Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
Tursunali bu gap chinmi yo hazilmi ekanini bilmay, gangib qoldi. 
— Hoy, it! Senga aytyapti, ur! — deb buyurdi Koshak. 
Tursunali shunda ham jur’at etmagach, Tengiz so‘kinib, boldiriga tepib qoldi. 
Tursunali bu zarbdan bir munkib tushdi-yu, o‘zini tezda o‘nglab oldi. So‘ng buyruqni 
bajarmasa o‘ziga yomon bo‘lishini anglab Murikning yuziga teskari shapaloq tushirdi. 
— Murikjan sen shunday urganmiding? — dedi Tengiz. — Ancha ishdan chiqib 
qolibsan-da. Hezalakchasiga uradigan o‘g‘ri o‘g‘rimi, a Koshak? — Savolga javoban 
Koshak zaharli tirjaydi. Tengiz esa Tur-sunaliga qaradi: — Shu bitta shapaloqqa iching 
o‘tib ketdimi? Koshak, bo‘sh vaqt topib sen bunga urush qanaqa bo‘lishini o‘rgatib 
qo‘yishing kerak ekan. 
Koshakning bo‘sh vaqti hozirga to‘g‘ri kelib, buyruq ijrosini hayallatmadi. Tirjaygan 
holda Tursunaliga yaqinlashdi. O‘ng qo‘li bilan yuzini silab turdi-da, chap qo‘li bilan 
bexosdan qorniga mushtladi. Tursun-ali bukchayishga ulgurmay musht yeb uch qadam 
nariga uchib tushdi. Tengiz tepishga chog‘lanib borayotgan Koshakning yo‘lini to‘sdi: 
— Birinchi darsga shu ham yetadi. Endi Murikning pichog‘ini olib ber. Cho‘mich, sen 
o‘g‘rilar olamiga zarracha foyda keltirmagansan. Shunday bo‘lsa ham haqiqiy o‘g‘ri 
sifatida o‘lishingga imkon beramiz. 
— Knyaz, unday qilma, o‘zingga yomon bo‘ladi! — deb xitob qildi Murik jon 
achchig‘ida. 
Tengiz unga o‘qdek nigohini qadab jim qoldi. Murik aytmasa ham o‘ziga qiyin 
bo‘lishini yaxshi biladi. Murikni yollab, vazifa yuklaganlar uning o‘limiga achinganlari 
uchun emas, balki topshiriq chala bajarilgani uchun ham g‘azab otiga minadilar. Ilonning 
dumi bosib olinsa chaqadi, deydilar. Ammo ilon ba’zan chaqolmasligi ham mumkin ekan. 
Lekin Murikni yollaganlar chaqmasdan qo‘yishmaydi. Kechagi «politbyuro» yig‘inida 
kutilajak bu holat ham nazardan chetda qolmagan edi. «Shunday qilish kerakki, ilon 
kimni chaqishni aniq bilmay chalg‘isin», degan to‘xtamga kelgan «politbyuro» chalg‘itish 
yo‘lini izlab topishni Tengizga yuklagan edi. 
Kecha Murik Tursunalini ovloqqa boshlaganidayoq Tengizga xabar yetgan edi. Tengiz 
birinchi «suhbat» «do‘stona» bo‘lishini bilgani uchun ularning izidan odam jo‘natmadi. U 
uchun eng muhimi — Murikning Tursunaliga qopqon qo‘yishi. Nuriddin Tengizni 
yo‘qlaganida «politbyuro» aynan Murikning taqdirini hal qilayotgan edi. 
Tengiz avvaliga o‘limning yaxshi usulini topganday edi. Murikka «hech kimdan gumon 
qilmanglar, jonimdan to‘yib o‘zimni osyapman», qabilida xat yozdirib olmoqchi edi. Hozir 
boshqa durustroq usul xayoliga kelib, dastlabki fikridan qaytdi. 
— Murikjan, aqlli bola pichog‘ini o‘zi oladi. Sen aqllisan, a? Koshak, to‘xta, unga 
tegma. Sen ham pichog‘ingni ol. 
— Shu itpashsha bilan olishamanmi? — dedi Koshak norozi ohangda. 
— Men senga pichog‘ingni ol, dedim. Olishasan, demadim, — Tengiz Koshak uzatgan 
dudamani olib, cho‘ntagidan ro‘molcha chiqardi-da, yaxshilab artdi. Keyin cho‘k tushib 
o‘tirgan Tursunalini chaqirdi: — Hoy, laqma, bu yoqqa kel. Tirik qolishni istasang, 
o‘zingni himoya qil. Ma, ushla! 
Tursunali pichoq emas, zaharga to‘la, chaqishga shaylanib turgan chayon 
uzatilayotganday seskanib ketdi. Bosh chayqab, yarim qadam tislandi. 
— Men umrimda... odam o‘ldirmaganman, — dedi g‘udranib. 
— Senga odam o‘ldir, demadim. O‘zingni himoya qilgin, deyapman. Yo o‘lasan, yo 
o‘ldirasan, boshqa chorang yo‘q. 
Koshak orqasiga o‘tib, yumshoq yeriga bir tepgach, Tursunali beixtiyor ravishda 
pichoqqa qo‘l uzatdi. 
— Ha, o‘g‘il bola, shunaqa bo‘lsin. Murikjan, ana, hayoting o‘z qo‘lingda. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish