Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

transport hujjatlari guruhiga
kiradi.
Temir yo‘llarda yuk tashilganda bunday hujjat 
temir yo‘l
nakladnoyi hisoblanadi. Samolyotlarda yuk tashilganda bunday
hujjat aviayuk nakladnoyi hisoblanadi. Ichki yuk tashishlarda
universal transport hujjati, aralash yuk tashish hujjati,
kombinatsiyalashgan yuk tashish hujjati qo‘llanilishi mumkin.
Yuk tashishni ta’minlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
yukni olganlik haqidagi tilxat, kafolat xati, transportirovka haqida
ekspert guvohnomasi; tonnajning fraxta qilinganligini tasdiqlovchi
dalolatnoma; yukni jo‘natishni so‘rab berilgan ariza-talabnoma;
fraxta schyoti; yukning yetib kelganligi to‘g‘risidagi xabarnoma;
yukni yetkazib berishda yuzaga kelgan to‘sqinliklar haqidagi
xabarnoma; yukni tashish paytida yuzaga kelgan to‘sqinliklar
haqidagi xabarnoma; yetkazib berilganlik haqidagi xabarnoma;
yuk manifesti; fraxta manifesti; konteyner manifesti.
Barcha hujjatlar ichidan 
konosamentni ajratib ko‘rsatish
mumkin. Bu kema egasi tomonidan yukni jo‘natuvchiga yuk


9 8
dengiz yo‘li orqali tashish uchun qabul qilib olinganligini
tasdiqlab beriladigan hujjatdir.
Konsament uchta asosiy funksiyani bajaradi:
— kema egasi (yukni tashuvchi) tomonidan yuk tashish
uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlaydi. U ko‘rsatilgan
miqdordagi va holatdagi ma’lum tovarlar kemaga belgilangan
joyga yetkazib berish uchun yuklanganligi va tashish uchun
tovarlar kema egasining saqloviga qabul qilib olinganligini
tasdiqlaydigan, kema egasi yoki uning vakili tomonidan
beriladigan tilxatdir;
— tovarlarni taqsimlash hujjati hisoblanadi. Konosament
originali egasiga yukni tasarruf etish huquqini beradi. Bu shuni
bildiradiki, faqat konosamentda ko‘rsatilgan yoki taqdim
etuvchiga konosamentga ega bo‘lgan shaxsgina konosamentda
ko‘rsatilgan tovarni kema egasidan talab qilib olish va bu tovarni
tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. Hali yo‘lda bo‘lgan va
konosamentda taqdim etilayotgan tovarni sotish uchun tovar
egasi konosamentni sotishi yoki unda ko‘rsatilgan huquqlarni
boshqa shaxsga berishining o‘ziyoq yetarlidir;
— yukni dengiz yo‘li bilan tashish to‘g‘risidagi shartnomaning
tuzilganligidan dalolat beradi. Bu shartnoma bo‘yicha yuk
tashuvchi hujjat taqdim etilishi bilan yukni yetkazib berish
majburiyatini oladi, ya’ni bu hujjat yukni jo‘natuvchi va kema
egasi o‘rtasida yukni dengiz yo‘li orqali tashish to‘g‘risidagi
shartnoma tuzilganligini bildiradigan yagona dalildir.
Konosament egasining nomi yozilgan 
konosament, orderli
konosament, taqdim etiladigan konosament kabi turlarini ajratib
ko‘rsatadilar.
Konosamentning alohida turi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki oraliq
konosamentdir. U bir joydan boshqa joyga yuklarni alohida
bosqichlar bilan tashish to‘g‘risidagi shartnomaning mavjudligini
tasdiqlaydi, bu bosqichlardan kamida bittasi dengiz tranziti
bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan hujjatni bergan yuk
tashuvchi oraliq konosamentda yukni tashish uchun javobgarlikni
o‘z zimmasiga oladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish