Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
bostirishga urinishmayotganidan ajablandi. Qamoq shifoxonasida ko‘zlari tinib, boshi 
aylanib yotganda bu haqda ko‘p o‘yladi. Chala o‘lik, chala tirik holda azob dengiziga bir 
g‘arq bo‘lib, bir yuzaga qalqib chiqib yotganida o‘zini «prokuraturadanman», deb 
tanishtirgan odam beshta surat ko‘rsatib, «qaysi biri bilan zekvagonda kelgansan?» deb 
so‘radi. Tursunali Tengizning ogohlantirishini eslab «Udav»ning suratini adashmay 
ko‘rsatdi. «Prokuraturadanman» degan odam nechundir boshqa narsani so‘ramadi. 
Oshxonada janjal boshlanganida, ayniqsa jag‘iga birinchi musht tushganida Nuriddinni 
izladi. Keyinroq esladi: Nuriddin o‘sha kuni ertalabdan ko‘rinmagan edi. Yo‘q, hatto 
tunda ham joyida yotmagan edi. «Qayoqqa yo‘qoldi! Yo qochib ketdimi u nodon?» deb 
o‘yladi Tursunali. Nuriddinning qamoq hibsxonasida ekanini bilgach «omadli bola ekan», 
deb qo‘ydi. Bu masalada u haq edi. Chunki bir necha kunlik hibs Nuriddin hayotini omon 
saqlab qoldi, deyish ham mumkin. 
Tayyorlanmish fitnadan ogoh bo‘lgan kunning ertasiga oqshomda Nuriddin hovlida 
boshliq muoviniga duch keldi. Salom berib o‘tib, ikki qadam ham bosmagan edi-ki, 
mayor «to‘xta!» deb buyurdi. Nuriddin to‘xtagach, bo‘ralab so‘kib, «nega salom 
bermading?» deb baqirdi. «Salom berdim-ku?» deb ajablangan Nuriddinni mayor «hali 
gap ham qaytarasanmi!» deb urib qoldi. Nuriddin javob qaytarish u yoqda tursin, hi-
moyaga chog‘lansa ham battar bo‘lishini bilgani uchun tobe holida turib berdi. Mayor 
urib, so‘kib bo‘lgach, Nuriddinni hibsxonaga boshlab borib, «salom bermagani, gap 
qaytargani va lager ichki intizomini qo‘pol buzgani uchun» qamadi. Botqoqqa tashlangan 
odam «nechun bunda loy ko‘p?» deb ajablanmagani kabi Nuriddin «bu qadar nohaqlik 
bo‘larmi, axir?!» deb hayratlanmadi ham, g‘azablanmadi ham. Bu tarzdagi hibsxonada 
o‘tirishlar uyga yuborajak va olinajak mujdalar sonini kamaytirishini, oqibat ozod bo‘lib 
chiqish onlariga salbiy ta’sir etajagini bilgani uchun afsuslandi xolos. 
Hibsdan qutulib chiqishi bilan uni Tengiz chorlatdi. Yomg‘irdan so‘ng adl qomat oq 
qayinlar nozikbadan kelinchaklarday ko‘zni quvontirardi. Tengiz daraxtning silliq 
badaniga kaftini qo‘yib atrofga suqlanib boqardi. Uning ovulida, archalar orasida, unda-
bunda shunday oqbadan qayinlar ko‘zga tashlanardi. Ularni birov atayin olib kelib 
ekkanmi yo qadimdan bormidi — Tengiz bilmaydi. Tog‘ archalari orasida begonasiramay 
o‘sayotgan bu daraxtlarga qarab zavqlanardi. Bu yerda, o‘z yurtida oq qayinlar o‘zgacha 
jilva qilardi. 
Nuriddinni boshlab kelgan Pachoqburun sal berida to‘xtab «Knyaz, keldi», deb ovoz 
berdi. Tengiz orqasiga o‘girilgach, o‘zi nari ketdi. Nuriddin esa u tomon yurdi. 
— Ha, Hamzat, kel, mana buni qara: agar dunyoda pokizalik istasang, daraxtlaru 
ko‘katlardan izla. Odamlardan qidirma — ovora bo‘lasan. Kaftingni qo‘y bu yerga, so‘ng 
tabiatning shiviriga quloq tut. 
Nuriddin Tengizning aytganini qildi. Ammo hech narsani sezmadi, tushunmadi. Tengiz 
esa xuddi o‘ziga o‘zi gapirganday she’r o‘qiy boshladi: 
Angladim: nomusning qotili — qullik, 
Ko‘rdim: tojli boshlar ta’zimga keldi. 
Bulbullarim o‘ldi Chamanzorlarda 
Bulbulli maqomi cho‘g‘zimga keldi. 
Haqoratlar yedim. Tahqir, haqorat — 
Tirnog‘imdan tortib bo‘g‘zimga keldi...
26
 
Ruschalab aytilgan satrlarni Nuriddin yaxshi tushunmadi. Yaxshiki, Tengiz 
«angladingmi, Hamzat?» demadi. So‘raganida uning dovdirashi aniq edi. 
                               
26
 Shoira Qutlibekaning ajib she’rlaridan minnatdorlik ila foydalandik. — Muallif. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish