Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Toshbolta xojasining nafsi buzuqligidan foydalanib, uni qizining nomusi evaziga 
jilovlab olishni xayol qilgan edi. Bunga erishganday bo‘ldi ham. «Bir isqirtga xotin bo‘lib 
ko‘ylak-ishtonlarini yuvib yurgandan ko‘ra, direktorning o‘ynashi bo‘lib, zebu-zarga 
burkanib yallo qilib yashagan afzal» — Toshboltaning hayotdagi falsafasi shu bo‘ldi. 
Ajabki bu «falsafa» qiziga ham ma’qul keldi. Tursunalining xumor qarashlariga mast 
bo‘lgan qiz otasi ko‘rsatgan yo‘lga osongina kirdi. 
Jilva bilan chorlagan bu yo‘lning oxirida yuragiga pichoq sanchilajagini, qarovsiz iriy 
boshlagan murdasini choyshabga o‘rab olib chiqib ketajaklarini o‘shanda o‘ylab 
ko‘ribdimi? 
Endi diydiyodan ne foyda? Hukm ijro bo‘ldi — qilmishga yarasha ajr berildi. 
Omonulloga bu xonadon ahlining hayoti qorong‘u. Xonadagi horij jihozlarining 
ko‘rkamligiga qarab turib «yomon yashashmas ekan», degan dastlabki xulosaga keldi, 
xolos. 
Murdalarga ko‘zi tushganida «er-xotin ekan-da», deb o‘ylagan edi. Darvoqe, unga 
xabar berib, bu yerga yo‘llaganlarida «erkak-xotin o‘ldirilgan», deyishgan, Omonullo esa 
buni «er-xotin» deb tushungan edi. Bu odam esa «Buqacha» deb turibdi. «Demak, 
o‘ynashmi? Unda qotil kim? Erimi?.. Xotinini birov bilan aysh qilib yotganini ko‘rib... 
Balki mana shu otaning o‘zidir? Qizining qilig‘idan isnodga qolib... Ular o‘ynashganmi?.. 
Ikkovi ham kiyimda... Hatto ayol uy kiyimida emas... Balki endi boshlashmoqchi 
bo‘lishganda...» 
Omonullo o‘ng tomondagi eshik balki yotoqxonadir, degan fikrda o‘sha tomon yurdi. 
Uning maqsadini anglagan Toshbolta «Bu yer mening xonam», deb izoh berdi. Bu 
izohning zamirida «bu xonaga kirmaganingiz ma’qul» degan maqsad ham mavjud edi. 
Omonullo bu maqsadni fahmlagan bo‘lsa ham, e’tiborsiz tarzda eshikni ochib, ichkariga 
bir qadam qo‘ydi: deraza yonida javon. Guldor gilam xonani enlab turibdi. O‘rtada uchta 
katta jomadon, ikkita bo‘g‘cha... 
— Bular siznikimi? — deb so‘radi Omonullo ostonaga yaqinlashgan Toshboltaga 
o‘girilib. 
— Ha... bugun yo‘ldan keldim. 
— Yo‘ldan?— Omonullo ajablandi.— Qaysi yo‘ldan? 
— Oshna-og‘aynilar bilan qo‘shilib, Irkutskka boruvdim. 
— O‘ynaganimi? 
Omonullo bu yoshdagi odamlarning Sibir tomonlarga o‘ynagani bormasligini bilsa ham 
atay shu savolni berdi. Lekin o‘zi kutgan «Ha», degan javobni olmadi. Toshbolta 
jomadonlarga xavotir ko‘zi bilan boqdi-da: 
— Ozgina pamadori olib bordik. Tomorqadan...— dedi. 
— Tomorqadan? Tomorqa... shu uydami? 
— Bu uyda tomorqa nima qiladi? Men bu yerda muqim turmayman. Asli cho‘lda 
yashayman. Bu buyumlar meniki emas. Sheriklarimniki. Ichida nimalar borligini ham 
bilmayman. 
— Sheriklaringiz kim edi? 
Toshboltaning rostdan ham sheriklari bor edi, ularni nomma-nom aytdi. Omonullo yon 
daftar chiqarib yozib oldi. Yoza turib «ishiga pishiq bu odam. Qizi o‘lib yotgan bo‘lsa 
ham, jomadonlarini olib kirib joylashga o‘zida kuch topibdi. Qoyilman... Balki boshqa 
narsalarni ham joylab tashlagandir?..» — deb o‘yladi. 
— Sheriklaringiz uygacha birga kirishdimi? 
— Yo‘q, ular shahar aylangani ketishuvdi. 
— Demak, biror soatlardan keyin kelib qolishadimi? 
— Kim biladi? Balki kelishmas, qishloqqa jo‘navorishar. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish