O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
KASB-HUNAR TA’LIM BOSHQARMASI
BDTI qoshidagi 2-son G’ijduvon akademik litseyi
“Tasdiqlayman”
Ma’naviyat ishlari
bo’yicha direktor
o’rinbosari _______M.Bozorova
“____”__________ 2017-yil
“Yangi yilim yangicha kel yurtimga ”
BAYRAM DASTURI
G’ijduvon -2017
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
KASB-HUNAR TA’LIM BOSHQARMASI
BDTI qoshidagi 2-son G’ijduvon akademik litseyi
“Tasdiqlayman”
Ma’naviyat ishlari
bo’yicha direktor
o’rinbosari _______M.Bozorova
“____”__________ 2017-y
”Tabarruk izlar izidan”
Alisher Navoiy 577 yoshda
BAYRAM DASTURI
G’ijduvon -2012
“Yangi yil“ dasturi
“Jarchilar chiqishi “
1-bosh: Endingi navbatni dasturimizni ochib berish uchun Zebo Xoliqovnaga beramiz .
1-bosh:Assalomu-aleykum aziz va mo`tabar ustozlar ilmga chanqoq-
zukko talaba yoshlar hamda davramiznintg qadrli
mehmonlari.
2-bosh: Assalomda boshlanur har bir so`z,
Har bir kalom,
Qo`lim ko`ksimda bugun,
Deymiz sizga assalom.
1-bosh: Assalom-ey ilmu fanning sohibi tanholari
2-bosh: Bugunki bayram dasturimizga xush kelibsiz
1-bosh: Har bir faslning o`ziga xos unutilmas tarovati, bayramlar
shukuhi bor. O`lkamizga eshik qoqib kelgan qish fasli o`ziga xos unitilmas bayramlari bilan ajralib turadi.
2-bosh: Ha to`gri aytasiz ayniqsa bu borliqni oqlikka, ezgulikka burkab, samodan yog`iladigan qor parchalari insonlar qalbiga o`zgacha zavq bag`ishlaydi.
O`qiyman deb ahd qilgan
O`qishni o`ziga baxt bilgan
Ilm olib charchamagan
Kitob o`qib hech tolmagan
Salom salom yor-yor
Kelin salom yor-yor Talabalarga salom.
Bo`ynimdagi marjonim to`kilib ado bo`ldi,
Sizga aytar salomim shu yerda tamom bo`ldi…
2-bosh:Bahor bilan birga sharq olamining qadimiy urf odatlaridan biri bo`lgan ,bir guruh qizlar tomonidan ijro etilgan
“Laparlar “ga navbatni bersak –u,davramizni davom ettirsak.
Hay yor-yor
Eshik oldi moshpoya kelgin yor o`ynaylik
Bargi betimga soya kelgin yor o`ynaylik.
Izlaganim bilmaysan kelgin yor o`ynaylik,
Sog`inganim oshkora kelgin yor o`ynaylik.
Naqorat: Hay yor-yor yoringman kelgin yor o`ynaylik
Hay yor-yor yoringman kelgin yor o`ynaylik
Man sani sevgan yoringman kelgin yor o`ynaylik
Man sani sevgan yoringman kelgin yor o`ynaylik
Qiyo boq
Xorazmning yo`llarida ochiladi gullari,
O`ynamoqqa yarashadi shu qizlarni bo`ylari .
Xa-a-axqoshing qaro-qaro ko`z
Yana –yana qaro ko`z
Ko`zing noz bilan biz tomonga qiyo boq yana
Yana-yana qiyo boq, Yana-yana qiyo boq
1-bosh:Endingi navbatni ajoyib “Sahna ko`rinishi “ga bersak
2-bosh. Kecha oydin, mavjli dengiz
Kuy to’qir bedor sarv
Oy kelib sarv uzra qo’ndi
Bo’ldi oy ruxsor sarv.
1-bosh. Ikki suvning o’rtasida
Men turibman lolu go’ng
Bir tomon sarv qadli dildor
Bir tomon dildor sarv.
2-bosh.
Marhamat qilib, navbatni go’zal bir “Lazgi” raqsiga bersagu, davramizni davom ettirsak.
1-bosh.
Qalblarga iliq tuyg’ular baxsh etuvchi, ushbu muqaddas ayyom munosabati ila aytilgan samimiy dil ishorimizni buyuk bir ehtirom deb qabul qilgaysiz.
2-bosh.
Aziz ustozlar, biz shuni xohlardikki kelgusi navro’zni ham to’rt ko’z tugal shu davrada kutib olaylik
1-bosh.
Umr mahzuniga matal kutaylik
Eshiklar yonida mahtal kutaylik
Turnalarni to’rt ko’z tugal kutaylik
Turnalar qaytguncha omon bo’laylik
2-bosh.
Goh bilib bildirmay o’tar odamlar
Suvga ketgan kabi ketar odamlar
Dunyo barchamizga yetar odamlar
Turnalar qaytguncha omon bo’laylik.
1-boshlovchi: Shuning bilan bugungi “Navro’z” bayramigabag’ishlangan “Ko’klamingdan aylanay, bahor” mavzusidagi bayram dasturi nihoyasiga yetdi. Hammangizgabayram muborak bo’lsin, [ayr, salomat bo’linglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |