1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


 Diskontlash, uning vazifalari va undan foydalanish



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

2. Diskontlash, uning vazifalari va undan foydalanish 
Investitsiya  loyihalari  iqtisodiy  samaradorligini  baholash  bitta  umumiy 
xususiyatga ega bo‘lgan – ularni aniqlashda qo‘llanuvchi daromad va xarajatlar 
vaqt  bo‘yicha  taqsimlangan  bo‘lib,  ularni  bitta  (bazaviy)  muddatga  keltirishga 
to‘g‘ri keladigan turli ko‘rsatkichlar tizimi yordamida amalga oshiriladi. Buning 
sababi  pul  mablag‘lari  qimmatining  vaqt  bo‘yicha    bir  xil  emasligida,  ya‘ni 
bugungi  kunda  investitsiyaga  kiritilgan  bir  so‘m  bir  yildan  keyingi  bir  so‘m 
bilan  bir  xil  bo‘lmaydi.  Bitta  summaga  turlicha  munosabat  nafaqat  inflyasiya 
bilan,  balki  har  qanday  tijorat  tadbiriga  kiritilgan,  jumladan,  bankdagi  depozit 
raqamiga qo‘yilgan bir so‘m pul ma‘lum vaqt (oy, yil) o‘tgandan so‘ng olingan 
daromad  (foiz)  hisobiga  kattaroq  summaga  aylanishi  mumkinligi  bilan  ham 
izohlanadi. 
Shunday  qilib,  bugunda  to‘langan  (sarflangan)  bir  so‘m  bir  oy,  chorak 
yoki yildan so‘ng (ya‘ni kelajakda) inflyasiya, foiz daromadi (agar pul bankka 
qo‘yilgan bo‘lsa) va risk (masalan, kreditor o‘z majburiyatini bajarmasligi yoki 
aytaylik,  bir  qator  sabablarga  ko‘ra  loyiha  kutilganidek  samarali  bo‘lib 
chiqmasligi  mumkin)  tufayli  qimmatroq  bo‘ladi.  SHuning  uchun 
investitsiyalarni  loyihalashtirish  amaliyotida  (boshqa  qator  holatlarda  ham) 


117 
 
loyiha  bo‘yicha  joriy  xarajatlar  va  daromadlarni  ko‘rsatilgan  sabablar  tufayli 
vujudga kelgan o‘zgarishlar bilan birga bir xillashtirish usuli foydalaniladi. 
Joriy  qiymat,  moliya  bitimini  tuzish  paytining  boshida  vaqt  bo‘yicha 
taqsimlangan  to‘lovlar,  ayni  paytda  yoki  hisob-kitob  yili  boshida  turli  vaqtga 
mansub xarajatlar kabi turli vaqtga mansub iqtisodiy ko‘rsatkichlarni vaqt davri 
bo‘yicha  taqqoslanadigan  ko‘rinishga  keltirish  vaqt  omili  yordamida  amalga 
oshiriladi. 
SHuningdek,  pul  kapitali  qiymatini  oshiruvchi  nominal  foiz  stavkasi 
(foyda  me‘yori)  ham  ajratib  ko‘rsatiladi.  U  joriy  kurs  bo‘yicha  inflyasiyani 
hisobga olmasdan ifodalanadi hamda bunugni kunda berilgan kreditga nisbatan 
ma‘lum  vaqt  o‘tgach,  kapitalning  necha  foizga  o‘sishini  ko‘rsatadi.  Real  foiz 
stavkasi  esa  haqiqatda  xarid  qilish  mumkin  bo‘lgan  mahsulot  (tovar,  xizmat) 
miqdori bilan o‘lchanadi (pul kapitalining xarid layoqatining ahvoli va o‘sishini 
aks ettiradi). 
Nominal  va  real  foiz  stavkalari  o‘rtasidagi  farqqa  kreditni  taqdim  etish 
shartlari sabab bo‘lishi mumkin. Bu, avvalo, bo‘nak foizlari yig‘ish (chunki bu 
holatda  kredit  hajmi  kamayadi),  mijozning  hisobraqamida  kamaymayotgan 
qoldiq  talabi,  komission  mukofotlarning  mavjudligi  (ular  rasman  foiz 
bo‘lmasada,  biroq  mijozning  qo‘shimcha  xarajatlar  sarflashiga  olib  keladi)  va 
boshqalardir.  Inflyasiya  darajasi  I  qanchalik  katta  bo‘lsa,  nominal  N
s.n
    va  real 
R
s.p
 o‘rtasida farq shunchalik katta bo‘ladi, chunki R
s.p
qN
s.p
-I. 
Pulning  bo’lajak  qiymati  bu  –  ularning  ayni  paytda  investitsiyalangan, 
biroq  ular  (pul  mablag‘lari)  ma‘lum  vaqt  o‘tgandan  so‘ng  foiz  stavkasini 
hisobga  olgan  holda  ega  bo‘ladigan  qiymatidir.  Uni  hisob-kitob  qilish  bu 
qiymatni boshlang‘ich summaga qabul qilingan stavka bo‘yicha foiz to‘lovlarini 
qo‘shish yo‘li bilan oshirshga bog‘liq. 
Pulning  joriy  (zamonaviy,  hozirgi)  qiymati  bu  –  foiz  stavkasidan 
foydalangan holda joriy davrga keltirilgan bo‘lajak pul tushumlari summasi. Bu 
jarayon  pul  mablag‘lari  yakuniy  hajmi  kelishib  olingan  holatda  o‘stirishga 
teskari bo‘ladi va mablag‘larning bo‘lajak (yakuniy) qiymatidan foiz to‘lovlarini 
chiqarib  tashlash  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Pulning  joriy  qiymatidan  ma‘lum  vaqt 
o‘tgandan  so‘ng  belgilangan  summani  olish  uchun  bugungi  kunda  qancha 
mablag‘ kiritish kerakligini aniqlash zarur bo‘lgan hollarda foydalaniladi. 
Oddiy  foizlar  bo‘yicha  aniqlanadigan pulning bo‘lajak qiymati  (ularning 
o‘stirilgan summasi) quyidagicha aniqlanadi: 
 
P q K(l q tE),                                   (18.1) 
bu erda 
R  -  o‘stirilgan  summa  (kreditor  kelajakda  ma‘lum  vaqt  o‘tgandan  so‘ng 
oladigan summa).  
 
(1 q t-E)                                              (18.2) 
 
ifodasi oddiy foizlarni o‘stirish koeffitsienti (ko‘paytiruvchisi) deb ataladi. 
Uning qiymati doimo 1 dan katta bo‘ladi. 


118 
 
Amaliyotda  daromadlilik  me‘yori  (E)  doimiy  bo‘lmagan,  avvalo, 
investitsiyalash  davri  va  mazkur  biznes  turi  bilan  aloqador  risk  darajasiga 
bog‘liq  ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Masalan,  investitsiya  davri  qanchalik  uzoq  va 
(yoki)  biznes  qanchalik  riskli  bo‘lsa,  daromadlilik  me‘yori  shunchalik  katta 
bo‘ladi va aksincha. Davlat qimmatli qog‘ozlari yoki davlat bankiga mablag‘lar 
kiritish kamroq riskli hisoblanadi. Biroq daromadlilik me‘yori bu holatda biroz 
pastroq bo‘ladi. 
Foizlarni kapitallashtirishda, ular hisoblanishi bilan darhol to‘lanmasdan, 
kreditning  asosiy  summasiga  qo‘shilib,  yangi  olingan  summaga  foizlar 
hisoblanganda  R  oshirilgan  summasi  hisob-kitobi  murakkab  foizlar  formulasi 
bo‘yicha amalga oshiradi: 
R q K(1 q E)
t
                                      (18.3) 
 
bu erda  
R  –  bo‘lajak  qiymat  hajmi  (t  yildan  so‘ng  investitsiyalarning  bo‘lajak, 
yakuniy qiymati);  
K  –  kelajakda  daromad  olish  uchun  investitsiyalanuvchi  joriy  (hozirgi) 
summa miqdori tekuhaya, u PV sifatida belgilanadi (ingl. present value);  
– investitsiyalar tijorat aylanmasida qatnashadigan standart vaqt davrlari 
soni  (yilning  tartib  raqami,  foizlarni  har  chorak  yoki  har  oyda  hisoblashda 
choraklar yoki oylar soni chislo). 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish