1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

Kapital  qaytimi  tarmoqdagi  jami  kapital  faoliyati  samaradorlik  darajasini 
tavsiflaydi, u quyidagi 
1
ok
K
 va 
2
ok
K
 koeffitsientlar bilan tavsiflanishi mumkin: 
 
)
/(
1
об
осн
ок
Ф
Ф
Д
К


   
 
 
(17.5) 
)
/(
2
об
осн
ок
Ф
Ф
П
К


    
 
        (17.6) 
 
bu erda  
D  –  tarmoqda va quyitarmoqda  olingan, ishlab  chiqarilgan  yalpi  mahsulot 
hajmi  va  buning  uchun  ketgan  moddiy  xarajatlar  o‘rtasidagi  farq  sifatida 
aniqlangan yalpi daromad; 
P  -  tarmoqda  va  quyitarmoqda  asosiy  profil  mahsulot  ishlab  chiqarish 
natijasida olingan foyda (davlat qimmatli qog‘ozlari, korxona va tashkilotlarning 
aksiyalari,  ayirboshlash  operatsiyalari  va  noprofil  mahsulot  ishlab  chiqarish 
natijasida olingan foydani hisobga olmasdan);  
F
osn
 va F
ob
 - asosiy fondlarning balans qiymati va tarmoqda (quyitarmoqda) 
profil mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llanuvchi aylanma vositalar miqdori. 
Bir  qator  hollarda  tarmoqda  (quyitarmoqda)  faqat  profil  mahsulot  ishlab 
chiqarishdan  olinuvchi  oyda  va  daromadni,  shuningdek,  uni  yaratishni 
ta‘minlashga  aloqador  aylanma  vositalar  va  asosiy  fondlar  qiymatini  ajratib 
ko‘rsatish  qiyinligi  sababli  D,  P,  F
osn
,  F
ob
  ko‘rsatkichlarini  umumiy  balans 
hisoboti bo‘yicha qabul qilish mumkin, biroq bunda noprofil ishlab chiqarish va 
tijorat-moliyaviy 
faoliyatning 
hisoblab 
chiqilgan 
kapital 
qaytimi 
ko‘rsatkichlariga ta‘sirini buzib ko‘rsatishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak. 
Investitsiyalarning  rentabellik  koeffitsienti  tarmoqning  takror  ishlab 
chiqarish  rivojlanishiga  qo‘yilmalar  qaytimi  darajasini  tavsiflaydi.  U  yoki 
tarmoqdagi yalpi daromad o‘sishining yoki foyda o‘sishining amalga oshirilgan 
yoki  amalga  oshiriladigan  investitsion  qo‘yilmalarga  nisbati  sifatida  quyidagi 
formulalar bo‘yicha aniqlanishi mumkin: 
 
И
Д
К
п
ри
/
1

    
 
 
(17.7) 
 


110 
 
И
Д
К
п
ри
/
2

     
 
 
(17.8) 
 
bu erda  
2
1
,
ри
ри
К
К
 - investitsiyalarning rentabellik koeffitsienti;  
D
p
 – yalpi daromadning o‘sishi;  
P
p
  - foydaning o‘sishi;  
I -   investitsion qo‘yilmalar. 
Investitsiyalar  rentabelligi  va  kappital  qaytimi  koeffitsientlari  amaldagi 
kapitalning  faoliyati  iqtisodiy  samaradorligi  va  shu  vaqtning  o‘zida  milliy 
iqtisodiyot  tarmoqlarining  ularning  yanada  rivojlanishini  ta‘minlash  bo‘yicha 
moliyaviy imkonniyatlarini tavsilovchi asosiy koeffitsientlar hisoblanadi, chunki 
kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarishning  asosiy  manbasi  foyda  va  daromad 
sanaladi. 
Aktivlarning  rentabellik  ko‘rsatkichlari,  mahsulot  ishlab  chiqarish 
xarajatlari darajasi, aktivlarning mulk koeffitsienti iqtisodiyotning tarmoqlari va 
quyitarmoqlari  investitson  jozibadorligini  baholashda  asosiy  ko‘rsatkichlarga 
qo‘shimcha  ko‘rsatkichlar  hisoblanadi.  Ular  naqd  kapitaldan  foydalanishni 
baholashni chuqurlashtiradi va kengaytiradi. 
Olingan  umumiy  foydaning  brcha  aktivlar  qiymatiga  nisbati  sifatida 
aniqlanuvchi aktivlarning rentabellik darajasi nafaqat asosiy fondlar va aylanma 
vositalardan  iborat  ishlab  chiqarish  kapitalini,  balki  davlat  va  korxonalarnig 
aksiyalari, qimmatli qog‘ozlariga kiritilgan mablag‘lar, banklarda saqlash tufayli 
bo‘sh turgan mablag‘lar, ularni boshqa korxona va tashkilotlarga qarzga berish, 
moliyaviy  va  tijorat  investitsion  loyihalarni  amalga  oshirish  va  hokazolardan 
iborat bo‘lgan qaytimni tavsiflaydi. Agar barcha aktivlarning rentabellik darajasi 
va  formulalar  bo‘yicha  hisoblab  chiqilgan  kapital  qaytimi  koeffitsientlariga 
nisabatan  baland  bo‘lsa,  bu  moliya-xo‘jalik  operatsiyalarini  amalga  oshirish 
hisobiga  o‘z  rivojlanishini  investitsiyalash  bo‘yicha  tarmoqning  moliyaviy 
imkoniyatlarini kengaytirishni anglatadi. 
Mahsulotni  sotishdan  olingan  foydaning  uni  ishlab  chiqarish  xarajatlariga 
nisbati sifatida aniqlanuvchi mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari rentabellik 
darajasi  tarmoqdagi  asosiy  ishlab  chiqarish  va  aylanma  kapitaldan  foydalanish 
samaradorligini  baholash  va  tahlil  qilishni  chuqurlashtiradi  va  bu  ma‘lum 
ma‘noda  samaradorlikni  oshirish  uchun  mavjud  zaxiralar  haqida  mulohaza 
yuritishga  imkon  beradi.  Bilvosita  mahsulot  ishlab  chiqarish  xarajatlari 
rentabellik  darajasi  dinamikasi  va  kapital  qaytimi  koeffitsientlari  dinamikasini 
taqqoslash  orqali  tarmoqdagi  asosiy  kapital  va  ishlab  chiqarish  salohiyatining 
yuklanganlik  darajasi  haqida  ham  mulohaza  yuritish  mumkin.  Agar  mahsulot 
ishlab chiqarish xarajatlari darajasining o‘sish va pasayish sur‘ati mos ravishda 
kapital  qaytimining  o‘sish  va  pasayish  sur‘atidan  past  va  baland  bo‘lsa,  bu 
asosiy kapital, asosiy fondlar va ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlariga jismoniy 
yuklamaning pasayishini anglatadi. 
Milliy  iqtisodiyotning  barcha  asosiy  (mashinasozlik,  metallurgiya, 
transport,  aloqa  va  b.)  tarmoqlari  yangi  paydo  bo‘lgan  (radioelektronika, 


111 
 
aerokosmik texnika ishlab chiqarish va b.) tarmoqlardan tashqari qoidaga ko‘ra 
allaqachon  shakllanib  ulgurgan.  Biroq  barcha  mamlakatlar  va  barcha 
tarmoqlarda  ishlab  chiqarish  texnik  jihatdan  ham,  texnologik  jihatdan  ham 
doimiy  takomillashib  boradi.  Mahsulot  ishlab  chiqarish  usullari  va 
texnologiyalarining  takomillashuvi  qoidaga  ko‘ra,  uning  tannarxi  pasayishi, 
sifati  yaxshilanishi  va  tovar  bozorida  raqobatbardoshligining  kuchayishini 
ta‘minlaydi.  Sifat  jihatidan  yangi  mahsulot  ishlab  chiqish  eskirgan  mahsulotni 
ishlab chiqarishdan olib tashlash va almashtirishga yo‘naltiriladi. Natijada ishlab 
chiqarish  xarakterining  sifat  jihatidan  o‘zgarishi  yoki  yangicha  mahsulotlar 
ishlab  chiqaruvchi  tamomila  yangi  ishlab  chiqarishlarning  paydo  bo‘lishi  ro‘y 
beradi.  
Investitsion  bozorni  tarmoqlar  bo‘yicha  tahlil  qilishda  tarmoqlar 
ahamiyatining  sof  texnik  va  iqtisodiy  ko‘rsatkichlaridan  tashqari  quyidagilarni 
ham hisobga olish zarur: 
  tarmoqning  ijtimoiy  ahamiyati,  u  unda  band  bo‘lganlar  soni  yoki 
ulushi bilan tavsiflanishi mumkin; 
  tarmoqning  strategik  ahamiyati,  nafaqat  mamlakatning  mudofaa 
qobiliyatini  ta‘minlash,  balki  milliy  iqtisodiyotning  faoliyat  ko‘rsatishi 
ishonchliligini ta‘minlash, texnologik o‘sishlarni aniqlash va hokazolar borasida 
ham.  Ushbu  baho  bilan  birinchi  navbatda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  davlat 
investitsiyalari  ajratish,  imtiyozli  davlat  kreditlari  va  soliq  imtiyozlari  taqdim 
etish yo‘li bilan mos keluvchi tarmoqlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlashning zarur darajasini aniqlash bog‘liq; 
  tarmoqning  milliy  iqtisodiyot  umumiy  pasayishi  mumkinligiga 
nisbatan  barqarorligi,  u  ko‘rib  chiqilayotgan  tarmoqda  ishlab  chiqarishning 
pasayish sur‘ati mamlakatda yalpi milliy mahsulotning pasayish sur‘atiga nisbati 
bilan tavsiflanadi. 
Investorlar  iqtisodiyotning  mos  keluvchi  tarmoqlariga  investitsiyalarni 
yo‘naltirish  bo‘yicha  ijobiy  qaror  qabul  qilishlariga  yuqorida  sanab  o‘tilgan 
tarmoqlar  holati  va  ularda  ro‘y  berayotgan  qayta  strukturalash  jarayonlari 
ko‘rsatkichlari  etarli  emas.  qo‘shimcha  ravishda  iqtisodiyotning  muayyan 
tarmoqlariga  mansub  bo‘lgan  muayyan  loyihalarga  investitsiyalar  kiritishning 
risk darajasini mustaqil baholash zarur. 
Ishlab  chiqarish  yoki  xizmat  ko‘rsatishning  turli  tarmoqlariga 
investitsiyalar kiritishning risk darajasi ko‘p omillarga bog‘liq, xususan: 
  mos  keluvchi  tarmoqda  tovar  va  xizmatlar  ishlab  chiqarish  va 
sotishning monopollashganligi; 
  tovar  va  xizmatlar  mahalliy  va  xorijiy  bozorlarida  mos  keluvchi 
tarmoq kompaniyalarining raqobatbardoshligi; 
  mos keluvchi tarmoq mahsulotlarining inflyasiyaga bardoshliligi; 
  mos keluvchi tarmoqlar ishlab chiqarish va korxonalarining xomashyo, 
energetika va boshqa ta‘minotlari barqarorligi. 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish