1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari


-MAVZU  INVESTITSION JARAYON. INVESTITSION JARAYONLAR



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

15-MAVZU 
INVESTITSION JARAYON. INVESTITSION JARAYONLAR 
PARAMETRLARI 
Reja: 
1.  Investitsion  jarayonni  amalga  oshirishda  bevosita  kapital 
kuyilmalar va xususiylashtirilgan ob‟ektlar bozori 
2. Kuchmas mulk bozori, fond bozori, pul bozori 
3. Investitsion bozorning makroiktisodiy kursatkichlari 
4.  Uzbekiston  Respublikasida  investitsion  jarayonning  rivojlanishini 
belgilab beradigan asosiy omillar va shart-sharoitlari 
 
1.Investitsion jarayonni amalga oshirishda bevosita kapital kuyilmalar 
va xususiylashtirilgan ob‟ektlar bozori 
Har qanday bozorning, jumladan, investitsion bozorning holati talab, taklif 
va  narx  kabi  elementlar  bilan  tavsiflanishi  tufayli  shunga  mos  ravishda 
investitsion  bozor  va  uning  tarkibidagi  investitsion  resurslar,  xizmatlar, 
ko‘chmas mulk va asosiy fondlar, qimmatli qog‘ozlar, real investitsiyalashning 
boshqa  ob‘ektlari  bozorini  tahlil  qilishda  ularga  talab  va  taklif  hajmi,  narx  va 
raqobat darajasi tadqiq etiladi. 
Bundan  tashqari,  tahlil  jarayonida  talab  va  taklif,  narx,  investitsion 
faoliyatdagi  firma  va  tashkilotlar o‘rtasida  hamkorlik va  raqobat  shakllanishiga 
ta‘sir  ko‘rsatuvchi  omillar  o‘rganiladi.  Tahlil  davomida  talab  va  taklif  o‘sishi 
yoki  pasayishi,  narxning  o‘zgarishi,  raqobatning  kuchayishi  yoki  hamkorlik 
yo‘llarini  izlash  borasida  yangi  omillarning  paydo  bo‘lishiga  e‘tibor  qaratish 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tahlil  jarayonida  o‘rganilgan  va  aniqlangan  omillarning  talab  va  taklif 
hajmi,  narx  o‘zgarishi,  investitsion  bozor  qatnashchilari  o‘rtasidagi  hamkorlik 
yoki  raqobat  darajasiga  miqdoriy  ta‘sir  darajasi  va  xarakterini  aniqlashning 
ahamiyati katta. 
Investitsion bozor tahlili vazifalari umumiy ko‘rinishda xo‘jalik yuritish va 
xo‘jalik boshqaruvining barcha miqyoslarida investitsiyalash sohasida strategik 
va taktik qarorlar qabul qilishni asoslab berishga borib taqaladi. 
Tahlilning ko‘rsatilgan umumiy vazifalariga quyidagilar taalluqli bo‘ladi: 
  «o‘sish  nuqtalari»ni,  ya‘ni  iqtisodiyotning  jonlanish  nuqtalari  va  bu 
bilan bog‘liq investitsion faollik yo‘nalishlarini aniqlash; 
  investitsion  bozor  holatini  bashorat  qilish  uchun  ma‘lumotlar 
tayyorlash; 
  investitsion  siyosatni  belgilash  va  investitsion  qo‘yilmalar 
yo‘nalishlari,  muayyan  investitsion  dastur  va  loyihalar  bo‘yicha  qaror  qabul 
qilishni asoslab berish uchun ma‘lumotlar tayyorlash. 
Xo‘jalik  yuritishning  turli  miqyoslarida  investitsion  bozorni  tahlil 
qilishning  muayyan  maqsad  va  vazifalari  shu  miqyosda  hal  tiluvchi  boshqaruv 
vazifalari ierarxiyasi va sinfi bilan belgilanadi. 
Mamlakat  miqyosida  tahlil  vazifasi  investitsion  bozor  hoati  va  dinamikasi 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni baholash va bashorat qilish hisoblanadi. Bunday 


86 
 
baholash  va  bashorat  natijalari  bo‘yicha  mamlakatdagi  investitsion  muhit, 
mahalliy  va  chet  ellik  investorlarning  investitsion  faolligi  o‘sishi  uchun 
sharoitlarning mavjudligi, bu o‘sishga ximat qiluvchi davlat miqyosidagi chora-
tadbirlar belgilanadi. 
Tarmoq  miqyosida  tahlil  vazifasi  milliy  iqtisodiyotning  ayrim  tarmoqlari 
va quyitarmoqlari investitsion faolligini baholash hisoblanadi. bunday baholash 
va  bashorat  natijalari  bo‘yicha  tarmoq  boshqaruv  organlari  va  investitsion 
faoliyat 
sub‘ektlari 
tomonidan 
investitsiyalarni 
qayta 
strukturalash, 
ivestitsiyalashni tarmoq bo‘yicha diversifikatsiyalash yo‘nalishlari belgilanadi. 
Mintaqaviy  (hududiy)  miqyosda  tahlil  vazifasi  hududlarning  investitsion 
imkoniyatlari  va  investitsion    jozibadorligini  baholash  va  bashorat  qilish 
hisoblanadi. Bunday baholash va bashorat natijalari bo‘yicha hududiy boshqaruv 
va  investitsion  faoliyat  sub‘ektlari  tomonidan  investitsiyalashni  mintaqaviy 
diversifikatsiyalash, hududlarda investitsiyalarni qayta strukturalash, investitsion 
faollikni o‘stirish, mintaqaga investitsiyalarni jalb etish yo‘nalishlarini belgilab 
beradi. 
Kompaniyalar,  firmalar,  korxonalar,  ularning  uyushmalari,  birlashmalari, 
guruhlari  miqyosida  investitsion  bozor  tahlilining  vazifasi  bu  bozordagi  o‘z 
holatini  baholash  va  bashorat  ilish  hisoblanadi.  qurilish-montaj  tashkilotlari  - 
qurilish xizmatlari  bozorida, institutsional  investorlar  -  investitsion  resurslar va 
fond  bozorida  va  hokazo.  Bunday  baholash  va  bashorat  natijalari  bo‘yicha 
ko‘rsatilgan  investitsion  faoliyat  sub‘ektlari  o‘z  investitsion  siyosat  va 
taktikasini  amalga  oshirish  strategiyasi  va  taktikasi,  o‘z  investitsion  loyiha  va 
dasturlarini amalga oshirish rejasiga o‘zgarishlar kiritadi. 
Investitsion  bozor  va  uning  kon‘yunkturasi  tahlili  quyidagicha  bo‘lishi 
lozim: 
  mazmuni va tarkibiy qismlarini baholash bo‘yicha komplekli va to’liq
Bu bozor holatini to‘liq va real baholash uchue zarur
  amalga  oshirish  vaqti  bo‘yicha  sistematik,  ya‘ni  vaqti-vaqti  bilan 
amalga oshirilishi lozim. Bu bozor kon‘yunkturasida ro‘y beruvchi o‘zgarishlar 
hamda  uning  holatini  belgilab  beruvchi  omillar  va  shartlar,  investorlar  va 
investitsion faoliyatning boshqa qatnashchilari tomonidan investitsion va boshqa 
xo‘jaoik qarorlarini qabul qilishda hiosbga olish zarurati bilan asoslanadi. 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish