O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

MASXARALAMAlar  esa  satirik  ruhdagi,  aniqrog‘i,  bolalarning  voqelikka 
sinfiy-ijtimoiy nuqtayi nazardan tanqidiy  munosabatlarini ifodalashi va ijro etilishi 
jihatidan  tegishmachoqlardan  farq  qiluvchi  badihalardir.  Tegishmachoqlar  ham, 
masxaralamalar  ham  shovqin  solib  aytilishlariga  ko‘ra  o‘zaro  o‘xshasalar-da, 
birinchisi  –  bevosita  obyektga  qaratilgan  bo‘lib,  ko‘pchilik  tomonidan  ijro  etilsa, 
ikkinchisi – ayni ijro jarayonida obyektga qaratilgan bo‘ladi. Masxaralamalar yakka 
holda – 
solo
da aytilaveradi, goho  
deklomatsiy
a qilinishi ham mumkin. 
Masxaralamalarda  bolalar  sinfiy  mavqelarini  ayonroq  ko‘ra  boshlashlari 
tufayli  sinfiy  dunyoqarashlarining  kurtak  ota  borishidan  tug‘ilgan  tanqidiy 
munosabatlarini  ifodalash  yetakchi  tamoyildir.  Dastlabki  bosqich  bo‘lganidan  bu 
jarayon  birmuncha  jo‘n  va  soddaroq kechadi.  Bolaning  ijtimoiy  hodisaga tanqidiy 
munosabatini  ifodalaovchi  sinfiy  nazari  oddiy  tashqi  belgilarni  ajratib  ta’kidlash 
shaklida  zuhur  topadi: 


35 
 
Yomg‘ir yog‘aloq, 
Echki sog‘aloq. 
Boylar bolasi – 
Qorni dumaloq. 
“Yomg‘ir  yog‘ishi”–  tabiatga  xos  hodisa,  jamiyatga  esa  suv  tekin  sanaladi. 
Boylar  bolasi”  mehnatkashlarni  “echkiday  sog‘ayotgan”  otalari  hisobidan 
qorinlarini dumalatib” yashayotgani 
sarkastik
 
parallelizm
da fosh qilingan. 
Masxaralamalar  hamma  zamonlarda  –  o‘tmishda  ham,  bugun  ham 
yaratilmoqda.  Qaysi  zamonda  yaratilganidan  qat’iy  nazar,  davrning  tarixiy  ruhiga 
muvofiq yovuzlar qiyofasini konkret an’anaviy ifodalarda fosh etadi. Bunda bolalar 
tasavvurining  konkretliligi,  yovuzlik  yoki  yovuzlarni  badbashara  qiyofada  aniq 
ko‘rishni taqozo etishi obrazlar tasviridagi an’anaviylikka mone’lik qilmagan.  Shu 
sababli bunday masxaralamalar poetik tavsifnomaga o‘xshaydi: 
Otam ketgan urushga, 
Dushmanni ko‘p qirishga. 
Boshi uzun, ko‘zi ko‘r 
Gitlerni o‘ldirishga. 
ALLA. “Alla” istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Kimdir 
uni  arabcha  “olloh”  so‘zining  fonetik  o‘zgarishga  uchragan  shakli  desa,  kimdir 
o‘zbekcha  “aldamoq”  so‘zidan  kelib  chiqqan,  shunga  ko‘ra  u  bolani  aldab-avrab 
uxlatish  ma’nosiga  ega  deya  izohlashga  urinadi.  Bu  izohlarning  soxtaligi  va 
haqiqatni  aks  ettirmasligi  o‘z-o‘zidan  ayonlashib  turibdi.  L.Z.Budagov 
chig‘atoychada  “allala”  boshning  orqasi,  ya’ni  “ensa”ni  anglatishini  qayd  etgan. 
Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda 
uxlanadi.  Chaqaloq  beshikka,  belanchakka  faqat  bosh  orqasi  –  allalasi  bilan 
chalqanchasiga  cho‘zilib  uxlaydi.  Bolaga  uyqu  chaqirishda  qo‘llanishi  shu 
vazifasidan  kelib  chiqqan.  Bunda  “allala”shakli  “alla,  alla-yo,  alla-yo  alla” 
tarzidagi  ko‘rinishlar  bilan  to‘lishib,  uyquga  chorlovchilik  mohiyatini  kasb  etgan. 
Chaqaloq  yoshini  to‘ldira  borishi  jarayonida  bu  so‘zdagi  tovushlarni  idrok  etishi 
tufayli uyqusi kelganda o‘zining ham  “alla” so‘zi lug‘aviy jihatdan “bosh orqasi” 
va  “uxlamoq”  ma’nolarini  anglatsa,  istilohiy  ma’nosiga  ko‘ra  uyqu  chaqirmoq, 
uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan silsilaviy qo‘shiq turini anglatadi. Abu Ali ibn 
Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday e’tirof etgan: “... 
bolaning  mijozini  kuchaytirmoq  uchun  unga  ikki  narsani  qo‘llamoq  kerak:  Biri, 
bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo‘lib qolgan 
musiqa  va  allalashdir.  Shu  ikkisini  qabul  qilish  miqdoriga  qarab  bolaning  tanasi 
bilan  badantarbiyaga  va  ruhi  bilan  musiqaga  bo‘lgan  iste’dodi  hosil  qilinadi”.  Bu 
mulohazadan to‘rt narsa ayonlashadi: birinchisi, allaning bundan ming yil ilgari  – 
Ibn  Sino  zamonida  ham  mavjudligi  bo‘lib,  janrning 
geneti
k  asosiga  nazar  solish 
imkonini  beradi.  Ikkinchisi,  allaning  ijrosi  –  sekin-asta  tebratishga  omixta  holda 
kechishi,  uchinchisi  esa,  bolani  uxlatishgagina  xizmat  qilishi  va  nihoyat 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish