36
Alla, odatda, bolaning emizikli davrida – to 3 yoshini to‘ldirgunigacha aytiladi.
Bolalarning shu yoshi bilan bog‘lanishi qat’iy bo‘lib, beshik qo‘shig‘i sifatida
tavsiflanishiga yo‘l ochgan. Allani ona suti bilan bog‘lab “sutda qorilgan va mehrga
yo‘g‘rilgan qo‘shiq” tarzida muqaddaslashtirish sababi shunda
Alla faqat kuylanadi. Uni shunchaki aytish, yo deklomatsiya qilish mumkin
emas. Monoton ohang o‘zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir. Odatda, alla
kuyi bilangina bolaga orom bag‘ishlaydi, uni elitadi. Bola uchun uning so‘zi emas,
balki kuyi muhim. Chunki u hali so‘zni anglamaydi. Alladagi so‘zlar ona uchun
muhim: ular ona qalbining nidolari. Allaning bir maromdagi tebranishga mos
mayin ohangi bola ma’naviy ehtiyojining dastlabki qondirgichi sifatida xizmat eta
boshlaydi. Zero, tadqiqot va kuzatishlarning tasdiqlashicha, chaqaloq tug‘ilgach,
uchinchi kundan e’tiboran kuy va ovozni idrok eta boshlaydi. Birinchi
oydaligidayoq musiqiy idrokni – ritm va ohangni idrok eta olishini namoyon qila
boshlaydi.
Binobarin,
so‘z, ohang va harakat birligi, aniqrog‘i, shu uzvlarning o‘zaro
mantiqiy aloqadorligi tufayli allalarning kompozitsion butunligi yuzaga keladi.
Allalarda to‘rtlik band tuzilishi yetakchi bo‘lsa-da, uchlik, beshlik, oltilik,
ettilik va sakkizlik tarzida bir butun tugallangan allalar ham, shuningdek, shu
xildagi band asosida to‘qilgan namunalar ham ancha. Jumladan, Qashqadaryo,
Surxondaryo vohalaridagi allalarning aksariyati, asosan, to‘rtlik, beshlik va
sakkizlik shaklida bo‘lsa, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Toshkent va Farg‘ona
vodiysida hajman bir necha to‘rtlik, yo beshlikdan iborat voqeaband, yo lirik allalar
salmog‘i baland. Bunday
strofik
xilma-xillik onalarning alla kuylayotgan
vaziyatdagi kayfiyatining natijasi bo‘lib, allada kuylanishi kutilgan g‘oyaviy
niyatning salmog‘iga, ko‘tarinkiligiga, yo‘nalishiga bog‘liq. O‘zbek allalarida
shunday bir ichki mantiq borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang va mazmun
birligini ta’minlab turadi.
Onalar o‘zlari xush yoki noxushliklaridan qat’iy nazar farzandlariga hamisha
mehribonlik bilan kuylaydilar: farzandlarini erkalata turib uyqu chaqirganlarida eng
nafis ranglarni tanlashga, shu ranglarni g‘oyat nazokat bilan ishlatishga e’tibor
beradilar. Bolalari tabiatini toblantirishda doimo tiniqlik va quvnoqlikka aloqador
tuyg‘ularni teran ifodalashga xizmat qiluvchi poetik obrazlarga, sifatlash va
o‘xshatishlarga murojaat qiladilar, shu maqsadda
qo‘zichoq, qo‘chqor, olqor,
Do'stlaringiz bilan baham: