Ko`z , ta`m va hid bilish
1. Oqsil parda (a) va Shoxsimon parda (b) ga xos javoblarni juftlang. 1.ko’zni mexanik va kimyoviy ta’sirdan himoya qiladi 2. juda ko’p retseptorlar joylashgan 3. Yorug’likni yaxshi o’tkazadi 4. ko’z soqqasini qoplab turadi
A. a-1, 2 b-3, 4 B. a-3,4 b-1,2
C. a-1,4 b-2,3 D. a-2,3 b-1,4
2. Qorachiqqa xos bo’lgan xususiyatlarni toping. a.tomirli pardani oldingi qismida joylashgan b.kamalak pardani o’rtasida joylashgan c. yorug’likdatorayib , yorug’lik o’tishini kamaytiradi d. yorug’lik o’tishini boshqaradi e. oldingi qismi to’r pardanihosil qiladi
A. a,b,c,e B. a,d,e C. b,c,d D. b,c,e
3. Ta’m bilish organiga xos bo’lmagan javobnitoping ?
A. Ta’m bilish so’rg’ichlari tilning uchi, ikki yonidava keying qismida halqum devorida va yumshoqtanglayda ko’p bo’ladi. B. Ovqatning harorati 15-30 °C bo’lganida ta’m yaxshi bilinadi.
C. Ta’m bilish so’rg’ichlari egatsimon, qo’ziqorinsimon, taktil, ellipssimon turlari bor. D.Suvda erimaydigan modda ta’msiz bo’ladi.
4. Ko’z to’r pardasining tuzilishiga xos bo’lmagan ortiqcha javobni toping.
A. retseptor B. to’r parda
C. ko’rish nervlari va hujayralari D. oqsil parda
5. Hid bilish analizatori (a) va ta’m bilishso’rg’ichlariga (b) xos javoblarni juftlang.
1. burun bo’shlig’i 2. taktil so’rg’ich 3. qo’ziqorin so’rg’ich 4. hidlash piyozchasi 5.bez 6.nervlar 7. hid bilish zonasi 8. bez suyuqligi yo’li 9.tayanch hujayralar 10. retseptor hujayralar 11.egatsimon so’rg’ich 12. Kiprikchalar 13. shilimshiq parda 14. ta’m bilish retseptorlari
A. a-1, 2, 4, 5, 6, 7, 10 b-3, 8, 9, 11, 12, 13, 14
B. a-1, 4, 7, 9, 10, 12, 13 b-2, 3, 5, 6, 8, 11,14
C. a-1,4, 7, 8, 10,12, 13 b- 2, 3, 5, 6, 9, 11, 14
D. to’g’ri javob yo’q
6. Ko’rish jarayonida yorug’lik o’tadigan yo’lni tartib bilan ko’rsating. a. ko’z gavhari b. shishasimon tana d. sariq dog’ e. muguz parda f. ko’z oldingi kamerasi g. qorachiq
A. e-f-g-a-b-d B. a-b-g-f-d-e
C. e-a-g-b-d-f D.a-b-d-e-f-g
7. Ta’m bilish haqida to’g’ri fikrlarni toping? 1-ta’m bilish retseptorining qo’zg’lishi uchunmoddani suvda yoki so’lakda eritib istemol qilib ko’rish zarur 2-Ta’m bilish retseptorlari uchun issiq yoki sovuq unchalik kata ahamiyatga ega emas 3- Juda issiq yoki sovuq ovqatning ta’mi yaxshi sezilmaydi 4-issiq yoki sovuq ovqatning ta’mi yaxshi sezilishi mumkin
A)2,1 B)3,2 C)1,4,2 D)1,3
8. Ko’zning rangini belgilaydigan pardani hosil qiluvchi parda qaysi pardaning ostida joylashgan?
A. tomirli parda B. kamalak parda
C. oqsil parda D. shoxsimon parda
9.Quyidagi rasmdan 3-raqam uchun xos xususiyatlarni ajrating.
1.Tomirli pardaning oldingi qismidan hosil bo`ladi 2.bir necha qator bo`lib joylashgan 3.kamalak pardaning o`rtasidagi teshik 4.tayoqchasimon va kolbachasimon retseptorlar joylashgan 5.kengayib torayib yorug`lik otishini boshqaradi 6.Havorangdan qizilgacha bo`lishi mumkin
A)5,6 B)1 C)2,4 D)3,5
10. Quyidagi rasmga etibor qarating va undagi raqamlarga mos ravishda so’rg’ichlarni juftlang?
A)5-egatsimon so’rg’ich 6-qo’ziqorinsimon so’rg’ich 7-taktil so’rg’ich
B) 5- qo’ziqorinsimon so’rg’ich 6- egatsimon so’rg’ich 7-taktil so’rg’ich
C) 5- taktil so’rg’ich 6-qo’ziqorinsimon so’rg’ich 7- egatsimon so’rg’ich
D) 5-egatsimon so’rg’ich 6- taktil so’rg’ich 7- qo’ziqorinsimon so’rg’ich
Do'stlaringiz bilan baham: |