1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


 Mintakalarda kompaniya va firmalarning investitsiyalarni jalb



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

 
4. Mintakalarda kompaniya va firmalarning investitsiyalarni jalb 
kilish kobiliyatini baholash 
Investitsion bozorni mintaqalar bo‘yicha baholash va bashorat qilish davlat 
va  xo‘jalik  boshqaruvining  barcha  darajalarida:  hukumat  miqyosida, 
shuningdek,  xo‘jalik  sub‘ektlari,  mavjud  va  potensial  investorlar  tomonidan 
amalga oshirilishi lozim. 
Baholash  va  bashorat  qilish  davlat  va  hududiy  boshqaruv  organlari 
tomonidan  mehnat  kooperatsiyasi  va  hududiy  taqsimot  siyosati  doirasida 
mintaqalar  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  rivojlanishining  eng  samarali  yo‘llarini 
aniqlash,  ularning  iqtisodiy  imkoniyatlari,  mavjud  investitsion  resurslar  va 
vujudga  kelayotgan  iqtisodiy  sharoitlardan  samarali  foydalanish  maqsadida 


113 
 
amalga  oshiriladi.  Potensial  investorlar  nuqtai  nazaridan  investitsion  bozorni 
mintaqalar  bo‘yicha  baholash  investitsion  qo‘yilmalarning  yuqori  va  ishonchli 
qaytimini ta‘minlash maqsadida mos keluvchi hududlarda muayyan investitsion 
loyihalarga investitsiyalar kiritish haqida qaror qabul qilishi uchun zarur. Bunda 
tahlilning muayyan maqsad va vazifalari mintaqalarda amaldagi ishlab chiqarish 
va  korxonalarni  qayta  ta‘mirlash  va  rivojlantirish  yo‘llari  va  imkoniyatlarini 
aniqlash,  yangi  korxonalar  yaratish,  hududiy  xomashyo,  energetika,  mehnat  va 
boshqa resurslardan yaxshiroq foydalanish maqsadida ishlab chiqarishni tarkibiy 
qayta tuzish hisoblanadi. 
Investitsion  bozorni  mintaqalar  bo‘yicha  baholash  va  bashorat  qilishning 
uslubiy asoslarini butun milliy iqtisodiyot uchun bo‘lgani kabi,  mintaqalarning 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishi  dinamikasi  va  iqtisodiy  holatini  tahlil  qilish, 
investitsion imkoniyatlarni tahlil qilish, ularda investitsion muhitning o‘zgarish 
tendensiyalarini  aniqlash  tashkil  qiladi.  Buning  natijasida  hududlar  va  ularning 
ayrim xo‘jalik sub‘ektlari amaldagi investitson faolligi va jozibadorligiga baho 
beriladi  hamda  ushbu  faollikni  va  mahalliy  va  chet  ellik  investorlar  uchun 
jozibadorikni oshirish yo‘llari va imkoniyatlari aniqlanadi. 
Hududlarning  jozibadorligi  va  investitsion  faolligini  tahlil  qilish, baholash 
va  bashorat  qilishning  ko‘rsatilgan  vazifalari  amalda  quyidagi  iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi: 
Mintaqaning umumiy iqtisodiy rivojlanishini baholash ko’rsatkichlari: 
  mamlakatda  ishlab  chiqarilgan  milliy  daromad  va  yalpi  ichki 
mahsulotda mintaqaning salmog‘i; 
  ishlab  chiqarilgan  ichki  mahsulot  hujmi  va  aholi  jon  boshiga  milliy 
daromad; 
  aholining o‘rtacha ish haqi darajasi va uning butun mamlakat bo‘yicha 
ish haqi darajasiga nisbati; 
  mintaqada  bir  kishiga  to‘g‘ri  keluvchi  kapital  qo‘yilmalar  hajmi  va 
dinamikasi. 
Mintaqadagi investitsion tuzilmaning rivojlanganligini baholash: 
  mulkchilik  shakli  har  xil  bo‘lgan  pudratchi  qurilish  kompaniya  va 
firmalari soni; 
  yiliga qurilish-montaj ishlari hajmi; 
  mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi yiliga; 
  moliya va sug‘urta kompaniyalari soni, ularning yillik aktivlari; 
  iqtisodiyotning  investiitson-qurilish  sohasida  kadrlarning  malaka 
darajasi. 
Mintaqa iqtisodiyotining holati ko’rsatkichlari: 
  ishlab  chiqarish  sohasida  mehnat  qilayotgan  har  bir  kishiga  to‘g‘ri 
keluvchi yalpi daromad va ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi; 
  moddiy  ishlab  chiqarishda  band  bo‘lmagan  mehnat  layoqatiga  ega 
aholi soni; 
  mintaqaga  olib  kiritiladigan  va  oib  chiqiladigan  mahsulo  hajmining 
nisbati; 


114 
 
  aksiyalar  bo‘yicha  dividendlar  nisbati  ularning  bozor  qiymati  har  1 
so‘miga; 
  aholining  har  1  kishisiga  to‘g‘ri  keluchi  elektr  energiyasi  ishlab 
chiqarish va iste‘moli. 
Keltirilgan  ko‘rsatkichlar,  shuningdek,  mintaqadagi  ekologik  holat 
bo‘yicha investitsion jozibadorlik haqida fikr yuritish mumkin. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish