5. Doimiy bo‘lmagan talab. Ko‘pchilik korxonalarda tovar
yetkazib berish mavsumiy, kundalik va, hatto, soatbay
tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini kam yoki
ko‘p yuklash muammosini tug‘diradi. Masalan, jamoat
transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar haddan
ziyod ko‘p bo‘ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifasi —
o‘zgaruvchan (egiluvchan) baholar yordamida rag‘batlantirish
va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo‘yicha
tebranishini tekislash yo‘llarini izlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |