Sportchilarning umumiy va maxsus tayyorgarliklari baholanadi. Umumiy
tayyorgarlikni baholashda talabalarning aqliy, ahloqiy, ma'naviy va iroda
tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi.
Maxsus tayyorgarliklarni baholashda talabalarni sport turlari harakatlari
texnika va taktikasini egallash malaka va ko‘nikmalari hisobga olinadi.
Shuningdek ularning jismoniy fazilatlari kuch chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va
egiluvchanlik sifatlarini rivojlanganlik darajasi aniqlanadi. Musobaqalar sport
turlari bo‘yicha bellashuvlar, umumiy jismoniy tayyorgarlikni baholash, sinovlarni
bajarish musobaqalari shakllarida bo‘lishi mumkin. Sport bellashuvlari ommaviy
sport bayramlari shakllarida ham tashkil etiladi. Talabalari o‘rtasida jismoniy
tarbiya va sport tadbirlarini ommaviylashtirishda jismoniy tarbiyada ta'lim
uslublari va ta'lim tamoyillarining ahamiyati katta bo‘lib hisoblanadi.
Dars tizimining hal etuvchi uchinchi etapi, dars o‘tish jarayonida
foydalaniladigan, pedagog faoliyatini va shug‘ullanuvchilarning har bir pedagog
vazifalarni hal etishda o‘zaro aloqasini aniqlashdan iborat. Bunga gruppalarni
tashkil etish, ularga vazifalarni qo‘yish, mashg‘ulot o‘rnini almashtirish tartibi,
snaryadlarni o‘rnatish, asbob-anjomlarni taqsimlash va to‘plash, mavjud darslarda
foydalanilgan harakatlar.
Shunday qilib, har bir dars mazmuniy, metodik va tashkiliy elementlarning
birligidan iborat. Bu birlikni buzishlik, aytilgan elementlarning ahamiyatini
tushunmaslik yoki tan olmaslik dars samaradorligini tez pasayishiga olib keladi,
belgilangan vazifalarni hal etish imkonini shubha ostida qoldiradi.
Jismoniy tarbiya darsini boshqa fan predmetlaridan asosiy farq qiluvchi
tomonlari zal sharoitida va sport maydonlarida shug‘ullanuvchilarni o‘quv
faoliyatlarini tashkil etilishining qiyinchiligidan iborat.
Bu rejada o‘qituvchilarni jarohatlanish xavfini oldini olishlikda o‘qituvchi
ustiga katta ma'suliyat va javobgarlik yuklatiladi. Bu pedagogni qo‘yilgan
vazifadan kelib chiqib, dars mazmuni va uni o‘tish joylarini shunday tashkil
kilishlari kerakki, yukori ta'lim, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy samaradorlikka
erishib, vaqtni behudaga sarflanishini, jarohatlanishni oldini olishi kerak.
Talabalar
faoliyatini
tashkil
etish
uchun
dars
amaliyotida
shug‘ullanuvchilarni boshqarishni oldingi usullaridan foydalaniladi.
Oddiy boshqarish usuliga birgalikda harakat qilish uchun mashqni ko‘rsatish
va uni bajarish, bir mashgulot o‘rnini ikkinchisi bilan almashtirishlar.
Darsni tashkil etishda mashqlarni bajarishni xilma-xil usullaridan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: