Navbatma –navbat usul - bir talaba bir mashqni bajarib bo‘lgandan so‘ng
ikkinchi talaba shu mashqni bajarishga kirishadi, undan so‘ng uchinchi talaba
boshlaydi.
Bu usul qoidaga binoan o‘rgatishni birinchi boskichida qo‘llaniladi.
Potok usulida esa bir talaba bir mashqni bajarilishini tugallamasidan ikkinchi
talaba shu mashqni bajarishga kirishadi. Shunday qilib, bu usulni talabalar
akrobatik yo‘lakda oldinga dumbaloq oshishni tayanib sakrashni vazifa qilib
olganlarida bajaradilar. Bu usulni talabalar mashqlarni o‘zlashtirib olganlaridan
so‘ng qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ba'zi xollarda mashqlarni galma-gal bajarish
usulidan foydalaniladi. To‘pchani mo‘ljalga urishni, uloqtirish yoki basketbol
to‘pini bir-biriga uzatishni o‘rgatilayotganda talabalar yuzma-yuz ikki qatorga
saflanadilar. Mashqlar talabalar tomonidan bir qatordan ikkinchi qatorga uloqtirish
orqali bajariladi. Bu usul talabalarni o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘rgatishini va
harakatini baholashni o‘rgatadi.
Bu usul o‘rgatishni hamma bosqichida qo‘llanishi mumkin. Mashqlarni bir
vaqtda bajarish usulini izoh-zaruriyati bo‘lmasa kerak. Aytish mumkinki bu usul
jarayonida talabalar bir vaqtda bir mashqni o‘zini yoki boshqa vazifani bajarish
mumkin. Mashqlarni bir vaqtda bajarish topshiriq bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin,
juft bo‘lib, uch kishilashib, biri bajarganida qolgani yordam beradi va baholaydi,
ko‘rsatma beradi. Mashqlarni navbat bilan bajarish, “to‘lqinli” 4-6 va undan
ko‘proq odam mashg‘ulot o‘rniga, zaruriy asbob –anjomlarni mavjudligiga
bog‘langan holda foydalaniladi. Amaliy ishda frontal, guruhli va alohida, yakka
mashg‘ulotlarni tashkil qilish metodlari qo‘llaniladi.
Frontal metodning mohiyati shundan iboratki, sinfni hamma talabalari bir
vaqtda bir topshiriqni bajarish uchun jalb etiladi. U talabalarni yangi materiallar
bilan tanishtirishda va oddiy mashqlarni o‘rganishda, yordam va uni himoya qilish
hamda yaxshi o‘zlashtirib olingan mashqlarni takomillashtirishda qo‘llaniladi.
Uning afzallik tomoni, talabalarni harakat faoliyatlarga jalb etish ya'ni darsni
yuqori zinchligiga erishish imkoniyatini beradi.
Frontal metod talabalar mehnatini tashkil etishda, darsga sinchkovlik bilan
tayyorlanishi talab etiladi, o‘rgatish jarayonini aniq nazorat qilish, zaruriy
yordamchi mashqlarni berish imkoniyatini beradi. Sinfni hamma talabalarini ko‘ra
turib, o‘qituvchi ularni o‘rganishga tayyor ekanligini sezadi, o‘zlashtirilgan
mashqlar darajasini aniqlaydi. Bundan foydalanish davridagi yuqoridagi
mashqlanish samarasiga erishish mumkin.
Murakkab mashqlarni chuqur o‘rganishda guruhli metodlardan foydalaniladi.
Bu metod jismoniy gap me'yorlarini aniqlash vazifani talabalar tomonidan qanday
bajarilayotganini yaxshi kuzatish, va xatolarini to‘g‘rilash imkonini beradi. Bir
vaqtda shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, bu metodlarni qo‘llash me'yor zichlikni
pasayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun oz bolalarni qamrab oluvchi
snaryadlar bo‘lsa navbat kutib turgan bolalarga zaruriy yordamchi mashqlarni
berishlik maqsadga muvofiqdir.
Guruh metodini tashkil etib undan foydalanish jarayonida talabalarni
guruhlarga bo‘lish tamoyilini tanlash maqsadga muvofiqdir. Talabalarni
guruhlarga bo‘lganda ularni jismoniy tayyorgarligiga qarash zarur. Biroq bo‘lishlik
talabalarni izzat-ikromiga tegmasligi kerak, shunday bo‘lmasligi uchun,
birinchidan, talabalarni u guruhdan bu guruhga tez-tez o‘tkazib turish zurur;
ikkinchidan, programmani har bir bo‘limini o‘rganish uchun yangi guruhlarni
tashkil etish kerak. Guruhli usul talabalarning mustaqilligini rivojlantirish,
aktivligini oshirish, darsga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqqiyatli hal etishda
musobaqalarni tashkil etish keng imkoniyatni beradi.
Talabalarni o‘quv mehnatni tashkil etishda yakka usulini mohiyati, talabalar u
yoki bu vazifani alohida olib, shu vaqtning o‘zida bajarishga kirishishlari
imkoniyatini beradi. Bu usul ko‘proq yuqori sinf talabalari uchun to‘g‘ri keladi,
darsni hamma qismida foydalansa bo‘ladi.
Ba'zi metodik qo‘llanmada doiraviy mashqlanish usulini mustaqil sifatida
ajratiladi. Biroq talabalar faoliyatini tashkil etishda u guruhli doirasiga qisman
kirib ketadi. O‘rganilgan materialni mustahkamlash va jismoniy sifatlarini
tarbiyalash uchun doiraviy usul zarurligini hisobga olgan olgan holda uni oqlash
mumkin.
Har bir usulni tashkil etganda talabalarni yoshini, jinsini, tayyorgarlik
darajasini, sinfdagi talabalar sonini hisobga olingan holdagina o‘rgatish etapini har
xil samaradorlik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |