Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
— Fahsh? Oshirib yubordingiz. Nafisa opa fohisha bo‘lganida opoqilar adabini berib 
qo‘yishardi. 
— Lekin ular gaplarida shunga shama’ qilishdi. 
— Birinchi eri bor, deyishgandir yoki o‘ynashi de-yishgandir? Bilaman bu gaplarni. 
O‘sha odamni taniyman. Lekin u anchadan beri ko‘rinmay qoldi. Uch kun oldin kelgan 
yigit o‘ynash bo‘lmasa kerak. 
— Demak, ularni ko‘rgansiz? Bu odamni tanirmidingiz? 
Bu savolni eshitib Abduqayumning chehrasi yorishdi: 
— Baribir so‘raysiz, dedim-a! — Shunday deb kuldi. So‘ng jiddiylashib bosh chayqadi: 
— Yo‘q, uni tanimadim. 
— Unda nimaga asoslanib o‘ynash emas, deyapsiz? 
— Yurishlari xotirjam edi. Hech qayoqqa alanglamay to‘g‘ri yurib kelishdi. O‘ynash 
bo‘lsa, «birov kuzatmayaptimi, tanishlarim ko‘rib qolmasin ishqilib», deb xavotirlanadi. U 
yoq-bu yoqqa qarayveradi. Hech bo‘lmasa, yo‘lakka kirishdan oldin orqasiga o‘giriladi. 
Yo bo‘lmasa, ayol kirib ketadi, sal o‘tmay o‘ynash kiradi. 
— Siz bu gaplarni qaerdan bilasiz? Xuddi butun umr o‘ynashlarni kuzatib yurgan 
izquvarga o‘xshab gapiryapsiz? 
— Bularni bilish uchun unchalik ko‘p aql zarur emas. 
— Boshqacharoq holat ham bo‘lishi mumkinmi? 
— Albatta-da! Siz bilan biz begona ko‘zlarni chalg‘itishning mingta usulini sanab 
o‘tirganimizda qaysi bir uyda o‘ynashlar bizning xayolimizga ham kelmagan ming 
birinchi usulda ishlarini boshlayotgandirlar. 
— Ha, fikringiz mantiqan to‘g‘ri. U holda, ayol eri yo‘q paytda begona erkak bilan 
nima maqsadda kelishi mumkin? 
— Bunisini bilmadim. Bu faqat o‘zlariga ma’lum edi. Afsus shuki, o‘liklar 
gapirishmaydi. 
— Ha, ayniqsa, biz uchun afsus aynan shunda, — deb Abduqayumning fikrini 
tasdiqladi. Omonullo. — Ular o‘zlari bilan juda ko‘p sirlarin olib ketadilar. 
— «Qabr — dunyo manzilining oxiri. Oxirat esa, manzilning boshidir. Modomiki, 
barchamiz qabrga kirar ekanmiz, qanday qilib kayfu safoga berilib, rohat-farog‘atda 
yuribmiz?» 
Omonullo «Bunchalar aqlli ekan, bu yigitcha», deb o‘yladi. Abduqayum unig fikrnii 
o‘qiganday kulimsiradi: 
— Aka, bu mening gaplarim emas. Bir valiulloh aytib o‘tgan ekanlar. Shoshilmayotgan 
bo‘lsangiz, yana bir fikrimni aytaman. Faqat bekorchi gap deb o‘ylamang. Shu ishingizga 
aloqador bo‘lgani uchun aytmoqchiman. Demak, gap bunday: dunyo nimadir? Dunyo — 
o‘tkinchi bir mehmonxonadir. Dunyodagi eng ulug‘ boylik nimadir? Dunyoga 
berilmaslikdir. Dunyo boyligini afzal bilgan kishi zillatga, xorlikka, mol-dunyo to‘plagan 
kishi esa qashshoqlikka giriftor bo‘ladi. Dunyo nimaga o‘xshaydi? Dunyo — yasatilgan 
kelinchakka o‘xshaydi. Ko‘zlar unga termulgan, qalblar esa mushtoqdir. Yasatilmish 
kelinchakka kimlar oshiq? Shub-hasiz NAFS oshiqdir. Bu kelinchak oshiqlarning 
barchasini halok etadi. Hayotdagi tiriklar o‘liklardan, keyingilari oldingilaridan ibrat 
olmayaptilar. Uch xususni unutmaslik kerak: dunyoning o‘tkinchi ekanini, ne’matlarning 
ham o‘tkinchi ekanini, muqarrar o‘limning haq ekanini. 
Abduqayum «bu gaplar ta’sir qildimi, maqbul bo‘ldimi?» degan savol nazari bilan 
Omonulloga tikilib qaradi. Uning gaplariga mos ravishda nazari ham o‘tkir edi. Omonullo 
unga tik qaray olmadi. 
— Yaxshi gaplarni aytgan ekan. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish