Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
139
Bu satrlar Tengizning xasta yuragidan potrab chiqib beixtiyor tilga ko‘chgan, 
Nuriddinga aytish uchun mo‘ljallanmagan edi. Tengiz ham, boshqa sheriklari ham 
o‘zlarini «ozod inson» hisoblasalar-da, aslan o‘zlari barpo etgan zindonga mahbus edilar. 
Dastlab hashamatli qasr bo‘lib ko‘ringan bu zindondan hech kim osonlikcha, aniqroq 
aytilsa, tirikligicha qutilgan emas. Ko‘pchilik qutulish choralarini o‘ylamaydi ham, 
izlamaydi ham. Tengiz esa bu qasr ostonasiga qadam bosgunicha bo‘lgan chin ozodligini 
qo‘msaydi. Yuragi ba’zan qanoti singan qush singari uchmoq istaydi. Qaysi zamonda
qay makonda qanotlari singan qush erkin osmonga parvoz qilibdi-ki, Tengizning qalbi 
bunga yetishsa... 
— Bu daraxt bechoralar bizlar tufayli tutqunda, bizlarni deb bular ham tikonli qamoq 
simto‘rlari bilan o‘ralgan... — Tengiz bu gapni ham Nuriddin uchun emas, o‘zi uchun past 
ovozda aytdi. 
Ularning makoni pokiza hislarga bandi bo‘lib turishga ko‘pam imkon bermaydi. Bunda 
qalblar bir necha lahzagina asliga qaytishi mumkin. So‘ng... yana buzuqlik, yovuzlik, 
nafrat chodirlariga o‘raladi. O‘ralganda ham chirmab o‘raydi, ezadi, siqadi. Ozgina fursat 
yayragan hislar esa nola chekadi, ingraydi, oqibat — ovozi o‘chadi. 
Tengiz shunday holatda edi. 
Zulmat chodiri qalbni o‘radi — kaftini daraxt badanidan oldi. 
— Mazza qilib chiqdingmi? — deb Nuriddinning yelkasiga yengil mushtladi. — 
Eshitgandirsan, o‘sha fitna xuddi men aytganday amalga oshdi. Yanis og‘ir yotibdi. 
Bugun-erta jon bersa ham ehtimol. Bir mo‘’jiza bilan tirik qolsa ham otuvga hukm 
etiladi. O‘ldirilgan uch mahbusning xuni uning bo‘yniga ilindi. Yana uchta sherigi ham 
ketadi. Sen bilan biz esa maishatlarimizni qilib yuraveramiz.— Tengiz keyingi gapi-ni 
achchiq kinoya bilan aytdi-da, daraxtni tepdi.— Ular yurtlariga ozodlik urug‘i sepgan 
edilar. Bu yerga kelib o‘lim mevasini undirib yedilar. Ayb bizda emas, Hamzat, sen hali 
bunday tamoshalarning ko‘pini ko‘rasan. 
— Meni nimaga qamashdi? 
Nuriddin aslida «siz qamattirdingizmi?» deb so‘ramoqchi edi. Tengiz savolning 
mag‘zini o‘qib, bosh chayqadi: 
Bilmayman, Hamzat. Ko‘ziga xunuk ko‘rinib qolgandirsan. — Tengiz shunday deb 
ko‘zlarini lo‘q qilganicha unga tikildi. Ayrim odamlar yolg‘onni sezdirmaslik uchun 
nigohini olib qochadi, Tengiz esa aksincha, tik qaraydi. 
Nuriddinning gumonida jon bor edi: u Tengiz istagi bilan qamalgandi. Tengiz kechasi 
Koshakning arog‘ini ichgach, ko‘p o‘yladi. Ertasiga Koshakni chorlab, gapni aylantirib 
so‘radi. Koshak aniq javobdan bo‘yin tovlasa ham Nuriddinning o‘limga hukm qilinganini 
ishora bilan ma’lum qilib qo‘ydi. «Shogirding ham sinaladigan bo‘lib turibdi», 
deyishidanoq Tengiz uning shumligini payqadi. Angladi-yu, mayorni ishga soldi. 
Mayorning osonlik bilan ko‘nganidan bildiki, Nuriddinning nishonga aylanishi qamoq 
lageri boshliqlarining fikri emas, Koshakning shaxsiy tashabbusi. Shu bois ham Nuriddin 
qutulib chiqishi bilan uni chaqirtirdi. 
— Hamzat, sening bog‘cha bolalik davring o‘tdi. Endi maktabdagi o‘qishni boshlashing 
kerak. O‘jarlikni yig‘ishtir, sen uchun eng to‘g‘ri yo‘l — bizning yo‘limiz. Birinchidan, 
joningni asraysan, bu yerdan tirik holda, ikki oyog‘ingda yurib qaytasan uyingga. 
Ikkinchidan, bilib qo‘y: uyingga qaytganingda birov seni odam o‘rnida ko‘rmaydi. Hatto 
eng yaqin qarindoshlaring uchun ham sen «qamalib chiqqan odam»san. Birovnikiga 
mehmonga borsang ham sendan xavfsirab tu-rishadi. Igna yo‘qolsa ham sendan 
ko‘rishadi. Ular orasida endi halol yashay olmaysan. Hamonki sendan 
shubhalanishyaptimi, yaxshisi chinakam o‘g‘ri bo‘lib yashayverganing ma’qul. Sen 
bizning kasbimizdan nafratlanma, avval ham aytganman, yana aytaman: biz halol 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish