94
investitsion va kredit resurslarni olish, qarz mablag‘larini qaytarib
olish;
qo‘shma va chet el korxonalari tashkil qilish bo‘yicha
takliflar;
davlat tomonidan qo‘llab-qo‘vvatlash dasturlarining maqsadga
muvofiqligi.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha zamonaviy tajribalar
asosan ishbilarmonlik rejalashtirishi metodologiyasiga asoslanadi, uning yangi
texnika va kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini asoslab berish bo‘yicha
avvalgi muammodan asosiy farqi real ichki va tashqi sharoitlarga mos keluvchi
hamda tashkilotning (korxona, loyihaning) rivojlanishini ta‘minlovchi rejani
ishlab chiqish hisoblanadi. SHu bilan birga bu tajribalarni to‘laligicha mahalliy
korxonalarga (investitsiyalash ob‘ektlariga) o‘tkazish mumkin ham emas,
buning iloji ham yo‘q.
Biznes-rejani datellashtirish darajasi ko‘plab omillarga, birinchi navbatda
bo‘lajak loyiha hajmiga va u mansub bo‘lgan sohaga (tarmoqqa, ishlab
chiqarishga) bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar mahsulotning yangi turlarini ishlab
chiqarishni tashkil qilish ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, u mahsulotning o‘zi va
sotuv bozorlar murakkabligini hisobga olib, batafsil ishlab chiqilishi lozim. Agar
gap biron-bir mahsulotni sotish haqida boradigan bo‘lsa, biznes-reja juda qisqa
va sodda bo‘lishi mumkin. Detallashtirish yaratilayotgan ob‘ek xarakteriga ham
bog‘liq bo‘ladi, masalan, agar bu ishlab chiqarish korxonasi bo‘lsa, undagi
ishlab chiqarish tarkibiga mahsulot turi, uning sifati, qurilish-montaj ishlari
hajmi va boshqa omillar ta‘sir ko‘rsatadi.
Barcha holatlarda ham biznes-reja investitsiya loyihasining asosiy
jihatlarini yoritib berishi, tadbirkorning duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha
muammolar va raqobat sharoitlarida ularni hal qilish usullarini ko‘rsatishi
hamda tijorat rejalari va loyihani amalga oshirish istiqbollari, rejalashtirilgan
tadbirlarni amalga oshirish dasturlarini moliyaviy va tashkiliy ta‘minlash
haqidagi qat‘iy strukturalangan ma‘lumotlar tizimini fiodalashi, bundan tashqari,
reklama funksiyasini bajarishi lozim.
Biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bo‘lib korxona rahbariyati
tomonidan chiqarilgan hujjat (buyoruq, farmoyish) xizmat qiladi. Unda
quyidagilar belgilanadi va tasdiqlanadi:
biznes-rejani ishlab chiqish rahbari;
ijrochilar tarkibi, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlagan holda;
biznes-rejani ishlab chiquvchi (loyiha tashabbuschisi bo‘lgan korxona
yoki jalb qilingan tashkilotlar);
ishlarni bajarish uchun xarajatlar smetasi va ularni moliyalashtirish
manbalari (zarur hollarda).
Biznes-rejani ishlab chiqish ayniqsa, sanoat ob‘ektlarida murakkab va
ko‘p mehnat talab qiluvchi mashg‘ulot (faoliyat) hisoblanadi. SHuning uchun
uni kompyuterlashtirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Rejaga faqat bitta
o‘zgartirish kiritish rejaning barcha bo‘limlari bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlarni
qayta hisoblab chiqishga olib kelishi mumkin. Biznes-reja ustida ishlashni katta
hajmda ichki va tashqi axborot olish va undan foydalanish, loyiha
95
boshqaruvining uni moliyalashtirish va ishlab chiqishda ham, amalga oshirishda
ham ishtirok etayotgan ayrim bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keluvchi
ziddiyatlarni tartibga solish zarurligi ham murakkablashtiradi.
Investitsiya loyihasining biznes-rejasi qabul qilingan qarorga, mulkchilik
shakllariga, yuridik shakliga, moliyalashtirish manbalariga, chiqarilayotgan
mahsulot turlariga, yangi qurilayotgan ob‘ektda ishlab chiqarish maqsadlariga,
mavjud korxonalarda yangi teznika va texnologiyalarni joriy qilishga, moddiy
va mehnat resurslaridan foydalanishga, foydani oshirishga, bozorni o‘zlashtirish
va hokazolarga nisbatan aniqlashtirishni talab qiladi. Biroq uni ishlab chiqishni
boshlashdan avval talab va taklif haqidagi, ishlab chiqarish, moliyaviy va
boshqa axborot olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: