4. Tashkiliy va investitsion rejalar
«Tashkiliy reja» bo‘limining boshida yaratilayotgan investitsion
ob‘ektning mulkchilik shakli ko‘rsatiladi: xususiy yoki davlat mulki,
aksiyadorlik jamiyati va hokazo. Agar bu o‘rtoqchlik bo‘lsa, u yaratiluvchi
shartlar, agar aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa – aksiyalar soni va turi haqidagi
ma‘lumotlar keltiriladi. Investitsiya loyihasining asosiy bosqichlariga muvofiq
shu erning o‘zida tashkiliy chora-tadbirlar kompleksli asoslab beriladi.
Markaziy o‘rin korxonaning tashkiliy-shtatlar tuzilmasini asoslab berish
va ishlab chiqarish, personal, ta‘minot, savdo va butun korxonani
boshqarishning oqilona tizimini tanlashga ajratilishi lozim. Bunda loyiha
tashabbuskorlarining xodimlarni tanlash va tayyorlash imkoniyatlari, menejerlar
komandasining ushbu loyihani amalga oshirish qobiliyati ko‘rsatiladi, kerakli
xodimlar soni va malakasi aniqlanadi, ish rejimining ko‘p smenaligi asoslab
beriladi va hokazo.
Ushbu bo‘limda butun korxona faoliyatini boshqarish uchun zarur bo‘lgan
tashkili sxemani yaratish masalalari va bu bilan bog‘liq xarajatlar ham ko‘rib
chiqiladi. Tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish bosqichlari quyidagicha bo‘lishi
mumkin: tijorat maqsadlari va vazifalarini aniqlash; qo‘yilgan vazifalarni
bajarish uchun zarur bo‘lgan funksiyalarni identifikatsiyalash va guruhlash;
104
korxona bolshqaruvining tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish, xodimlarni ishga
olish va o‘qitish dasturini tayyorlash.
Tashkiliy loyihalashtirish ma‘muriy bo‘linmalar tashkil qilishni qamrab
oladi – umumiy daraja, moliya va moliyaviy nazorat, personalni boshqarish,
marketing va sotuv, ta‘minot, transport vositasida tashish va saqlash, ishlab
chiqarish, iqtisodiy hisob-kitoblar, ta‘mirlash va b.
Biznes-rejaning ushbu bosqichini ishlab chiqishda to‘xtalish lozim
bo‘lgan muhim jihatlardan biri bu bo‘lajak ob‘ektni boshqarishning tashkiliy
sxemasidir (chiziqli, chiziqli-funksional va b.). Unda kim nima bilan
shug‘ullanishi, barcha bo‘lim va xizmatlar o‘zaro qanday aloqa qilishi, ularning
faoliyatini kim va qanday nazorat qilishi va muvofiqlashtirishi aniq ko‘rsatib
berilishi lozim. Bundan tashqari, xodimlar mas‘uliyati va javobgarligini aniq
taqsimlab berish zarur, xususan, kim kimga bo‘ysunadi va kimning oldida javob
beradi, kim boshqaruv qarori variantlarini tayyorlaydi va yakuniy qarorni qabul
qiladi. Majburiyatlarni taqsimlashni matritsa shaklida ham aks ettirish mumkin.
Ushbu bo‘limda rahbariyat va mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash (buni
tijorat siri deb hisoblamaslik kerak), ularni mukofotlash, ularning foydani
taqsimlashda ishtirok etishi, samarali ishlashni moddiy rag‘batlantirishning
boshqa shakllariga doir masalalar muhim o‘ringa ega bo‘lshi lozim. Kadrlarni
tanlab olish, joylashtirish va foydalanish masalasi ham bundan kam ahamiyat
kasb etmasligi lozim. Korxona ehtiyoj sezayotgan mutaxassislar (qaysi yo‘nalish
bo‘yicha, qanday ma‘lumotli va tajribali) va ularning oylik maoshi aniq belgilab
qo‘yilishi lozim. Ma‘lumot shakli (OO‘YU, texnikum, konkurs va hokazolar),
attestatsiya, ishga rasmiylashtirish xarakteri (doimiy, vaqtinchalik, o‘rindoshlik
asosida, shartnoma bo‘ va b.), xizmat pillapoyasi bo‘yicha harakatlanish va
hokazolarni ham ko‘rsatish talab qilinadi.
Shuni ham hisobga olish kerakki, bo‘lajak korxona personali ishi
xodimning individual qobiliyatlari, manfaatlari va ishlab chiqarish manfaatlari
mos tushgan holatdagina muvaffaqiyatli bo‘ladi. Bo‘lajak ob‘ekt boshqaruvining
batafsil tashkiliy tuzilmasini biznges-rejaning ilovasida berish mumkin bo‘lib,
unda bo‘lim va xizmatlarning vazifalar va funksiyalar ro‘yxati berilishi va shtat
jadvallari keltirilishi mumkin. Xuddi shu bo‘limda xodimlar soni, ularning
ma‘lumoti va malakasi, mehnatiga haq to‘lash borasidagi siyosatni aks ettirish
lozim.
Loyihani amalga oshirish jarayoni quyidagi tartibda bajariladi: loyihani
amalga oshirish bo‘yicha jamoa (guruh) shakllantirish, korxonani (firma,
kompaniya) tashkil qilish, moliyaviy rejalashtirish, tashkiliy tuzilmalar yaratish,
texnologiyalarni xarid qilish va uzatish, mehnat resurslarini to‘plash, texnologik
loyihalashtirish, shartnomalarni oldindan baholash, tender hujjatlarini tayyorlash
va tenderlarda ishtirok etish, detalli texnologik loyihalashtirish, er maydonlarini
sotib olish (yoki ijaraga olish), qurilish ishlari, asbob-uskunlarni o‘rnatish,
moddiy resurslar (xomashyo, materiallar va b.) xarid qilish, dastlabki marketing,
ob‘ektni ekspluatatsiyaga topshirish, mahsulot ishlab chiqarishni boshlash.
Keyin esa loyihani amalga oshirish grafigi tuziladi. Uni amalga oshirish
uchun kerakli vaqt loyihaning har bir bosqichi uchun belgilanishi mumkin.
105
Grafik ko‘zga yaqqol tashlanib turadigan, muvofiqlashtirilgan hamda butun
jarayonni modellashtirish va sistematik tahlil qilish vositasida ishlab chiqilgan
bo‘lishi lozim. Grafik tuzish va tahlil qilishning turli usullari mavjud. Eng sodda
va ommaviy usul chiziqli grafik bo‘lib, uni tuzishda butun loyihani amalga
oshirish davri turli bosqichlarga bo‘linadi va ularning davomiyligi ko‘rsatiladi.
Loyihani ishlab chiqish davomida loyihani amalga oshirish rejasining
muqobil variantlarini ko‘rib chiqish va ularning orasidan moliyaviy va vaqt
ko‘rsatkichlari optimal birikuvini hisobga olgan holda eng yaxshisini tanlab
olish tavsiya etiladi. Kalendar grafigini ishlab chiqishda nafaqat ishlar
ro‘yxatini, balki ularning har birini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan
moliyaviy resurslarga ehtiyojni ham ko‘rsatish zarur. Tarmoqli rejalashtirish va
boshqarish (TRB) usulidan foydalanish ham samarali bo‘lishi mumkin.
«Investitsion reja» bo‘limida investitsion xarajatlar aniqlanadi: asosiy
kapital (kapital xarajatlar) va sof aylanma kapital summasi. Bunda asosiy kapital
korxonani texnik vositalar (masalan, mashinalar, asbob-uskunalar, transport
vositalari va b.) bilan jihozlash uchun talab qilinadigan resurslarni ifodalaydi,
soy aylanma kapital esa uni to‘liq yoki qisman ekspluatatsiya qilish uchun kerak
bo‘lgan resurslarga mos keladi.
Investitsion xarajatlarni hisoblashda quyidagilarni qamrab oluvchi kapital
xarajatlar hisobga olinadi:
investitsiyadan oldingi xarajatlar (investitsiyadan oldingi tadqiqotlar,
texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash va b.);
qurilishning (qayta ta‘minrlashning) smeta qiymati, jumladan, qurilish-
montaj ishlari, asbob-uskunalarni transport vositasida tashish va boshqa
xarajatlar (umumiy qurilish yoki qayta ta‘mirlash qiymatidan ajratiladi);
ishlab chiqarishdan oldingi xarajatlar;
boshqa hisobga olinmagan investitsion xarajatlar (litsenziyalar, tex-
nologiyalar, nou-xau va b.);
aylanma vositalar xarajatlari (sof aylanma kapitalning o‘sishi).
Aylanma kapitalga ehtiyojni hisob-kitob qilishda majburiyatlarni to‘lash
kunlari eng kam kunlari aniqlanadi, shuningdek, mahsulotni sotish xarajatlari va
aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti (undan foydalanish samaradorligi)
hisob-kitob qilinadi.
Aylanma vositalar (kapital) aylanish koeffitsienti pul mablag‘lari ishlab
chiqarish zaxiralarini xarid qilishdan tortib to korxona hisob-raqamlariga pul
kelib tushishigacha to‘liq aylanmadan o‘tuvchi vaqt bilan belgilanadi. Bir
aylanma muddati kunlarda o‘lchanadi. Bo‘nak aylanma vositalar qanchalik tez
alansa, shunchalik yaxshi natijaga erishiladi. Aylanma vositalarning aylanish
tezligini oshirishda ishlab chiqarishda foydalanilayotgan moddiy resurslarni
tejash, ularning mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajatini kamaytirish, ishlab
chiqarish
davri
uzunligini
qisqartirish,
moddiy-texnik
ta‘minotni
takomillashtirish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarini rivojlantirish, eng yaqin
ta‘minotchilarni tanlash, shartnoma intizomiga rioya qilish va hokazolar),
ta‘minotchilar va iste‘molchilar bilan hisob-kitob tartibini yaxshilash muhim
omil sanaladi.
106
Ushbu bo‘limda loyihani moliyalashtirish manbalari bo‘yicha
ma‘lumotlar keltiriladi:
o’z mablag’lari, jumladan, nizom jamg‘armasiga pul shaklida
kiritluvchi badal, pul mablag‘lari, shundan loyihani amalga oshirish hisobiga va
korxona faoliyati h isobiga;
qarzga olingan va jaob qioingan mablag’lar, jumladan, Hukumat
kafilligi ostida chet el kreditlari, tijorat banklarining chet el kreditlari, ichki
valyuta va sum kreditlari, boshqa korxonalardan qarzga olingan va jalb qilingan
mablag‘lar;
davlatning ishtiroki, jumladan, pullik va qaytarib berish asosida
moliyalashtirishning markazlashgan manbalari, ITTKIga byudjet mablag‘lari,
konsolidatsiyalangan byudjet mablag‘lari, boshqa markazlashgan manbalar.
O‘z
mablag‘lari
manbalari
bo‘yicha
hisob-kitoblar
bilan
mustahkamlangan asoslar beriladi, shuningdek, tijorat banklari, potensial
investorlar, loyihani aalga oshirishga mablag‘lar kiritishdan manfaatdor bo‘lgan
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning qarorlari haqida ma‘lumotnoma taqdim
etiladi. Investitsiya loyihasi davlat tomonidan qo‘himcha qo‘llab-quvvatlashni
talab qilgan holatlarda uning so‘ralayotgan turlari, masalan, yuqori texnologiyali
ishlab chiqarish va korxonalar uchun daromad solig‘i va qqS stavkasini
pasaytirish shaklida taqdim etiluvchi imtiyozlar, shuningdek, byudjetga bojxona
va soliq to‘lovlari, kreditlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar ko‘rsatiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun so‘ralayotgan davlat tomnidan qo‘llab-
quvvatlash choralariga nisbatan stavkalar hajmi (qonunchilikda belgilangan va
loyiha bo‘yicha so‘ralayotgan), imtiyozlarning boshlanish va yakunlanish
muddati ko‘rsatiladi. SHu bo‘limning o‘zida uzoq va qisqa muddatli kreditlar va
byudjet ssudalari bo‘yicha qarz majburiyatlarini to‘lash muddatining ham hisob-
kitobi bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |