Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
— Qamaysizmi? 
Bizning vazifamiz qamash emas, jinoyatchini tutish. Sud degan idora bor, 
qamashadimi yo otishadimi, o‘shalar hukm chiqarishadi. 
— Haqqingiz yo‘q... men jinoyatchi emasman. Keyin afsuslanasiz! 
— To‘g‘ri aytdingiz. Keyinroq afsuslanmaslik uchun biz bilan birga bo‘lib turasiz. 
Aybingiz bo‘lmasa sizni hech kim ushlab tura olmaydi. Gunohsiz ekaninigizni isbotlash 
uchun esa vaqt kerak. 
Bu gaplarni eshitib, Samandarning lablari titradi, ko‘zlari pirpiradi-yu, yig‘lamadi, 
o‘zini tutdi — taqdiriga tan berdi. 
 
Olti kishiga mo‘ljallangan vaqtinchalik hibsxonadagi derazaga yaqin karavotda bir 
yigit chordana qurganicha ovqatlanib o‘tirardi. Yozug‘lik dasturxon ustidagi oshu kabob, 
somsayu olma-anor, pomidoru bodringga qaraganda uning maishati chakki emasdi. 
Dasturxonni kim kiritgan bo‘lsa ham yigitning hamxonalari nafsini nazarda tutgan 
ko‘rinadi. Yigit Samandarni ko‘rib, o‘rnidan turib so‘rashdi-da, dasturxonga taklif qildi. 
Samandar bu xonaga bir zumgagina kirgan odamday karavot chetiga omonatgina o‘tirdi. 
Yigit sermanzirat ekan, «oling, oling» deb undayvergach, Samandar noiloj kabob 
go‘shtidan olib og‘ziga soldi. Qorin och bo‘lsa-da, luqmaning tomog‘idan o‘tishi qiyin 
bo‘ldi. Shunda yigit yostiq ostidan shisha chiqardi-da: 
— Qittak-qittakka tobingiz bormi?— deb so‘radi. 
Moskvadagi harbiylar shifoxonasida Samandarga ichish qat’iyan mumkin emasligini 
aytishgan edi. Ular ogohlantirishmasa ham aroqni o‘ylasa ko‘ngli ayniydigan bo‘lib 
qolgandi. Hozir esa yigitning taklifidan so‘ng ichgisi keldi. Shisha ichida jilva qilayotgan 
suyuqlik uni darddan qutqaruvchi xaloskor bo‘lib ko‘rindi-da, «quying», dedi. Yigit 
piyolani to‘ldirib uzatdi. Samandar ikki qultumdan ortiq icha olmay, qalqib ketdi. Piyolani 
dasturxon chekkasiga qo‘yib yigitga uzrli nigohi bilan qaradi. Yigit uni hijolatdan 
qutqarish uchun yana taomga taklif qildi. 
— Olim odamga o‘xshaysiz, aka, siqilavermang. Boshga tushganni ko‘z ko‘radi, — 
dedi kulimsirab. 
Samandar bu gapdan ajablanib, yigitga qarab qoldi. 
— Ha, akaxon, menga tikilib qoldingiz? Qaysi baloga uchrabdi, deyapsizmi? — yigit 
Samandarning fikrini o‘qiganday kuldi. — Yosh yigit tuhmatga uchragandir, deyapsizmi? 
Yo‘q, tuhmat bo‘lmadi. O‘zim ahmoqman. Garovda yutaman, deb qo‘lga tushib qoldim. 
Kechgacha chiqib ketaman. Nari borsa ertaga ertalab qo‘yib yuborishadi. Suyanadigan 
tog‘imiz ja-a mustahkam, ha! 
Samandar garov bog‘lab qamoqqa tushish mumkinligini sira eshitmagani uchun 
ajablandi. Yigit esa kulganicha izoh berdi: 
— Mening gulday hunarim bor, aka, hech qachon xor bo‘lmayman. Men mashina 
o‘g‘risiman. Lekin siz mendan qo‘rqmang. Aslida men o‘g‘rimasman. Men qulfni ochib 
beraman, boshqalar o‘g‘irlaydi. Qulfning ming xili bo‘lsa mingtasini, million xili bo‘lsa 
milliontasini ochib tashlayman. O‘tgan kuni «qittak-qittak»ning ustida og‘aynim bilan 
bahslashib qoldik. Oling, akaxon, sovumasin, ichib qo‘ying, dardingiz yengillashadi. Xafa 
bo‘lavermang. Bu yerning nomi xunuk, o‘zi yomon joy emas, bir-ikki kun dam olsa 
bo‘ladi. Shunday qilib o‘sha og‘aynim bilan garov o‘ynadim. Garovga yangi, moyi 
qurimagan «Gaz-31» tikildi. Shunaqa mashinadan kechadigan ahmoqmasman-ku, 
to‘g‘rimi? Bir uyga bexitgina kirib, seyfni ochib, kalitni olib, mashinani ochib berishim 
kerak ekan. Ha, mashinaga ham, garajiga ham chet eldan olib kelgan allambalo qulf 
o‘rnatilgan ekan. Shu ham menga ish bo‘libdimi? Lekin og‘aynim nomardlik qildi. 
Qorong‘ida qaramagan edim, orqada ment yashirinib yotgan ekan. G‘ip tomog‘imdan 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish