Yuklash topshirig‘i — yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib
yukni jo‘natuvchi yoki yukni oluvchi tomonidan odatda
transport-ekspeditorlik firmasining blankasiga rasmiylashtiri-
ladigan va ekspeditorga topshiriladigan operatsiyalarning
ro‘yxatini hamda ularni bajarish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma-
larni o‘z ichiga olgan hujjatdir.
Yuk jo‘natish haqida xabarnoma yuk jo‘natish yoki uning
agenti tomonidan yuk tashuvchiga, aralash yuk tashish
operatorlariga, terminalning hokimiyat vakillariga yoki boshqa
oluvchilarga beriladi va jo‘natishga taqdim etilgan eksport yuklari
haqidagi axborotlarni hamda zarur tilxatlar va javobgarlik
haqidagi bayonotni o‘z ichiga oladi.