Budjet hisobi


 Budjet tasnifidan foydalanish istiqbollarining xorij tajribasi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/128
Sana20.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#124523
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
budjet tasnifi unlocked (1)

3. Budjet tasnifidan foydalanish istiqbollarining xorij tajribasi 
Xorijiy mamlakatlar budjet tizimining tahlili shuni ko‘rsatadiki, 
daromadlarning shakllanishi va ulardan foydalanish yo‘nalishlari tarkibiga ko‘ra 
budjet daromadlari va xarajatlari o‘ziga xos xususiyatga ega. Yagona budjet 
tizimi doirasida daromadlar va xarajatlarni rejalashtirish va prognoz qilish 
jarayonida, daromadlar va xarajatlarning tasnifi juda kata ahamiyatga ega.  
Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlarning budjet tasnifi Xalqaro valyuta 
jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan Davlat moliyasining xalqaro statistika 
standartlari asosida ishlab chiqilgan. Budjet amaliyotida yuz berayotgan 
o‘zgarishlar – budjet ijrosining g‘aznachilik tizimiga o‘tilishi, yagona budjet va 
hisob tizimining ishlab chiqilishi yangi budjet tasnifini ishlab chiqish va 
kiritishni taqozo etmoqda. 
Rossiya Federatsiyasida Federal budjetni tuzish va ijro etish bo‘yicha 
asosiy metodologik hujjat bo‘lib budjet tasnifi xizmat qiladi. Budjet tasnifi – 
budjet tizimining barcha darajalaridagi budjetlari daromadlari va xarajatlarini, 
shuningdek, ushbu budjetlarning taqchilliklarini moliyalashtirish manbalari va 
davlat qarzi turlarini bir xil belgi  bo‘yicha qonunga muvofiq guruhlash bo‘lib, 
undan budjetlarni tuzish va ijro etishda tasnif ob’ektlariga guruh kodlarini berish 
orqali foydalaniladi. Tasnif barcha darajadagi budjetlar ko‘rsatkichlarining 
qiyosiyligini, ularni iqtisodiy va statistik tahlil  qilish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Rossiya Federatsiyasi G‘aznachiligining asosiy vazifalari va funksiyalar 
G‘aznachilikka oid tegishli qo‘llanma va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish, budjet 
tasnifini takomillashtirish loyihasini tayyorlashdan iborat. 


 
169 
Rossiya  Federatsiyasi budjeti jarayoniga «natijaviylikka yo‘naltirilgan 
budjetlashtirish»ni kiritish, budjetni rejalashtirishni maqsadli dasturlar uslubini 
mukammallashtirish, budjet tasnifini takomillashtirish bilan bog‘liq. Shu 
maqsadda budjet tasnifi tarkibiga dasturiy tasnif kiritiladi. Rossiya Federatsiyasi 
budjetlari xarajatlarining funksional tasnifi xarajatlarning turi hamda maqsadli 
moddalari hududiy va mahalliy budjetlar qismi budjet to‘g‘risidagi qonun bilan 
tasdiqlanadi. Xarajatlar moddalari maqsadli moddalar tarkibiga dastur va kichik 
dasturlar kodlarini kiritiladi. Budjet 
xarajatlari tasnifining dasturini 
shakllantirishning asosi deb baholash  mumkin.  Dasturiy tasnif o‘rta muddatli 
dasturlash doirasida  natijaviylikka asoslangan budjetlashtirishning ajralmas 
qismidir.  Budjetlashtirish ko‘rsatilgan modelini ishlatishga o‘tish Rossiya 
Federatsiyasining 2004-2008 yillar budjet jarayonini isloh qilish ishlarining 
muhim masalasidir. G‘aznachilik sharoitida Rossiya  Federatsiyasi budjet 
tasnifida o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Federal  budjetning barcha sohalari, 
bosqichlari va jarayonlarini qamrab olgan. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish