka shunday gul guliston
Mening uirtim O`zbekiston
Gulyuz:Xalqim yashar to`q va omon
Ko`ngilda yo`q hech bir armon
Kelajagi porloq zamon
Mening uirtim O`zbekiston
Navro`z keldi, yoz keldi
Xondamir:Navro`z keldi,yoz keldi,
Turna keldi,g`oz keldi
Yam-yashil chorbog`lardan
Bulbuldan ovoz keldi.
Navro`z keldi bu kecha
Pishiring navro`z go`ja.
Go`jasi shirin momolarga
Beraylik bir juft jo`ja
Laziza:Gulgun ekan ko`ylaging,
Gulday nozik bilaging,
Navro`z keldi,gul keldi,
Aytgin bo`lsa tilaging.
Umid:Qaldirg`och qayib uchar
Qanotin yoyib uchar,
Navro`zda qozon to`lsa,
Elimizda baxt quchar.
Endi navbatni xandalarga beramiz
Umid:Charosxon
Charosxon:LAbbay
Umid:gulmisiz,sumbulmisiz
Jambilmisiz, rayhonmisiz
Charosxon:Aytganingizman
Umid:Men sizga aytsam ,oyingiz tikib bergan ko`ylakka sig`magan sizmidiz
Bayram sho`x qo`shiq,raqs o`yin kulgilar bilan yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |