1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

Talab va taklif haqidagi axborot ushbu mahsulot (ish, xizmat) nima uchun 
va  kimga,  qanday  hajmda  sotilishini  aniqlashga  imkon  beradi.  Buning  ustiga, 
iste‘molchi  (xaridor)  oddiy  mahsulot  yoki  xizmatni  emas,  balki  uning 
muammosini hal etishi mumkin bo‘lgan xislatlar va afzalliklar yig‘indisini sotib 
oladi.  Agar  ishlab  chiqaruvchi  o‘z  mahsulotini iste‘molchi  talablariga  muvofiq 
chiqarsa  va  buni  raqobatchilardan  yaxshiroq  bajarsa,  u  kutilgan  natijalarga 
erishishi, aytaylik, foydani oshirishi mumkin. Kerakli  ma‘lumotlarni hisobot va 
nashrlardan,  shaxsiy  kuzatuv  va  marketing  tadqiqotlari  natijasida,  ko‘rgazma, 
yarmarka va savdolarda qatnashish yo‘li bilan olish mumkin. 
Shunday  qilib,  biznes-rejani  ishlab  chiqishdan  oldin  zarur  ma‘lumotlarni 
to‘plash  va  qayta  ishlash,  bo‘lajak  loyishaning  maqsad  va  vazifalarini  aniqlab 
olish  bo‘yicha  katta  hajmdagi  ishlarni  badarish  tadlab  qilinadi.  Axborot 
olishning  ikkita  asosiy  usuli  mavjud  bo‘lib,  qo‘llanib  kelmoqda:  belgilangan 
hisobotlardan  va  mos  keluvchi  kuzatuvlarni  amalga  oshirish  yo‘li  bilan  olish. 
Ko‘p  hollarda  bu  usullarning  ikkalasidan  birdaniga  foydalaniladi.  Agar 
umumlashtiruvchi  miqdoriy  baholar  turli  (buxgalteriya,  statistika,  tezkor) 
hisobotlarda  mavjud  bo‘lgan  axborotlarga  asoslansa,  nisbatan  detalli  va  sifatli 
baholarni  bevosita  kuzatuvlar,  sinab  ko‘rish  va  hokazolar,  ya‘ni  bugungi 
vaziyatni haqqoniy aks ettirish natijasida olish mumkin. 
Ishlab chiqarish axborotlarining katta qismini xuddi shunday yoki shunga 
o‘xshash  mahsulot  chiqaruvchi  korxona  yoki  firmalardan  olish  mumkin. 
Masalan,  uning  yordamida  barcha  ishlab  chiqarish  operatsiyalari  va  ularni 
bajarish usullari ro‘yxatini; talab qilinayotgan resurslar (xomashyo, materiallar, 
instrumentlar  va  hokazolar),  asbob-uskunalar,  ularning  ta‘minotchilari  va 
etkazib  berish  shartlari  ro‘yxatini;  ixtisosliklar  va  malaka  bo‘yicha  mehnat 
resurslariga  ehtiyoj;  ishlab  chiqarish  maydonlari  bilan  ta‘minlanganlik,  ularni 
xarid  qilish  yoki  ijaraga  olish  imkoniyati;  yuklama  va  boshqa  xarajatlar 
ro‘yxatini tuzish mumkin. 
Ob‘ektning moliyaviy holatini har tomonlama baholash uchun  moliyaviy 
axborot  talab  qilinadi,  uning  asosida  investor  loyihaning  foydaliligi  va  zarur 
vositalar,  pul  olish  usullari  (kredit  olish,  aksiyalar  chiqarish  va  hokazolar) 
haqida  mulohaza  yuritishi  mumkin.  Narx  va  xarajatlar  haqidagi  axborot  ham 
muhim, u ko‘pincha ishlab chiqaruvchining tijorat sirlarini tashkil qiladi. 


96 
 
Biznes-rejani  potensial  investorlarga  taqdim  etishning  ham  ahamiyati  va 
mas‘uliyati  katta.  Uni  taqdim  etar  ekan,  korxona  yoki  firma  loyihani  sotishga 
harakat  qiladi,  buning  uchun  esa  loyiha  jozbador  bo‘lishi  va  avvalo,  yaxshi 
o‘qiladigan  shrifta  chop  etilishi,  unda  sxema  va  grafiklar  yaqqol  aks  etishi  va 
sifatli bajarilishi lozim. Maxfiy (konfidensial) axborot tushirib qoldirilishi, zarur 
hollarda esa qo‘shimcha taqdim etilishi mumkin. Investorni boshqa ma‘lumotlar 
ham,  masalan,  sotilayotgan  aksiyalar  paketi  foizi  (ulushi),  eng  kam 
investitsiyalar  hajmi,  kapitalni  taqdim  etish  shartlari  (oddiy  va  imtiyozli 
aksiyalar, kafolatli qarz majburiyatlari va boshqalar) ham qiziqtiradi. 
Biznes-reja  tarkibiga  qoidaga  ko‘ra  titul  varaqasi,  mundarija,  hisob-
kitoblar,  jadval  va  grafiklar  biln  birga  asosiy  bo‘limlar  matni  (mazmuni), 
shuningdek,  ilovalar  –  boshlang‘ich  ma‘lumotlar,  shartnoma,  litsenziya  va 
hokazolar  nusxalari,  ta‘minotchilarning  preyskurantlari,  ekspert  xulosalari  va 
baholari, sertifikatsiya va asosiy matnning bir qismi hisoblanmagan, biroq unga 
biznes-rejada ishora qilingan boshqa hujjatlar kiradi. 
Titul  varaqasida  investitsiya  loyihasining  nomi,  uning  investori,  biznes-
rejani  ishlab  chiquvchilar  ko‘rsatiladi,  muhr  bilan  tasdiqlangan  korxona  va 
biznes-rejani  ishlab  chiqqan  tashkilot  rahbariyatining  imzosi  qo‘yiladi.  Biznes-
rejani  loyiha  tashabbuschisi  bo‘lgan  korxona  auditorlik  va  boshqa  firmalar 
ishtirokida ishlab chiqqan hollarda titul varaqasining quyi qismida «Biznes-reja 
korxona tomonidan quyidagilar ishtirokida ishlab chiqildi...» deb yozib qo‘yiladi 
va jalb qilingan tashkilotlar ro‘yxati keltiriladi. 
Biznes-reja quyidagi bo‘limlardan tarkib topishi mumkin: 
  rezyume; 
  korxona tavsifnomasi va uning rivojlanish strategiyasi; 
  mahsulot (xizmat) tavsifi; 
  marketing strategiyasi, sotuv bozorlari tahlili; 
  ishlab chiqarish rejasi; 
  tashkiliy reja; 
  loyihani amalga oshirish rejasi; 
  investitsion reja; 
  moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bashorati; 
  loyiha samaradorligining hisob-kitobi; 
  yuridik reja; 
  biznes-rejani ishlab chiqqanlar haqida axborot.  
Biznes-rejaning taxminiy hajmi (ilovalarsiz): 
  loyiha qiymati 500,0 ming AqSH dollaridan kam bo‘lsa - 40 bet;  
  loyiha qiymati 500,0 ming AqSH dollaridan ko‘p bo‘lsa - 80 bet. 
Biznes-rejaning  asosiy  bo‘limlari,  jadval  va  ilovalarini  tayyorlashga 
umumiy talablar quyidagicha: 
  har  bir  bo‘lim  tadqiqotlar  yoki  hisob-kitoblar  bilan  tasdiqlangan  va 
mos keluvchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan hamda tekshirilgan boshlang‘ich 
ma‘lumotlar asosida shakllantiriladi; 
  hisob-kitob  jadvallari  xo‘jalik  sub‘ekti  faoliyatining  o‘ziga 
xosliklaridan kelib chiqib tuziladi; 


97 
 
  boshlang‘ich  va  boshqa  ma‘lumotlarni  tasdiqlovchi  hujjatlar 
(shartnomadan  oldingi,  shartnoma,  ta‘sis  va  hisobot  hujjatlarining  nusxalari, 
auditorlik tekshiruvi materiallari) alohida tartibda tuziladi; 
  yangi  va  yuqori  texnologiyalarga  asoslangan  korxonalarni  asoslash 
bo‘yicha  axborot,  amaldagi  normativlar  bo‘yicha  rasmiylashtirib,  alohida  bir 
bo‘lim tarkibida keltiriladi va ilova sifatida rasmiylashtiriladi. 
Biznes-rejani ishlab chiqishda quyidagi  tamoyil  va  yondashuvlarga rioya 
qilinadi: 
  biznes-rejaning  ishlab  chiqarish  va  moliyaviy-iqtisodiy  jihatlarini 
tadqiq 
etishda 
loyihaning  boshlang‘ich  ko‘rsatkichlar  o‘zgarishining 
samaradorlikka ta‘sirini baholaydigan imitatsion modellashtirish va diskontlash 
usullaridan foydalanish tavsiya etiladi; 
  alohida  ishlab  chiqarishlarni  yaratish  va  qayta  ta‘mirlashda 
investitsion  loihaning  korxona  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  ta‘miri  va  buning 
aksiga ta‘sirini ko‘rsatish lozim; 
  yangi  korxonani  qurish  masalasini  hal  qilishda  muqobil  hisob-kitob 
qilish va uni mavjud yoki yangi maydonlarda joylashtirish zarur; 
  davlat  mablag‘lari  yoki  uning  imtiyozlari  ishtirokida  amalga 
oshiriladigan loyihalar uchun byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga imtiyozli 
va  imtiyozsiz  to‘lovlar,  shuningdek,  davlatning  yo‘qotishlar  va  ularni  qoplash 
hisob-kitobi bajarilishi lozim; 
  biznes-reja  qarzga  olingan  mablag‘larni  qaytarish  muddati  plyus  bir 
yilni  qamrab  oluvchi  investitsiya  loyihasi  amalga  oshiriladigan  butun  davr 
uchun tuzilishi lozim; 
  davlat  boshqaruv  organlariga  taqdim  etiladigan  hisob-kitoblardagi 
(jadvallardagi) axborotni aks ettirish qadami bir yilga teng bo‘lishi lozim; 
  amalga  oshirish  uchun  erkin  konvertatsiyalanuvchi  valyutadagi 
mablag‘lar  talab  qilinmaydigan  biznes-rejada  barcha  hisob-kitoblar  milliy 
valyutada, boshqa holatlarda  – bundan tashqari shartli birliklarda (sh.b. sifatida 
qoidaga ko‘ra AqSH dollari qabul qilinadi) bajariladi. 
Investitsiya  loyihasining  biznes-rejasini  to‘li  hajmda  ishlab  chiqishda 
natijalar    «Investitsiya  loyihasi  pasporti»  ko‘rinishida,  boshqa  holatlarda  esa 
«Investitsiya taklifi» ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. 
Investitsion  pasport  bu  –  mustaqil  ekspert  tomonidan  tayyorlangan, 
korxonaning (firma, kompaniyaning) bir qator (3-5) yil uchun ishlab chiqarish-
xo‘jalik  va  moliyaviy-iqtisodiy  faoliyati  haqidagi  axborotdan  iborat  bo‘lgan 
hujjatdir.  Uni  ishlab  chiqish  uchun  majburiy  shart  tijorat  va  ishlab  chiqarish 
sirlarini  saqlash  hisoblanadi.  Bunday  hujjat  birinchi  navbatda  korxonaning 
o‘ziga  kerak,  chunki  bu  unga  o‘z  natijalarini  chetdan  ko‘rish  va  investorlarni 
jalb qilishga; investorga – investitsiyalash ob‘ektini tanlashda xato qilmaslikka; 
aksiya  egalariga  esa    -  emitentga  nisbatan  strategiyani  tanlash  uchun  imkon 
beradi.  Uning  maqsad  va  vazifalari  universal  xarakterga  ega  bo‘lib,  firmaning 
oxirgi  bir  necha  yildagi  salohiyatini  aks  ettiradi,  bu  esa  uni  investitsiya 
loyihasining biznes-rejasidan farqlab turadi. 
 


98 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish