budjet darajalari tasnifi Davlat budjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi munosabati
bilan kiritilgan bo‘lib, o‘zi bilan mablag‘lar manbalari (Davlat budjeti, Davlat
maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, boshqa budjetdan tashqari Davlatning
jamg‘armalari, grantlar, kreditlar)ni O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy
tuzilmalari darajalari bo‘yicha guruhlanishini namoyon etadi va davlat budjeti
xarajatlarini ularni tashkil topish joy (hudud, tuman, shahar)lariga daxl etishga
imkon beradi.
Davlat budjetning barcha xarajatlari har bir budjet oluvchi uchun o‘zining
qat’iy yo‘nalishiga ega. Bu yo‘nalish budjet tasnifi kodlariga ega: bob, bo‘lim,
bo‘linma, maqsadli bo‘linma, xarajat turi. Shundan kelib chiqqan holda, har bir
budjet oluvchiga bir necha shaxsiy hisobraqam ochiladi. Har bir hisob raqam
bo‘yicha iqtisodiy tasnifga asosan bir necha yo‘nalish beriladi.
G‘aznachilikda ijroning samaradorligi uchun axborot tizimi asosida budjet
tasnifidan ham foydalaniladi.
Iqtisodiyotni tubdan isloh qilish iqtisodiyotni rivojlanishiga alohida ta’sir
ko‘rsatuvchi budjet tasnifi tizimni batafsil mukammallashtirishni talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi budjet tasnifini shakllantirishda jahon
tajribasidan va amaldagi xalqaro andozalardan foydalanish masalasi muhim
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining budjet tasnifi tarkibiga dasturiy
tasnifni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dastur doirasidagi har bir tadbirga
xarajatlar alohida ko‘rsatiladi. Bevosita budjetda baholash mezonlarining
mohiyati ochiladi. Budjet tasnifi shu dastur doirasida moliyalashtirilayotgan
ob’ekt yoki xizmatning holatini va dastur yakunlanganda erishilishi
rejalashtirilayotgan holatni aks ettiradi.
160
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining rivojlanish
darajasi juda yuqori, davlat moliyasini boshqarishda g‘aznachilik organlari
zimmasiga yuklatilgan vazifalar yildan-yilga takomillashtiriladi. G‘aznachilik
tizimida budjet tasnifi tizimiga asoslangan davlatning moliyaviy nazorati
kuchaytiriladi. O‘zbekiston Respubliksida davlat budjetini boshqarishni
takomillashtirish, budjet jarayonini tizimlashtirish, budjet tasnifini
mukammallashtirish bo‘yicha nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning
sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolmasligi uchun budjet tasnifi bo‘yicha
aniq tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-
sonli buyrug‘i bilan (2010 yil 11 oktyabrda 2146-raqami bilan ro‘yxatga
olingan) O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha
Yo‘riqnoma tasdiqlandi. Ushbu hujjat milliy budjet tasnifini davlat moliyasi
tasnifining xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab
chiqilgan bo‘lib, 2011 yilning 1 yanvaridan amalga kiritildi.
Ma’lumki, budjet tasnifi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
budjetlaridan mablag‘ oluvchi tashkilotlarga qo‘llaniladi hamda davlat budjeti
va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish
va ijro qilish, shuningdek, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
budjetlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi.
Ushbu hujjatning afzalliklari va muhim jihatlarini quyidagi asosiy
yo‘nalishlar bo‘yicha ochib berish mumkin (8.3.-Rasm):
161
Do'stlaringiz bilan baham: |