4.Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda hisobga olinishi
lozim bo‟lgan vaqt omili ta‟sir ko‟rsatuvchi shartlar
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda hisobga olinishi lozim
bo‘lgan vaqt omili ta‘sir ko‘rsatuvchi shartlar qatoriga quyidagilarni kiritish
mumkin:
korxona
(investitsiyalash
ob‘ekti)
faoliyati
texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari dinamikligi, chiqarilayotgan mahsulot tuzilmasi va hajmi, vaqti,
xomashyoni sarflash me‘yori, xodimlar soni, ishlab chiqarish davrining uzunligi,
zaxiralar me‘yori o‘zgarishi va hokazolarda namoyon bo‘ladi;
asosiy fondlarning tabiiy eskirishi, ularning mahsuldorligi pasayishi va
umumiy hisob-kitob davri davomida ekspluatatsiya qilish va ta‘mirlash
xarajatlarining o‘sishini asoslab beradi (asosiy fondlarning real xizmat qilish
muddati amortizatsiya muddatlari bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin);
iste‘mol qilinayotgan resurslar va mahsulot ishlab chiqarish narxining
vaqt bo‘yicha o‘zgarishi;
83
bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari hajmining ularga, jumladan,
pudratchilarga bo‘nak puli berish bilan bog‘liq haq to‘lash hajmiga mos
kelmasligi;
xarajatlar,
natijalar
va
samaralarning
har
xilligi,
ya‘ni
ularni biron-bir qayd qilingan vaqtda emas, balki butun loyihani amalga oshirish
davrida bajarish;
iqtisodiy me‘yorlarning, masalan, soliq stavkalari, bojlar, aksizlar, eng
kam oylik ish haqi va hokazolarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi;
resurslarni iste‘mol qilish va haq to‘lash, mahsulot ishlab chiqarish va
sotish o‘rtasida vaqt bo‘yicha uzilishlar.
Mahsulotni saqlash yoki uning mavsumiy zaxiralarini yaratish muddati
uzoq bo‘lgan hollarda, pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishda yoki
savdo tashkilotlariga o‘tkazishda har qadamda to‘liq yoki qisman bundan
oldingi davrlarda tayyorlangan mahsulot sotiladi.
Sotilgan mahsulot tannarxi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxidan
shunisi bilan farq qiladiki, uni hisob-kitob qilishda bundan oldingi hisob-kitob
davrida to‘liq yoki qisman to‘langan xarajatlar hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishda joriy va bir marta to‘lanadigan xarajatlarning roli har
xil. Agar bir marta to‘lanadigan xarajatlar avvalboshdan mahsulot tannarxi va
mehnat sig‘imini pasaytirish, biron-bir foydali samara olish uchun sharoitlar
yaratishga mo‘ljallangan bo‘lsa, joriy xarajatlaresa bu xususiyatlarga ega emas,
ularni kamaytirish, tejash va shu asosda mahsulot chiqarish yoki foydani
oshirish mumkin. nafaqat vaqt bo‘yicha xilma-xil, balki xar xil yo‘naltirilgan
xarajatlarni taqqoslanuvchan ko‘rinishga keltirish mos keluvchi usullardan,
masalan, hisob-kitob yiliga diskontlash yoki o‘stirishdan foydalanishni talab
qiladi.
Ma‘lumki, investitsiyalarni rejalashtirish avvalo pul mablag‘laridan
kelajakda olinadigan tushumlar (daromad, foyda) tahlilini ifodalaydi. Ikki yoki
undan ortiq investitsion qarorlardan pul tushumlarini taqqoslash ularni bir xil
vaqt muddati bo‘yicha taqqoslash lozim. Masalan, agar ikkala investitsion qaror
100 mln. so‘m miqdorida daromad olishni ta‘minlasa va ulardan biri uch yil
davomida, boshqasi esa besh yil davomida o‘z hajmini saqlab qoladigan bo‘lsa,
uzoqroq faoliyat ko‘rsatuvchi ob‘ekt (aktiv) ko‘proq qiymatga ega bo‘lishi
yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi. Agar investitsiyalar faqat uch yil uchun
taqqoslansa, besh yillik variant noto‘g‘ri «jazolangan», investitsiya ob‘ektlari
esa taqqoslanmagan bo‘lardi.
Investitsiya loyihasining (ob‘ektning) xizmat qilish muddati alohida
ko‘rib chiqilishi zarur. U qanchalik uzoq amal qilsa, investitsiyalarni
rejalashtirish (bashorat qilish) jarayoni shunchalik ishonchli bo‘ladi. Korxona
ob‘ektining amal qilish muddatini baholashda avvalo uning bir qator sabablarga
ko‘ra eskirishi mumkinligi hisobga olinishi lozim. Masalan, texnologiyalar
rivojlanishi xuddi eskirgan texnikalar kabi ishlarni, biroq kamroq xarajatlar va
eng yaxshi sifat bilan bajaruvchi mashina va asbob-uskunalarning yangi turlarini
yaratishga olib kelishi mumkin. Shunday hollar ham bo‘ladiki, nisbatan uzoq
84
vaqt davomida arzonroq va foydalanish uchun samaraliroq mahsulotlar ham
paydo bo‘lishi mumkin.
Investitsiyalash ob‘ekti zaruriy foyda yaratadigan davr uning texnik va
texnologik mukammalligi, mehnat resurslari va mehnat predmetlari asosiy
kapitalining hayotiylik davri, uning mahsulotlari va faoliyatining doimiy
o‘zgarib turuvchi ichki va tashqi sharoitlarga moslashuviga bog‘liq bo‘ladi.
Ob‘ektning faoliyat ko‘rsatish davrini aniqlashda turli omillarni, jumladan, fan-
texnika taraqqiyoti sur‘ati, asosiy fondlarni ekspluatatsiya qilish davri, muqobil
investitsiyalar imkoniyati, raqobat holati va istiqbollari, talab davomiyligi va
hokazolar hisobga olinadi. investitsiya loyihasini ekspluatatsiya qilishdan kelib
tushuvchi pul tushmlarini jamg‘arish uning amal qilish muddati funksiyasi
ekanligini hisobga olib, bulardan keyingisi moliyaviy tahlil natijalari bo‘yicha
qaror qabul qilishga jiddiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |