2
Kirish
Jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishining shakllanishi va rivojlanishida,
siyosatning qabul qilingan har bir tarixiy bosqichi doirasida amalga
oshiriladigan nazorat muhim rol o‘ynaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga
oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar eng
avvalo xalq farovonligi va
xalq manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.
Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va
erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va
tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha boshlangan ishlarni
jadallashtirishimiz kerak.
1
Davlatga ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni
amalga oshirishga imkon
beradigan mexanizmlardan biri bu davlatning moliyaviy tizimi va uning
tarkibiga kiruvchi davlat budjeti hisoblanadi. Aynan
davlat budjeti orqali
markazlashgan va markazlashmagan pul fondini shakllantirish hamda undan
foydalanishga qaratilgan xarakatlar amalga oshiriladi. Budjet bu – daromadlar
va xarajatlarning smetasi hisoblanadi. Ular o‘zining tarkibi, manbasi, ishlatilishi
yo‘nalishiga ko‘ra turli xildir. Budjet tizmining yagonaligini ta’minlash
uchun
ular tasniflanadi. Budjetni tuzish va ijrosini amalga oshirish uchun va budjet
tizimining barcha darajalari ko‘rsatkichlarini taqqoslalanishini ta’minlashda,
budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari va xarajatlarini, hamda budjet
taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashda budjet tasnifidan faydalaniladi.
Mazkur ishning maqsadi budjet tasnifining
iqtisodiy mazmuni va
ahamiyatini ochib berishdan iborat. Buning uchun avval, budjet tasnifining
tarkibi, tamoyillari va uning O‘zbekiston Respublikasi budjet jarayonidagi rolini
aniqlashhisoblanadi. Mamlakatimizda davlat moliyasini
boshqarishni isloh
qilish, budjet mag’lari maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda
budjet tizimi budjetlari ijrosining shaffofligini oshirish bugungi kunda dolzarb
masala hisoblanadi. Shu sababli mazkur yo‘nalishda yozilgan o‘quv qo‘llanmani
dolzarb mavzulardan biri dеsak bo‘ladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiy
1
Shavkat Mirziyoyev. “Erkin
va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis
palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. Toshkent - «O’zbekiston» - 2016. 14-bet.
3
mutaxassisliklar uchun yaratilgan bo‘lib, unda asosan
bujet tasnifining davlat
budjet tizmi budjеtlari ijrosi jarayonidagi o‘rni va axamiyati, budjet daromadlari,
xarajatlari hamda budjet taqchilligini qoplash manbalari tasniflarining amaldagi
holati asosida ishlab chiqilgan.
O‘quv qo‘llanmani yaratish jarayonida budjet tasnifini qo‘llanilishiga oid
amaldagi me'yoriy-huquqiy xujjatlar, xorij adabiyoti, maxsus adabiyotlar, ilmiy
maqolalar va boshqa tegishli manbalardan keng foydalanildi.