Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Valuta tavakkallarining turlari. Hozirgacha biz valuta
tavakkali tushunchasini bo‘lak bir iqtisodiy operatsiyaga nisbatan
ko‘rib keldik. Agar TIM a’zolari ham talab, ham majburiyat
bilan ko‘plab chet el valutasida ifodalangan operatsiyalarni
amalga oshirishar ekan, ular operatsiyalarning barcha hajmi
bo‘yicha emas, balki ochiq valuta mavqei bo‘yicha tavakkal
qilinadi.
Ochiq valuta mavqei valuta tavakkali bilan bog‘liq bo‘lib,
banklarning qo‘shimcha foyda yoki zarariga olib keladi. Shuning
uchun ham ko‘pchilik mamlakatlarda ochiq valuta mavqeining
o‘lchamini davlat moliyaviy organlari soladi.
Odatda, firmaning valuta tavakkali masalalarini yechish
borasidagi ishlari valuta tavakkaliga uchraydigan summalarning
ochiq valuta mavqeini belgilashdan boshlanadi. Bunda valutani
sotib olishda uzun mavqe ko‘payadi yoki qisqasi pasayadi.
Valutani sotishda esa teskarisi: qisqasi ko‘payadi yoki uzun
mavqe tugatiladi.


1 1 4
Valuta tavakkalining paydo bo‘lishi shartlari, avvalo, tashqi
savdo va kredit bitimlari bilan bog‘liq aniq valuta operatsiyalariga
yo‘qotishlariga olib kelishi mumkin.
Bunday valuta tavakkallarini valuta tavakkallarining birinchi
turiga  aniqroq aytganda, naqd valuta yo‘qotishlariga kiritish
zarur.
Valuta tavakkalining ikkinchi tipi — bu tashqi savdo bitimlari
bilan bevosita bog‘liq bo‘lmay, balki firma balansining aktiv va
passiv moddalarini qayta baholashda paydo bo‘ladigan valuta
tavakkalidir.
Valuta tavakkalining ikki turi hisobda ham turlicha aks etadi.
Birinchi tipdagi valuta tavakkali aniq tashqi savdo operatsiyalari
natijalarining rejalashtirilganidan og‘ishga olib keladi.
Buxgalteriya hisobi nuqtai-nazaridan qaralsa, bunday turdagi
og‘ishlar qandayligicha mavjud bo‘lmasin moliyaviy hisob-
kitoblarda aks etmaydi. Birinchi turdagi valuta tavakkali hisobga
olish faqat analitik hisobga olish tizimida mumkin.
Va aksincha valuta tavakkalining ikkinchi turi buxgalteriya
hisobida bevosita aks etadi. Shuning uchun zararlarning
buxgalterlik hisobi deb atalishi mumkin.
Yuqoridagi aytilganlarni amaliyotga tadbiq etishni quyidagi
misolga ko‘ra amalga oshirish mumkin. Agar korxona balans
hisobidagi valuta mablag‘larini tashqi iqtisodiy bankda harakatsiz
ushlab tursa, har haftada so‘mning yangi kotirovkasi chiqishi
bilan korxona aktivlarini qayta baholash sodir bo‘ladi, kurslar
orasidagi farqlar esa to‘g‘ri va bevosita foyda va zararlar hisobiga
kiritiladi.
Pirovardi shunida aytish kerakki, naqd zararlarga ko‘ra valuta
yo‘qotilishi tashqi savdo operatsiyalarining samaradorligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omil sifatida katta amaliy ahamiyatga egadir.
Valuta tavakkalini sug‘urta qilishda ikkita strategiya mavjud
bo‘lib bular: chayqovchilik va qo‘ldan chiqarilgan foyda
tavakkalidir.
Valuta tavakkalini sug‘urta qilish deganda, xalqaro iqti-
sodiy operatsiyalar natijalarining valuta kurslari o‘zgarishiga
bog‘liqligini yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar
tushuniladi.
Valuta tavakkalini sug‘urtalashning maqsadi xalqaro iqtisodiy
bitimlar natijalarini uni imzolash paytida qayd qilish yoki hech
bo‘lmaganda bu natijalar o‘zgarishi imkoniyatlarini cheklashdir.


1 1 5
Ikki boshqaruv qarorlaridan birini tanlab, yomon iqtisodiy
natijalar olish «qo‘ldan chiqqan foyda tavakkali» nomini oldi.
Ba’zi firmalar valuta beqarorligiga zamonaviy xalqaro
savdoning bir qismi sifatida qarab, hech qachon valuta
tavakkalini sug‘urta qilmaydilar, shunday qilib, valuta tavakkali
natijasiga ishonchsizlik ular tomonidan oddiy tavakkal deb
hisoblanadi.
Korxonalarning ikkinchi toifasi esa valuta kursi istiqbolidan
qat’i nazar barcha ochiq mavqelarni qoplaydi.
Qo‘ldan ketgan foyda tavakkalining mavjudligi hamda
boshqa ikki strategiya — ishonchlilik va pasayib turishlar
ko‘pchilik banklar uchun ochiq valuta tavakkalidan bosh
tortishga sabab bo‘lmoqda. Ochiq valuta mavqei bo‘yicha valuta
tavakkalidan bilgan holda bosh tortilishi valuta chayqovchiligi
deyiladi.
Qo‘ldan ketgan foyda tavakkali iqtisodiy operatsiyalar
qatnashchilarining bitimlar bo‘yicha yaxshi natijalar olish
imkoniyati bo‘lgan holda yomon natijalar olinganidan
«afsuslanganligini» ifoda etadi.
Muvaffaqiyatsiz valuta spekulatsiyasiga misol sifatida
«Xershtadt» nemis bankining 1984-yildagi xonavayron bo‘lishi
Yaponiyaning 1987-yildagi «Dayiti Konge» (36,5 mln. dollarga)
va 1985-yildagi «Fudzi» banklarining zarari, 1982-yildagi
Shveysariya «Benk of Svisland» bankining to‘lovga qobiliyatsiz-
ligini ko‘rsatish mumkin.
Bitim qatnashchisining valuta tavakkalini sug‘urta qilish yoki
qilmaslik qarorining to‘g‘riligi valuta kurslari borasidan bitim
tuzish va to‘lovi orasidagi muddat ichida valuta kurslari kelajagini
baholashga bog‘liqdir.
Valuta kurslari istiqbolini belgilash deganda maxsus ilmiy
tadqiqotlar yordamida kurslar o‘zgarishining kelajagi to‘g‘risida
ma’lumotlar olishdir.
O‘zgarib turuvchi valuta kurslari tizimi joriy etilishi bilan
ularning o‘zgarishini oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib qoldi.
Istiqbolni belgilash ochiq valuta mavqeining kelajakda
diapazonli o‘zgarishlarini aniqlash uchun ishlatiladi. Minimum
va maksimum ko‘rsatkichlari esa sug‘urta bo‘yicha quyi tutilishlar
bilan taqqoslanuvchi ehtimol tutilgan valuta zararini hisoblab
chiqarish uchun ishlatiladi.


1 1 6
Ochiq valuta mavqeining qaror qabul 
qilingan vaqtdagi qiymatini sug‘ urta 
qilishning tavsiya etiladigan ulushi. 
K utilayotgan naqd kurs 
 
uzun mavqe 
qisqa mavqe 
M aksimal (yuqori o‘ lcham 
90 % daraja ishonch) 
100 

sug‘ urtalash Sug‘ urtalamaslik 
M odda (kursning foyda va 
zararga ishonchli ta’ sirligi) 
50 % sug‘ urtalash 
50 % sug‘ urtalash 
M inimal (pastki o‘ lcham 
ishonch darajasi 90 %) 
Sug‘ urta qilmaslik 
100 % sug‘ urta qilish 
Agar potensial valuta zarari o‘lchamini qoplash quyi tutish
summasidan oshib ketsa, barcha ochiq valuta mavqei yoki uning
bir qismini sug‘urta qilish tavsiya etiladi. Quyidagi jadval netto
— uzun va netto — qisqa pozitsiya hollarida bu qoida qanday
ta’sir ko‘rsatishini ifoda etadi.
Agar qoplash bahosi foyda yoki zararga ta’sir darajasiga
nisbatan ko‘paysa, firma sug‘urta qilmasligi kerak. Agar qoplash
qiymati o‘zgarishlar ehtimolining 90 %dan arzon bo‘lsa, to‘liq
qoplashni ta’minlash kerak.
Va nihoyat, agar qoplash bahosi ehtimol tutilgan yo‘qotish-
dan eng kam, ammo eng foydali variantdan ko‘p bo‘lsa,
sug‘urtalash bo‘yicha qarori kompaniyaning tavakkallarga yomon
munosabatlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Sug‘urtalash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishining ko‘rib
chiqilgan qoidasi faqat mo‘ljal bo‘lib xizmat qilishi mumkin va
berilgan ma’lumotlarning qanchalik to‘g‘riligiga qarab qo‘llanishi
mumkin. Agar ochiq mavqe aniq belgilanmasa, yoki valuta kursi
aniq belgilanmasa qoida bo‘yicha noto‘g‘ri qarorlar chiqarilishi
mumkin. Shuning uchun ham valuta tavakkali strategiyasining
muhim elementi — bu holat to‘g‘risida iloji boricha aniq
ma’lumotlar olishdir.
Yuklarni transportda sug‘urtalash shartnomasiga ko‘ra
sug‘urtachi tashkilot foydasiga shartnoma tuzilgan yuk egasiga
yukka shartnomada kelishilgan shartlar asosidagi holatlarda xavf
yoki shikast yetsa, yetkazilgan zarar uchun to‘lov to‘laydi.
Shartnoma sug‘urtachining yozma arizasi asosida tuziladi.
Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi zarur. Yuk to‘g‘risidagi ma’lumot,
transport turi, tashish yo‘li, yukni jo‘natish vaqti, tashish hujjatlari,
yukning sug‘urta summasi, sug‘urta qilish shartlari.


1 1 7
Sug‘urta shartnomasi sug‘urtachi tashkilot o‘z imzosi uchun
hujjat, ya’ni sug‘urta polisini bergach va sug‘urtachi sug‘urta
mukofotini to‘lagan vaqtdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Sug‘urta to‘la akkreditivda ko‘rsatilgan sug‘urta shartlariga
to‘liq mos keluvchi shartlarda yozilgan bo‘lishi kerak.
Xalqaro aloqa yo‘llaridagi yuklarni transportda sug‘urta qilish
qoidalariga ko‘ra sug‘urtaning uch xil turi mavjud:
— «barcha tavakkallar uchun javobgarlik bilan».
Sug‘urtaning bu sharti — eng to‘lig‘idir. Maxsus kelishilgan
hollardan tashqari, har qanday sababga ko‘ra yukning
shikastlanishi yoki butunlay yo‘qolishidan kelgan barcha zarar
to‘lanadi.
— «qisman avariya uchun javobgarlik bilan».
Bu shartga ko‘ra sug‘urtachi belgilangan sabablarga ko‘ra
kelgan zararni to‘laydi, asosan: yong‘in, yashin va boshqa tabiiy
ofatlar, transport vositalari halokati, ko‘priklar qulashi oqibatida
yukning bir qismi yoki hammasi nobud bo‘lganligi uchun, yukni
ortish, joylash va tushirish chog‘dagi baxtsiz hodisalar oqibatida
yetkazilgan zarar uchun.
— «halokat hollaridan tashqari shikastlar uchun javobgarliksiz».
Bu shartga ko‘ra transport vositalari halokati natijasida yuk
butunlay yoki qisman nobud bo‘lishidan kelgan zarar to‘lanadi.
Sug‘urta to‘lovini talab qilishga sug‘urtachi sug‘urta qilingan
yukdagi manfaatini, sug‘urta holati borligini, o‘zining zarar
bo‘yicha da’vosini hujjatlar asosida isbot qilishi zarur.
Da’vo qila turib, sug‘urtachi sug‘urta kompaniyasiga quyidagi
da’vo hujjatlari majmuini taqdim etadi:
— sug‘urta polisining asli;
— konosament, charter yoki
— invoys (hisob-faktura);
— sug‘urta holatini ko‘rsatuvchi hujjatlar — avariya sertifikati,
xabar akti, ekspertiza akti, dengiz protesti, kema jurnalidan
sug‘urta holatining sababi ko‘rsatilgan ko‘chirmasi;
— zararning ekspertiza hujjatlari bilan asoslangan hisobi.
Sug‘urtachi da’vo berish va ilova qilinadigan hujjatlar berish
muddatiga qattiq rioya qilishi zarur. Yuk yo‘qolgan holda
sug‘urta polisi yukni transport vositasidan tushirilganidan keyin
3 kun ichida tashuvchiga berishi shart. Yuk avariya komissari
tomonidan tekshirish va tushirilgan vaqtdan 10 kun ichida olib
borilishi kerak.


1 1 8
Tashqi savdo operatsiyalarini olib borishda da’vo qilish muddatlari
quyidagicha: eksport tashuvlarida sug‘urta holati aniqlangan vaqtdan
boshlab — 1 yil, import tashuvlarida esa — 6 oy.
Transport shartnomasi bo‘yicha barcha bahslar arbitraj
sudlarida hal qilinadi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish