1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko‘pchilik qismi tovarni
qabul qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida
bo‘ladi. Marketing xizmatining vazifasi — nima uchun bozor
tovarni qabul qilmayotgani, marketing dasturi tovarlarni
mukammallashtirish orqali, baholarni pasaytirish orqali tovarga
bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirishi mumkinligini tahlil qilish va
talabni yanada faol qo‘llab-quvvatlashdir.
2. Mavjud bo‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan
qiziqmasliklari va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda
marketingning vazifasi — xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan
qiziqish uyg‘otishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |