Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
harakat qilmagani ham rost. Ammo rost gapga bu odam ishonarmikin? Matluba shu 
armon, shu o‘kinch bilan Omonulloga qarab-qarab qo‘yardi. 
Omonullo uning gaplarini bo‘lmay eshitdi. «Shu ayol o‘ldirgandir» degan gumon unga 
hukmini o‘tkazmagan bo‘lsa-da, fikrdan uzoqlashishga haqqi ham yo‘q edi. To chin qotil 
topilmagunicha shu ma’sumadan ham shubhalanishga haqli edi. 
Omonullo Matlubaning so‘zlarini eshitish asnosida beixtiyor Adolatni ko‘z oldiga 
keltirdi. O‘shandan gumonsiraganda ham tinch qo‘ymas edi. Bu ayol... boshqachaga 
o‘xshaydi. Ezilgan ruhi, toptalgan umidi uchun xun talab qilsa ham arzir. Ammo... 
bolalarining otasi bo‘lgani uchun ham uning nomini himoya qilyapti, uni umid bilan 
kutyapti. Har qanday ayol erini qiz-g‘anadi. Qalbini yiring bosgan Matlubaning ham 
qizg‘anishi tayin. Ammo bu rashk, bu qizg‘anish qotillikka undashi mumkinmi? Omonullo 
uchun bu mubham bo‘lib qolaveradi. 
U Matlubadan erining maktublarini ko‘rsatishni iltimos qildi. Matluba bir oz ikkilangan 
holda uyga kirib to‘rt-beshta maktub olib chiqdi-da, soliq to‘lashga undovchi xatni ajratib 
berdi. Omonullo satrlarga ko‘z yugurtirgandayoq, lager qamoqxonasidagi ahvolni 
angladi. 
— Boltaevadan shubhalanganingiz o‘rinsiz. Eringiz qamoqdagi katta baliqlarga yem 
bo‘lgan. 
— Bilasizmi shuni? Bilsangiz... nega yo‘l qo‘yib berasiz? 
— Buni o‘sha yoqdagilardan so‘rash kerak. Bizning vazifamiz boshqa. Agar biror kishi 
pul talab qilib kelgan bo‘lsa, ayting. Ular bilan shug‘ullanamiz. 
Matluba Xursanalining ogohlantirishini eslab: «Yo‘q, yo‘q, hali hech kim kelmadi», deb 
qo‘ydi. 
Omonullo bunga ishonganday bo‘ldi-yu, yana uchrashishga shama’ qilib ko‘cha tomon 
yurdi. Matluba ostonaga qadar kuzatib borib, Omonulloning ortidan eshikni yopdi. 
Safar orqa o‘rindiqda kavshanib o‘tirardi. Omonullo mashina eshigini ochishi bilan 
dimog‘iga aroq, kolbasa hidi urildi. 
— Ha, ochofat, darrov yutdingmi? — dedi Omonullo unga qovoq uyub qarab. 
— Boshga quvvat bo‘ladi, senam qittakkina olvol. 
Omonullo «nafsing qursin», dedi-da, mashinani yurg‘izdi. U direktor bilan uchrashib 
yangi gap ololmagach, bog‘ qorovuli bilan gaplashishni ixtiyor qildi. Direktor obkomdan 
vakil kelayotganini aytib, unga bir yugurdagini qo‘shib berdi. Nomi bog‘ qorovuli, aslida 
xo‘jayinning ham mahrami, ham oshpazi bo‘lmish ukkiko‘z Karvon Tursunali bilan qizini 
shu yerda ko‘rganini aytdi. Aravakash otasining «Karvon» laqabini meros qilib olgan bu 
odam bilganlarini yashirmadi: «Direktor buva Toshkentda edilar. Xo‘jayin yo‘qliklarida 
ishlarimni qilvolay deb rayon markaziga tushuvdim. Qaytib kelayotsam, Oshbolta bilan 
qizi chiqib kelishyapti. Oshboltaning da’vosi katta — u o‘zini menga ustoz deb biladi. 
«O‘choqni harom qilibsan, buzib tashladim, ertamatan kelib yangisini qurib beraman», 
deydi. «Nimasi harom?» desam, «O‘choqning ichida it yotibdi», deydi. It ilgari ham 
yotardi, harom-parom demasdi, qachondan beri haromni haloldan ajratadigan 
bo‘libdiyikin, deb qolovurdim. Nazarimda u qizini yangi direktorga qo‘shgani olib 
kelganu, ishi unmagach, alamdan o‘choqni buzib tashlagan. O‘choqni o‘sha kuniyoq 
o‘zimla o‘nglab qo‘ydim. Xo‘jayin yarim kechada qaytib, ovqat qil, deb buyursalar 
«Ertalab Oshbolta o‘choq qurib bersin, keyin ovqat pishiray», deymanmi?» 
Omonullo Karvonning gaplarida bir ilmoqni sezdi-yu, bo‘lib o‘tgan voqeani 
oydinlashtirishga ojizlik qildi. Savollarni qalashtirgani bilan kerakli javoblarni ololmadi. 
Nafisaning qishloqqa kelishi, boqqa borishi, o‘choqning buzilishi... Quloqlariga tilla 
ziraklar, barmoqlariga tilla uzuklar taqib qaytishi... da sir yashirin edi. Bu sirdan voqif 
odamning biri tuproq ostida, ikkinchisi tildan qolgan... 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish