87
qimmatli qog‘ozlar bozori holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
pul bozori holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Milliy iqtisodiyot bo’yicha investitsion faoliyat va davlatning investitsion
siyosati samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi:
yalpi ichki mahsulot;
ishlab chiqarilgan milliy daromad;
tovar ishlab chiqarish hajmi;
ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi;
ishlab chiqarilgan xizmatlar hajmi;
import va ishlab chiqarishga sof soliqlar;
tovarlar narx indekslari;
xizmatlar narx indekslari;
mehnatga haq to‘lash uchun xarajatlar;
iqtisodiyotda
yalpi foyda;
yakuniy milliy iste‘mol xarajatlari;
yalpi milliy jamg‘arma.
Investitsion bozor sig’imi va uning ta’minotini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
qatoriga quyidagilar kiradi:
kapital qo‘yilmalar hajmi, jami;
ishlab chiqarish ob‘ektlariga nisbatan kapital qo‘yilmalar hajmi;
qurilish-montaj ishlari hajmi;
byudjet mablag‘lari, jumladan, markaziy byudjet hisobiga kapital
qo‘yilmalarni moliyalashtirish hajmi;
jami asosiy fondlarni, jumladan, ishlab chiqarish ob‘ektlari bo‘yicha
ishga
tushirish;
barcha tarmoqlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi;
kapital qo‘yilmalar bo‘yicha, jumladan, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha
narxlar indeksi;
iqtisodiyotga uzoq muddatli kredit qo‘yilmalari.
Ko’chmas mulk va asosiy fondlar bozori holatini tavsiflovchi asosiy
ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:
ko‘chmas mulk sotish bilan shug‘ullanuvchi amaldagi birja va
kompaniyalar soni;
ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha ro‘yxatga
olingan bitimlar soni;
sotilgan asosiy fondlar, jumladan, uy-joy maydonlari hajmi;
asosiy fondlar, jumladan, uy-joy maydonlarini sotish bo‘yicha takliflar
hajmi.
qimmatli qog’ozlar bozori holatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
litsenziyali fond birjalari soni;
tuzilgan birja bitimlari soni;
sotilgan qimmatli qog‘ozlar hajmi, shundan: korxonalar aksiyalari,
davlat obligatsiyalari;
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar hajmi, jumladan, korxona va
tashkilotlarning aksiyalari.
88
Pul bozori holatini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:
pul resurslarini sotish hajmi, shundan: depozitlar, tijorat kreditlari,
banklararo kreditlar;
sug‘urta
badallari tushumi hajmi;
sug‘urta to‘lovlari miqdori;
aholining qo‘yilmalari miqdori;
banklararo kreditdan foydalanganlik uchun Markaziy bank stavkasi.
Yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarning katta qismi davlat statistika
hisobotlarida yoki mamlakatning iqtisodiy organlari tomonidan chop etiluvchi
ma‘lumotlarda aks etadi.
Statistika ma‘lumotlari va kuzatuv ko‘rsatkichlari asosida milliy iqtisodiyot
bo‘yicha investitsion bozor holati va investitsion faoliyat samaradorligi nisbiy
ko‘rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Bunday ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: