O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

ERKALAMA  VA  OVUTMACHOQlar  ham  suyish  qo‘shiqlarining bir-biridan 
farq 
qiluvchi 
mustaqil 
janrlari 
sanaladi. 
Ovutmachoqlar 
kichkintoylar 
g‘ashlanganda,  chinqirib  yig‘laganda,  ehtiyojga  aylanish  oqibatida  yuzaga  kelsa, 
erkalamalar  uchun  esa,  kayfiyatning  ko‘tarinkiligi  muhimdir.  Erkalamalar  mehr 
xuruji  jarayonida  yuzaga  keluvchi  badihalardir.  Ovutmachoqlar  vaziyat  taqozosi 
tufayli ehtiyojga aylansa, erkalamalar kayfiyat  taqozosi tufayli yuzaga chiqadi. 
ERKALAMALAR  xalqning  o‘z  farzandlariga  beqiyos  mehr  tovlanishlarini 
aks ettiradi: 
O, shugina, shuginagina, 
Munchagina  tunchagina. 
Shunchagina-kunchagina. 
Yashnab turgan g‘unchagina. 
Mehr  xuruji  ona  qalbini  tug‘yonga  keltirganidan  u  shu  so‘zlar  tizimi  ritmida 
arzandasini  ardoqlash, erkalash  ohangini chuqur tuygan. Erkalamalarda  “-gina”, “-
ginagina”  qo‘shimchalari  faol,  ularda  kichraytirishdan  ko‘ra  erkalash  ma’nosi 
bo‘rtibroq tovlanadi. 
Erkalamalarning  “Ha,  lo‘tti-lo‘tti”,  “Ha,  do‘rsa-do‘rsa”,  “Ha,  kishta-kishta-
kishta”,  “Kishtala-kishtal”  singari  taqlidiy  va  so‘qma  so‘zlar  tizimidan  iborat 
an’anaviy qolipga aylangan satrlar bilan boshlanuvchi qator turkumlari borki, faqat 
2-3 yashar bolalarga mo‘ljallangan. Buning sababi – shu yoshdagi bolalar vaznining 
yengilligi, ularni havolata-havolata ko‘tarib tushirish o‘ngg‘ayligidir. Erkalama ham 
xuddi shu harakat ravishiga mutanosib ohangda shovqin solingan holda aytiladi: 


32 
 
Ha, do‘rsa-do‘rsa-do‘rsa. 
Bozorga otasi  borsa, 
Go‘shtu birinch ketirsa, 
Onasi pazanda bo‘lsa. 
Bolasi xo‘randa bo‘lsa. 
Erkalamalarda  kichkintoylar  kelajagiga  daxldor  orzularni  kuylash-yetakchi 
motivdir.    Ular,  asosan,  yetti  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarga  aytilsa-da,  aslida 
bolalarni  faol  erkalash  jarayoni  11-13-yoshga  to‘lganlaridagina  va  hatto  undan 
keyin  ham  davom  etishi  mumkin.  Biroq  bu  davrda  erkalash  poetik  shaklda 
kechmay, maqtash,  xatti-harakatni ma’qullash va minnatdorchilik  izhoridan iborat 
obrazli  iboralar  (“Yasha!”,  “Balli!”,  “Ofarin!”,  “Rahmat”,  “Barakalla!”,  “Baraka 
top!”  va  hokazo)  va  olqishlar  vositasida  amalga  oshadi.  Erkalamalar  bolalarda  
samimiylik  tuyg‘usini  tarbiyalaydi. 
OVUTMACHOQLAR  esa  bolani  tinchlantirish  ehtiyojini  qondiruvchi 
badihalardir: 
Vo‘y-vo‘y, shuginani kim urdi? 
Vo‘y-vo‘y, shuginaga kim lab burdi? 
Yig‘lama, oppoqqinam, 
Boshimdagi qalpoqqinam! 
Ko‘rinayotirki,  chaqaloqning  yig‘isi  onada  uni  tinchlantirish  assotsiatsiyasini 
uyg‘otgan.  Ona  shu  zaruriyatga  ko‘ra  so‘zga  murojaat  qilayotir.  U  so‘zbozlik 
qilayotgani yo‘q, balki so‘zni tashkil etgan tovushlar garmoniyasida tinchlantiruvchi 
ohangga urg‘u berib, orom beruvchi, ovutuvchi ma’noni anglatishga, his etishga va 
tuydirishga erishayotir. Bunda bolani bag‘riga bosib, beshik yo belanchakda tebrata 
turib,  unga  termulgan  holda  lablarni  cho‘chchaytirib  yoxud  bolaning  yupqagina 
lablarini  qitiqlab,  ovutuvchi  ma’noning  omuxtalashtirilishiga  alohida  ahamiyat 
berilishini  ham  unutmaslik  darkor.  Shundagina  so‘zlarda  ham,  tovushlarda  ham 
ohang, ma’no va harakatning o‘zaro muvofiqligi ovutmachoqning ritmik mehvariga 
aylana  oladi.  Buni  his-hayajonni  ifodalovchi  so‘zlarning    juftlashgan  takrori 
bo‘rttirib ifodalagan: 
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega yig‘laysan? 
Ho‘-ba, ho‘-ba, nega big‘laysan? 
Ho‘-ba, ho‘-ba, big‘-big‘lama 
Ho‘-ba, ho‘-ba, san  yig‘lama. 
Ho‘-ba, ho‘-ba .. jo..o..on, jo..o..on, 
Sadqa senga shirin jo..o..on. 
“Ho‘-ba, ho‘-ba” taqlidiy so‘zidan tarkib topgan 
anafora 
mayin va cho‘zinchoq 
ohangda  aytiladi.  Tovushlar  alliteratsiyasi  asosida  ohangdoshlik  kasb  etgan 
qofiyalar  anaforadagi  mayin  va  cho‘zinchoq  ohangni  to‘ldirib,  izchil 
tarovatlanishini  ta’minlagan.  Natijada  boladagi  injiqlikni  elita  oladigan  jozibali 
ovituvchi ohang yuzaga kelgan. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish