Transport operatsiyalari. Xalqaro savdoda yuk egalari
tovarlar yetkazib berishning shartnomalarda belgilangan shartlar
bilan shartlangan qator transport operatsiyalarini bajarishlari
zarur. Transport operatsiyalarining mazmuni tashilayotgan
yukning xususiyati, qo‘llanilayotgan transport vositasi turiga,
yetkazishlarning davriyligiga, chegaradan o‘tish tartibiga qarab
belgilanadi.
Transport operatsiyalari shartnoma tayyorlashda rejalashtiri-
ladi va uni bajarish jarayonida amalga oshiriladi.
Shartnoma tuzilguncha birinchi bosqichda:
— transport xizmatlari bozorlari konyunkturasini, tovarlar
yetkazish shartlari, tarif stavkalari darajasini tahlil qilish;
— ularni keyingi oldi-sotdi shartnomasiga qo‘yish uchun
transport va ba’zi sharoitlarini aniqlash, bu shartlar bajarilishini
tashkil etish;
— transport operatsiyalariga tovarning shartnoma bahosida
xarajatlar ulushini belgilash;
— xarajatlar sistemasida transport tutilishlarini ko‘zda tutish
zarur.
8 3
Ikkinchi tashqi savdo bitimini amalga oshirish jarayonida
quyidagilarni bajarish zarur:
— tovarlar tashish shartnomalarini tuzish, ularni kerakli
transport hujjatlari bilan rasmiylashtirish;
— dengiz, daryo portlari va chegara stansiyalaridan o‘tuvchi
eksport yuklari tashuvini rejalashtirish;
— tovarni tashuvga tayyorlash;
— yuklarni transport sug‘urtasi shartnomasini rasmiylash-
tirish, sug‘urta polisini olish;
— texnik va tovarga hamkorlik qiluvchi hujjatlarni tayyorlash
va rasmiylashtirish;
— hisob hujjatlarini tekshirish va tashuvini hisob-kitob qilish;
— kerakli chegara, veterinar rasmiyatchiliklarni bajarish,
kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish: bojxona yuk deklaratsiyasi,
kerakli sertifikatlar, bojxona yig‘inlarini to‘lash, boj, soliqlar
to‘lash.
Xarajatlar transport turi, tashish yo‘li va yetkazish uzoqligiga
bog‘liq bo‘ladi. Odatda, transport xarajatlari yetarli darajada ko‘p
bo‘ladi. Ba’zi tovar turlariga qarab ular 50 %ni tashkil etishi
mumkin. Shuning uchun ham xorijiy xaridor bilan muzokara
boshlashdan avval transport operatsiyalari uchun xarajatlarni
hisoblagan ma’qul. Ular quyidagi to‘lovlarni o‘z ichiga oladi:
— tovarni jo‘natishga tayyorlash xarajatlari;
— yukni mamlakat ichida transport vositasiga ortish va uni
chegaragacha olib borish;
— yuklarni port, stansiya, bozorlarda saqlash;
— yuklarni xalqaro transport orqali ortish va tashish;
— yuklarni transport jihatidan sug‘urtalash;
— bojxona yig‘imlari, bojlari, soliqlari;
— oldi-sotdi servisi;
— yukni chet el xaridori omboriga tushirish.
Shartnomaning transport shartlari tomonlar kontragentla-
rining yuklari tashish jarayonidagi munosabatlarni belgilaydi.
Transport shartlari oldi-sotdi shartnomasiga maxsus bo‘lim
sifatida kiritiladi.
Transport shartlari har bir aniq holatda tashishda qatna-
shayotgan transport turi, tovarning xususiyati, bitim turi, xalqaro
bitimlar harakati, konvensiyalar harakatiga bog‘liqdir.
Oldi-sotdi shartnomasida transport shartlari quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
8 4
— xalqaro bitimlar, konvensiyalar, mamlakatdagi odatlarning
harakati;
— yuk ortish muddati va vaqti;
— tovarning to‘g‘ri va miqdori;
— yukni topshirish joyi va tartibi;
— tovarni tushirish-ortish joyining nomi;
— transport vositalarining kelish tartibi, shartnomada
ko‘rsatilgan punktlar;
— yuklash ishlari normasi va yuklash operatsiyalari uchun
kemalarni tayyorlash vaqti;
— temir yo‘l va avtomobil yo‘llarida uchinchi mamlakat
hududi orqali yuklarni tranzit olib o‘tishda yuk tashish uchun
haq to‘lash tartibi va hajmi;
— demerrej (jarima) va dispich (mukofot) bo‘yicha hisob-
kitob tartibi;
— yuk tashish operatsiyalarini bajarayotgan stividorlar,
transportga xizmat ko‘rsatuvchi agentlarni tayinlash tartibi;
— tuzilgan shartnomalarga muvofiq vositachi tashkilotlar
bilan hisob-kitob tartibi.
Shartnoma imzolangandan so‘ng qabul qilingan transport
shartlarining bajarilishini ta’minlash va yuklarni tashish talabini
rejalashtirish zarur. Buning uchun oldindan transport vositasiga
ariza berish zarur.
Tashishni rejalashtirish, asosan, bir necha transport vositasini
qo‘llashda zarurdir.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra portlarning eksport yuki bo‘lgan
va yuk konteynerlarini qabul qilmagani uchun yuk jo‘natuvchi-
lardan jarima olish sifatida javobgarlik belgilangan. Jarima
mahsuloti eksportga yetkazib berishning me’yoriy talablarini
buzgani uchun: eksport yuklarini ortish qoidalarini bajarmagan-
ligi uchun belgilanadi.
Yuk bojxona deklaratsiyasini noto‘g‘ri to‘ldirish; yuk
hujjatlarini noaniq rasmiylashtirish. Bu talablarning bajarilishini
bojxona va chegara port organlari va boshqa nazorat organlari
nazorat qiladi.
Tovar va jihozlarni olib kirishda korxona va tashkilotlar
bojxona organlariga bitim pasporti va yuk bojxona dekla-
ratsiyasini taqdim etish yo‘li bilan ularni deklaratsiya qilishlari
shart.
8 5
Yuk bojxona idorasi tomonidan tekshirilgach, yuk bojxona
deklaratsiyasiga kerakli belgi qo‘yiladi va yuk bojxona uchastkasi
hududidan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |