Budjet hisobi



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/128
Sana20.07.2021
Hajmi1,21 Mb.
#124523
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
Bog'liq
budjet tasnifi unlocked (1)

Tayanch so‘z va iboralar 
•    Budjet 
•   davlat budjeti 
•   budjet tasnifi 
•  budjet tasnifining zarurligi 
•  budjet tasnifining ahamiyati 
•  budjet daromadlari tasnifi 
•  daromad turlari tasnifi 
•  daromadlarning manbalar bo‘yicha 
tasnifi 
 
• 
xarajatlarning tashkiliy tasnifi 
• 
xarajatlarning funksional tasnifi 
• 
xarajatlarning iqtisodiy tasnifi 
• 
xarajatlarning hududiy tasnifi 
• 
budjet taqchilligini 
moliyalashtirish manbalari tasnifi 
• 
budjet tasnifining takomillashuvi 
• 
budjet xarajatlari tasnifi 


 
12 
va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan 
markazlashtirilgan pul jamg‘armasi; 
Davlat budjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida 
paydo bo‘lgan bo‘lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot 
sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita bog‘liqdir.  Har bir davr 
ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy 
belgilari davlat faoliyatining va budjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi 
mazmunini belgilab beradi. 
Hozirgi sharoitda davlat budjeti ijtimoiy munosabatlarning bir qismini 
ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot 
(milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat 
taraqqiyoti turli sohalarining (iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saqlash, fan, 
madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga 
yo‘naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash instrumenti (vositasi)dir.  
O‘zining mohiyatiga ko‘ra, davlat budjeti mamlakat moliya tizimining 
tarkibiy qismidan iborat bo‘lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli 
bo‘lgan barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga tegishli bo‘lgan barcha 
funksiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat budjeti faqat o‘ziga xos 
bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat 
budjetini moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda 
markaziy o‘rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan 
biri bevosita davlat (hukumat)ga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir 
mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi 
bo‘lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy 
resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat budjetda katta kuch bilan 
namoyon bo‘ladi. 
Davlat budjeti moliya tizimining markaziy bo‘g‘ini, qayta taqsimlash 
munosabatlarining iqtisodiy shakli hisoblanadi. Budjet orqali milliy daromad qayta 
taqsimlanadi.  Budjet orqali qiymatni qayta taqsimlash nisbati moliyaning boshqa 
bo‘g‘inlariga nisbatan katta miqdorni tashkil etadi. Budjet orqali qayta taqsimlash 


 
13 
davlat moliyasi tarkibida markaziy o‘rinda.  
Davlat budjetida, moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli o‘laroq, 
ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mavjud: 
 1) budjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida;  
2) budjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida, davlat budjeti -  ijtimoiy takror ishlab 
chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan YaIM va milliy daromadning taqsimlanishi 
jarayonida davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari ehtiyojlari uchun 
zaruriy markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish 
bilan bog‘liq imperativ tavsifdagi pul munosabatlari tizimidir.    
Huquqiy kategoriya sifatida, davlat budjeti  -  davlat pul mablag‘larining 
(shu jumladan, 
davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) 
markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan 
tushumlar miqdori, shuningdek  moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun 
ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.  
Moddiy ma’noda budjet - tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat 
idoralari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul 
mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni 
budjet hisobidan moliyaviy ta’minlash deganda budjetning aynan ana shu 
moddiy ma’nosi ko‘zda tutiladi. 
Budjet iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:  
- YaIMni qayta taqsimlash;  
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish;  
- budjet  sohasidagi muassasalarni moliyaviy ta’minlash va davlatning 
ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;  
- nazorat. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish