Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
— Seni uning changalidan qutqarishim kerakmi? Kallang joyidami?! U sen bilan 
uchrashish uchun atay bo‘ynini sirtmoqqa tutib bergan. Bekordan bekorga qamaladigan 
bolamas u. Bir narsaning isini sezmasa izingdan tushmas edi. Shu bugundan boshlab 
shartni bekor qilaman. To‘laydigan solig‘ing ham o‘zingga siylov. Erta-indin uyingga 
odam borib, aytgan yeringni titadi. Hech narsa topolmasa xotin, bola-chaqangni 
o‘ldiradi. Keyin o‘zing bu yerda it azobida o‘lasan. Shunaqa bo‘lgani durust. Sen 
ahmaqni himoya qilganim uchun men o‘g‘rilar orasida isnodga qolaman. Yo‘qol, ko‘zimga 
ko‘rinma. 
— Nega ishonmaysiz? — Tursunali shunday deb yig‘lab yubordi. 
Tengiz «o‘l bu kuningdan!» deganday aftini burishtirdi-da, burilib nari ketdi. To‘rt-
besh qadam yurib, gulxan yaqinidagi to‘nkaga o‘tirdi. 
Tursunali nima qilarini bilmay gangigan holda turib qoldi. Yordamga ishongan edi
najotni Yaratgandan emas, shu yigitdan kutgan edi. Hozir ham umidining so‘nggi iplarini 
shu odamga bog‘ladi. Agar hozir bir mo‘’jiza yuz berib, Tangri-taolo aytsaki, «Ey Odam 
bolasi, men butun olamlarning yaratuvchisiman, sen ham bandasan, u ham bandamdir. 
Najotni kimdan kutasan?» Nodonlik, jaholat chodiriga tamoman burkalib olgan, ko‘z 
nurlarini, aql-farosatini shayton alayhila’na ixtiyoriga butkul topshirgan bu banda hech 
ikkilanmay ikkinchi bandani ko‘rsatar edi. (Astag‘firulloh!) 
U asta yurib, ho‘ngrab yig‘lagan holida Tengizga yaqin keldida, yonida tiz cho‘kdi. Shu 
yoshga kirib biron marta bo‘lsin Yaratganiga sajda qilmagan banda xorlik libosiga o‘ralib 
ikkinchi bir banda yonida tiz cho‘kdi. Tengiz to‘g‘ri aytgan edi: erkakning bu qadar 
xorlanishidan ko‘ra o‘lib ketavergani ming karra afzalroq. 
— Meni qutqaring. O‘lguningizcha qulingiz bo‘la-yin. 
Tengiz salgina burildi-yu, uning yonog‘iga musht tushirdi. Marhamat kutib tiz 
cho‘kkan Tursunali bu zarb-dan chalqanchasiga yiqildi. 
— Mishig‘ingni art, he xunasa! — Tengiz shunday deb kaftiga qor olib ishqadi. — Qul 
bo‘larmish... Sendaqa erkakni moyagidan osib qo‘yish kerak. Erkakman, deb yuribsanmi 
hali... — Tengiz xumordan chiqqunicha so‘kib, unga qarab tupurdi. — Oilangning 
ehtiyotini qilaman. Ular yemagan somsalariga pul to‘lab yurishmasin. Sen bilan ishim 
yo‘q. Yo‘qol! 
«Hammang bir go‘rsanlar! Hammang ablahsanlar! Hammangni qirib tashlash kerak! 
Urug‘laringni o‘ynatib tashlash kerak!» — Tursunalining xayolini shunday hayqiriq 
to‘zitdi, ammo bo‘g‘zi bu nidoni tilga ko‘chishiga yo‘l bermadi. Tengizning salgina yon 
bosgani unga dalda bo‘lib, o‘rnidan turdi. Rahmat aytib, iziga qayta boshladi. O‘n 
qadamcha bosib to‘xtadi-da, najot ko‘zlari bilan orqasiga o‘girilib, Tengizga qaradi. «Kel, 
bo‘pti, o‘zingni ham himoya qilaman», degan gapni kutdi. 
Ish joyiga qaytib, qo‘liga bolta oldi. Amal kursisini egallab, raykom taxtiga yo‘l 
ko‘rsatgan aqli endi jonini saqlab qolish yo‘lini aniqlashga ojizlik qilayotgan edi. Yuzlab 
odamlarning nonini yarimta qila olgan tadbirlari bu yerda o‘lumtuk ahvolga tushdi. Aql 
ham, tadbir ham unga xiyonat qildi. Aql, tadbir deganlari shayton izmida bo‘lgach, 
o‘zgacha oqibat kutish mumkinmi? 
Beixtiyor ravishda daraxt shoxlariga bolta urar ekan, qutulish choralarini izlaydi. 
Ammo sonsiz kapalak singari to‘zigan fikrlari o‘ziga bo‘ysunmaydi. Shaytonning burchi 
uni jar yoqasiga yetaklab kelmoq edi — vazifasini ado qildi. Qadamini bir qarichgina nari 
tashlasa kifoya. Shu paytgacha shaytonning mehri bulog‘idan suv ichib, quvvat olgan 
aqli uni asrab qola olarmikin? 
Bu aql unga yagona najot yo‘lini ko‘rsata boshladi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish