Topshiriq 1
“Nima uchun men bu mutaxassislikni tanladim” mavzusida
Esse
O‘smirlikning eng quvnoq va mazmunli davri akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bag‘rida o‘tkazilgan davrdir. Hozirgi kunda ushbu muassasalarning bitiruvchilari o‘z dillaridagi orzu-havaslari tomon qadam qo‘yadigan kunlar ostonasida turibdilar. Kimdir biror hunarmandlik kasb-korini davom ettirish yoki o‘z shaxsiy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lsa, yana boshqalar oliy ta’lim olish, ya’ni ko‘p yillar orzu qilib, tanlagan kasbiy mutaxassislik sirlarini egallash uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishga ahd qilganlar.Kasb tanlash katta hayot yo‘lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o‘zini baxtli his etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar bo‘lishidan tashqari, o‘z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo‘lishi zarur. Ba’zi yoshlar ko‘p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, «Men kelajakda shu sohaning mutaxassisi bo‘la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?» — deb o‘ylanib qoladilar. Ayrimlar o‘zlarining ko‘p yillik orzularidan ham voz kechib, hozirgi kunda dolzarb ahamiyatli o‘rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda o‘z fikrlarini o‘zgar-tiradilar. Asosiysi, yoshlar to‘g‘ri yo‘lni tanlash o‘z hayotlari oldida juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishlari va faqatgina qiziqishlari yuqori bo‘lgan kasb sirlarini egallashga intilishlari zarur.Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida barcha kasb-hunar va mutaxassislik sohalari ham o‘z dolzarb o‘rniga ega. Ular qatorida jadal sur’atda rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida mutaxassislarni tayyorlaydigan sohalar ham muhim ahamiyatga molik. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) respublikamizda tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida aynan shu soha bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Hozirgi kunda mazkur sohaga qiziqqan mamlakatimizning turli mintaqalarida yashaydigan yoshlarimiz albatta poytaxtga yo‘l olmay ham TATU talabasi bo‘lishdek baxtga erishishlari mumkin. Mamlakatimiz viloyatlarining iqtisodiyot tarmoqlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ehtiyojlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetuk va malakali kadrlar tayyorlash zarurligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq respublikamizning Samarqand, Farg‘ona, Nukus, Qarshi va Urganch shaharlarida universitetning hududiy filiallari tashkil etildi.O‘tgan davr mobaynida hududiy filiallarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining buyruq va farmoyishlarida belgilangan asosiy va ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, AKT sohasida kadrlar tayyorlash borasida, Toshkent shahridagi bosh universitet bilan birgalikda keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu barcha filiallarda viloyat ko‘rkiga yanada chiroy baxsh etuvchi, bilim olish uchun barcha qulaylik va imkoniyatlarga ega zamonaviy o‘quv binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Savollar:
O‘z-o‘zini nazorat qilish savol va topshiriqlari:
1. Iqtisodiy fanlarining asosiy vazifasi nimadan iborat?
2. Iqtisodchilarni tayyorlashda fanning o‘qitishdan maqsad nimada deb o‘ylaysiz?
Javoblar:
1.Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivojlanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida "Ekonomiks", "Ekonomika" va "Siyosiy iqtisod" nomlari bilan, MDH mamlakatlarida "Iqtisodiyot nazariyasi" nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyotni umumiy jihatidan va har bir iqti-sodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalarni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tahlil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda "Iqtisodiy bilim asoslari" sifatida maktablarda, "Iqtisodiyot asoslari" sifatida kollej va akademik litseylarda va "Iqtisodiyot nazariyasi" sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va iste'mol qilinishi jarayonlarini o'rganadi.
2.Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar shuni ko’rsatadiki, yoshlarni etuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to’g’ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o’tish etarli emas. Bu esa ta’lim tizimida jahon tajribasidan keng foydalanishni talab
Do'stlaringiz bilan baham: |