Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


Valuta tavakkali va ularni sug‘urta qilish usullari



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Valuta tavakkali va ularni sug‘urta qilish usullari. Valuta
tavakkali deganda, tashqi iqtisodiy operatsiyalar va TIA
qatnashchilarining xo‘jalik faoliyati natijalarining valuta kurslari
o‘zgarishi natijasida mumkin bo‘lgan o‘zgarishi tushuniladi.
Xalqaro iqtisodiy operatsiyalarining barcha subyektlari: davlat,
banutar, savdo va sanoat kompaniyalari, boshqa yuridik va
jismoniy shaxslar valuta tavakkaliga duch kelishi mumkin.
Importchi va eksportchilar tashqi savdo operatsiyalarini
amalga oshirishda valuta tavakkalchiligiga duch keladilar. Agar
eksportchi tovarini to‘lov muddatini cho‘zish bilan sotsa, bunda
valuta sifatida importchi mamlakat yoki uchinchi mamlakat
valutasi olinsa, u valuta tavakkaliga duch keladi. Eksportchi
baho valutasi kursi tushib ketsa, o‘z milliy valutasiga nisbatan u
tovar uchun oladigan summa milliy valutada olganda kam
chiqsa, agar u sarflagan xarajatni qoplamasa, o‘zi niyat qilgan
foydani ola olmaydi va katta zarar ko‘radi. Shunday qilib,
eksportchi uchun baho valutasi kursining milliy valutaga nisbatan
shartnoma imzolash va u bo‘yicha to‘lash davrida pasayib ketishi
— bu valuta tavakkalidir. Bu davr har qanday tipdagi tashqi
savdo va kredit operatsiyalarini amalga oshirishda to‘lov
muddatining cho‘zilishi ko‘zda tutilgan yoki tutilmaganidan qat’i
nazar mavjud bo‘ladi, bundan chiqadiki, qariyb barcha tashqi
savdo bitimlari valuta tavakkaliga duch keladi.
Importlar uchun valuta tavakkali (xavfi) agar tovar sotib
olganda baho chet el valutasida belgilanib, chet el valutasi kursi


1 1 3
importchi davlat valutasiga nisbatan ko‘tarilsa, valuta tavakkali
yuzaga keladi, bunda sotib olingan tovar uchun ko‘proq mahalliy
valuta sarflanadi.
Tadbirkorlar o‘z ishlarining oxirgi natijalarini iloji boricha
uzoqroq kelajak uchun rejalashtiradilar. Shuning uchun ham
g‘arb korporatsiyalari amaliyotida valuta tavakkali uchun vaqt
hisobi korporatsiya tomonidan bitim tuzish uchun qaror chiqqan
kun olinmaydi.
Valuta tavakkalini bo‘lak hol sifatida valuta avuarlarining
valuta mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha operatsiyalarida paydo
bo‘ladigan korrozillanish xavfi sifatida qarash lozim. Bu turdagi
valuta xavfidan banklar ham ularning mijozlari, shuningdek,
davlat ham zarar ko‘rishi mumkin. Bu holdagi valuta tavakkallari
boshqa har qanday turdagi savdo-kredit operatsiyalaridagi valuta
tavakkallariga mos keladi, chunki valuta mablag‘larini
joylashtirish bo‘yicha operatsiyalar mazmuniga ko‘ra kredit
xarakteriga egadir.
Yuqorida aytilganlarning barchasi valuta xavfini quyidagicha
izohlash imkonini beradi: valuta tavakkali — bu xorijiy valuta
kursining milliy valutaga nisbatan tashqi savdo, kredit, valuta
operatsiyalari o‘tkazish va valuta mablag‘larini saqlash vaqtidagi
o‘zgarish natijasida valuta avuarlarining noxush qayta
baholanishi, yoki valuta yo‘qotish xavfidir.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish