Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
Bu savoldan ajablangan suratchi yelka qisib qo‘yib, Omonulloga qaradi. Uning 
ajablangani bejiz emas: shu sohada qirq yildan beri ishlayotgan bo‘lsa hali biron marta 
murdani yotgan joyidan jildirmagan, boshqalardan bu kabi tanbehnamo savolni 
eshitmagan ham edi. Omonullo «xo‘p deyaverasiz-da, endi» deganday ko‘z qisib qo‘ydi. 
— Har bir buyumdagi barmoq izlarini olinglar. Qo‘shnilarni so‘roq qiling. Sinchiklab 
ishlanglar. Men o‘zimda bo‘laman, kirib o‘tarsiz. 
Mels Xo‘jaev shunday deb ko‘rsatmalar bergach, tez-tez yurib chiqdi. Turli jinoiy 
ishlar bo‘yicha Omonullo bilan birga ish yuritadigan guruh a’zolari uning bu qilig‘idan 
noroziliklarini yashirmay bir-birlariga savol nazari bilan qarab qo‘ydilar. Omonullo 
«e’tibor bermanglar», deganday qo‘l siltab, ayol murdasi ustiga choyshab yopayotgan 
tibbiy ekspertga yuzlanib so‘radi: 
— O‘ldirilganiga uch kun bo‘lgandir? 
— Ha, ikki-uch kun orasida. Ikkovi ham bir xilda pichoqlanibdi. 
— Bir xilda? 
— Ha, aniqroq xulosani yorib ko‘rganimizdan so‘ng aytaman. Hozir olib 
ketaveraylikmi? 
Omonulloning ruxsati bilan murdalar choyshabga o‘ralib olib chiqib ketildi. Shundan 
so‘ng Omonullo «depara militsiyasidanman», deb o‘zini tanishtirgan yigitdan «kim xabar 
qilibdi, bildingizmi?» deb so‘radi. 
— Marhumaning otasi. Ichkari uyda o‘tiribdi. Alamdan kuyib ketyapti. 
— Bolasi bo‘lgandan keyin kuyadi-da. Otamlatsang otamlatgin, bo‘tamlatmagin, — 
Omonullo shunday deb beixtiyor jag‘ini ushladi. 
Nima dedingiz, tushunmadim? — dedi yigit. 
— Shunaqa maqol bor, — dedi Omonullo og‘riqdan aftini burishtirib. 
— Tishingiz og‘riyaptimi? Bugun o‘zi g‘alati kun bo‘ldi. Mening boshim og‘riyapti. 
— Tishim og‘riganda oldirib tashlovdim, — dedi Omonullo, yigitning izidan katta 
xonaga kirib. 
Deraza tokchasiga tirsagini tiraganicha boshini changallab o‘tirgan Toshbolta 
Omonulloning ovozini eshitib, orqasiga qaradi. 
— Bandalik ekan, otaxon, Xudo sizga sabr bersin,— dedi Omonullo u bilan ko‘risha 
turib. 
Toshbolta yaqin odamidan hamdardlik so‘zlarini eshitganday avval lablari titradi, so‘ng 
ho‘ngrab yubordi. Omonullo uni yelkasidan quchib, «bardam bo‘ling», deb qo‘ydi. 
Toshbolta ovunguniga qadar xonaga nazar tashladi: televizor ustidagi surat uning 
diqqatini tortdi. Go‘zal juvon yonidagi malla odamdan nari qochmoqni ixtiyor etib, o‘ng 
tomoniga surilmoqchiga o‘xshab o‘tiribdi. Ko‘zlariga baxtiyorlik emas, loqaydlik 
muhrlangan. Malla odam esa go‘zal juvonga yaqinlashish istagida boshini u tomon sal 
egib olgan. «Bular kim bo‘ldi? — deb o‘yladi Omonullo. — O‘ldirilgan juvonmi? 
Yonidagisi-chi? O‘lgan erkak malla emasdi, yoshroq ham edi...» 
— Qizingizmi bu? — deb so‘radi Omonullo, Toshbolta yig‘idan to‘xtagach. 
— Ha, — dedi Toshbolta xo‘rsinib. 
— Yonidagi-chi? 
— U... kuyov, eri... 
— Eri? Qaysi? — Omonullo shunday deyishga deb, nojo‘ya savol berganini darrov 
fahmladi. Yaxshiki Toshbolta garangsib turgan edi. Yo‘qsa, bu savolni eshitib «nima 
demoqchisan? Qizimning o‘nta eri bormi?!» deb bobillab berishi tayin edi. Omonullo 
chalg‘imaslik uchun gapni maromiga to‘g‘riladi: 
— Demak, bu kishi kuyovingiz. O‘ldirilgan-chi? U kim? 
— Tanimayman u buqachani! — dedi Toshbolta zarda bilan. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish