14
2. Budjet tasnifining mohiyati, zarurligi va ahamiyati
Budjet daromadlari va xarajatlarining tushish manbalarining turli
tumanligi, moliya-budjet munosabatlarining murakkabligi sharoitida davlat
moliyasini boshqarishni pul oqimlarini xarakatining qonuniy tasdiqlangan
yagona tizimisiz tasavvur qilish juda mushkul. Shu maqsadda, tarkibiy bir-biriga
yaqin budjet ko‘rsatkichlarni umumlashtrish yo‘llaridan biri bo‘lib
hisoblanadigan muxsus budjet tasnifi xizmat qiladi. Budjet tasnifi o‘z vazifa va
funksiyalarni bajarish uchun mablag‘larni qanday sarflashni ko‘rsatib beradi.
Budjet tasnifi smetalarni va budjetlarni umumiy jamlanmaga birlashtirish
uchun
sharoit yaratadi, ularni ko‘rib chiqishni soddalashtiradi va iqtisodiy tahlil
qilish imkoniyatini yaratadi, budjet ijrosi nazorati va mablag‘larni o‘z vaqtida
to‘liq jamlanishini soddalashtiradi, hamda mablag‘larni maqsadli ishlatilishi
ustidan nazoratni osonlashtiradi. Budjet tasnifi budjet ijrosi bo‘yicha
hisobotlardagi daromadlar va xarajatlarni solishtirish va budjdet mablag‘lari
sarflanishida moliyaviy intizomga rioya etilishini kuzatish imkoniyatini yaratadi.
Davlat moliyasi aniqrog‘i, davlat budjetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi,
bu o‘z navbatida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan budjet jarayonining hamma
bosqichlarini bir tizimga solish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunday
tizimlardan biri bu budjet tasnifidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda budjet tasnifining umumiy tamoyillariga, davlat va
mahalliy budjet daromadlari va xarajatlarining mohiyati va ularni
guruhlashtirish va budjet tasnifidan optimal ravishda foylanishga qaratilgan
muhim fikrlar berilgan. Shuningdek, davlat va mahalliy budjetlar
jarayonida
tasnifning iqtisodiy mohiyati va uning roli to‘g‘risida ham ko‘p ta’kidlab
o‘tiladi. Bunda budjet daromadlari va xarajatlarini jamiyatning iqtisodiy
hayotidagi, xususan ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati,
tasnifni aniq belgilariga asosan guruhlashtirish, iqtisodiyotning tarmoqlari
bo‘yicha mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi.
Budjetni guruhlash tavsifi va ularni tuzish
tamoyillari, budjet daromadlari
va xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqtisodiyotning tuzilishi va uni
15
boshqarishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Daromad manbalarini bilish va budjet
sarflarining yo‘nalishini aniqlab olish, bu budjet jarayonining samarali
ishlashiga sharoit yaratadi.
Shuningdek, budjet daromadlari va xarajatlarini bir
tizimga solib
guruhlash nafaqat bir qancha o‘xshash daromad va xarajatlarni birlashtirish
imkoniyatini beradi, balki iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni mustahkamlashni
va budjet intizomiga rioya etilishini ham ta’minlaydi. Davlat moliyasi tizimida
budjet tasnifi budjet holati haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtiradi va hisob-kitob
ma’lumotlarini ham ta’minlab beradi. Budjet tasnifi
Davlat budjetini tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini
tizimga solish uchun foydalaniladi. Budjet tasnifi budjet ma’lumotlarini xalqaro
tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslashni ta’minlaydi.
Budjetning muhim qismini tashkil etuvchi tizim bu budjet tasnifi bo‘lib, turli
darajadagi budjet ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni,
budjet taqchilligini qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi.
Xalqaro tasniflash asosida davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini
milliy tasniflashni ishlab chiqish ko‘zda tutiladi. Ushbu tasniflar
davlat moliyasi
hisobini yuritish va uni boshqarishni yaxshilash imkonini beradi. Turli
darajadagi budjetlarning barcha daromad manbalari va xarajat yo‘nalishlari
belgilanadi. Budjet tasnifining yana boshqa ahamiyatlarini quyidagi rasmda
ko‘rishimiz mumkin (
Rasm-1).
Ma’lumki,
budjet qurilishi mamlakatning davlat budjeti va budjet tizimini,
uning bo‘g‘inlari o‘rtasidagi budjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini,
budjet tasnifini, budjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi budjetlar
faoliyatining
huquqiy asoslarini, budjet mablag‘larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar
va boshqalarni belgilab beradi.