Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
Navbat «siyosiy» tayyorgarlikdan «amaliy» mashg‘ulotga o‘tib, Qo‘tos temir 
javonlarning, ulardagi qulf-larning turlari haqida tushuntirib o‘tirganda Koshak 
yaqinlashib, yon tomonga xunuk tarzda tupurdi-da: 
— Knyazingning kuni bitdi, — dedi Qo‘tosga qarab. 
Bu kutilmagan xabar Nuriddinni ham, Qo‘tosni ham tang qoldirdi. 
— Nima bo‘ldi? — dedi Qo‘tos o‘rnidan turib. 
— Nima bo‘lardi, — dedi Koshak Nuriddinga qarab zaharli tirjayib, — kuni bitgandir-
da. Qo‘llariga kishan urib, hibsxonaga tashladilar. 
— Kim tashladi? Nimaga tashladi? 
— Nimaligini ulardan so‘ra. Knyazing keyingi payt-da o‘zini rostdan ham «knyaz» deb 
ishonib qoluvdi. Uni uch harf tinchitadi endi. 
— Koshak, sen bundan quvonyapsanmi? — dedi Qo‘tos achchiqlanib. 
— Bo‘lmasamchi! Endi bu yerda men knyazman! 
— Bekor aytibsan! Biz hali o‘ylashib ko‘ramiz. Sen birodaringning musibatidan 
quvonib, qonunni buzyapsan! 
— Qo‘tos, sen o‘zingning ishingni bilib qilaver. Lekin mana bunaqa itvachchalarni 
yo‘qot. — Koshak shunday deb yonidan buklama pichoqni chiqarib sopi yonidagi tugmani 
bosdi. Oftobda yaltillagan pichoq tig‘ini Nuriddinning kekirdagiga tiradi: — Ana endi 
himoya-ching yo‘q, Bifshteks uchun javob beradigan vaqting keldi. — Shunday deb tig‘ni 
asta botirdi. 
— Koshak, bu bizning odam! 
— Bekor aytibsan, bu itvachchalar hech qachon bizning odam bo‘lishmaydi. Men 
Bifshteks uchun buni o‘ldiraman, deganmanmi, demak, o‘ldiraman. Mayli, hozir emas
ozgina yashasin, qutulib chiqsin, uyiga borsin. O‘sha yerda... buning sassiq onasini 
o‘zining ko‘z oldida tramvayga qo‘yaman... Keyin... 
Keyin nima bo‘lishini ayta olmadi. «Sassiq onasini...» deganidayoq Nuriddinning joni 
halqumiga keldi, «tramvayga qo‘yaman», deganida esa qalbida nafrat va g‘azab vulqoni 
portladi-yu, ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Tomog‘iga pichoq tirab turilganini ham unutib, 
Koshakning naq qanshariga musht tushirdi. Nariga uchib tushgan Koshakni tepmoqchi 
bo‘lganida Qo‘tos yo‘lini to‘sdi. Dam o‘tmay Koshak o‘rnidan turib, yerga sanchilib 
qolgan pichoqni yana qo‘liga oldi: 
— Qo‘tos, qoch, bu itni menga qo‘yib ber! — dedi u xirillab. 
— Faqat o‘zingni himoya qil, — Qo‘tos Nuriddinga qarab shunday dedi-da, o‘zi chetga 
chiqdi. Koshak esa o‘sha zahoti quturgan mushuk misol Nuriddinga tashlandi. Nuriddin 
uning hamlalariga chap beraverib, bir necha daqiqa sarson qildi. Hamlalari bekor ketgani 
sayin Koshak bo‘ralab so‘kar, beto‘xtov ravishda tupurar edi. Uning bu qiliqlari 
Nuriddinning joniga tegib, oxiri Koshakning pichoq tutgan qo‘lini mo‘ljallab turib, bilagiga 
qattiq tepdi. Nariga uchib tushgan pichoqni Qo‘tos oldi-da, tig‘ini buklab, cho‘ntagiga 
soldi. Keyin qo‘lini changallaganicha tiz cho‘kib o‘tirib qolgan Koshakka yaqinlashib, 
bilagini ushlab ko‘rdi: 
— O‘lmaysan, singan bo‘lsa tuzalib ketadi. Besh-o‘n kun qitmirlik qilmay o‘tira 
turasan. 
— Men uni o‘ldirmay qo‘ymayman, — dedi Koshak, keyin Nuriddinga qarab baqirdi: — 
Ey, it! Endi sen o‘liksan, tushundingmi, o‘liksan! 
Nuriddin tushundi. Bular «o‘liksan», deb hukm chiqarishdimi, demak, muddaoga 
yetishmaguncha tinchishmaydi. Demak, yashab qolishning yagona chorasi bor: uni 
o‘ldirish!.. Nuriddin shu to‘xtamga kelgani bilan qarorini amalga oshirish yo‘l-yo‘rig‘ini 
bilmas edi. Urushda bo‘lsa ekanki, shartta qurol tepkisini bosib, o‘q yog‘dirib yuborsa. 
Bunda qurol yo‘q, musht bilan esa biron natijaga erishish qiyin. «O‘ychi o‘yiga 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish