Sug‘urta sertifikati — sug‘urta jamiyati tomonidan sug‘urta
qilinuvchiga beriladigan hujjat bo‘lib, u sug‘urta o‘tkazilganligi
va polis berilganligini tasdiqlaydi. Aniq yukka nisbatan bunday
sertifikat, asosan, agar tovarlar bosh yoki valutalashtirilmagan
polis shartlariga mos ravishda sug‘urta qilingan bo‘lgan
hollardagina to‘ldiriladi. Sug‘urta qilinuvchining talabiga binoan,
bu hujjat sug‘urta polisiga almashtirilishi mumkin, chunki
ko‘plab mamlakatlarning qonunlari sug‘urta hujjati sifatida faqat
sug‘urta polisinigina tan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |