O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

yalinchoq va hukmlagich  janrlari bolalar repertuarida hamon faol yashamoqda. 
III.  Bolalarning o‘z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo‘lgan qo‘shiqlar 
va o‘yinlar – o‘zbek bolalar folklorining asosini tashkil etadi.  
Bolalar  folklorining  janriy  tasnifi.  So‘z  va  harakatning  nisbatiga  ko‘ra 
bularni ikki katta guruhga  bo‘lish mumkin: 
1.Bolalarning  maishiy  qoshiqlari. 
2. Bolalarning  oyin  folklori. 
AYTIM-OLQISHLAR  erkalovchi  motivdagi  rasm-rusum  qo‘shiqlari  bo‘lib, 
asosan,  bolalarning  beshik  davriga  oid  turli-tuman  marosimlarda  ijro  etiladi: 
chaqaloq  besh  va  to‘qqiz  kunga  to‘lganda,  ilk  bor  cho‘miltirilganda,  beshikka  ilk 
bor  va  har  gal  bog‘langanda,  yana  qayta  ochib  olinganda,  ilk  bor  tish  yoriganida, 
birinchi marta mustaqil o‘tirganida, ilk bor oyog‘ida tikka turganida, birinchi marta 
odimlaganida,  “toy-toy”laganida,  har  gal  yangi  kiyim  kiygizganda,  ilk  bor  ovqat 
yeganida,  qizaloq  sochini  ilk  bor  yuvganda-taraganda,  o‘g‘il  bola  sochi  ilk  bor 
olinganda,  chaqaloq  tirnog‘i  ilk  bor  qirqilganda,  bolalar  sha’niga  har  gal  isiriq 
tutatilganda, xullas, urfiyatga aylangan va e’tiqod bilan amal qilinadigan shu xildagi 
rasm-rusumlarning  har  biri  mazmuniga  yarasha  aytim-olqishlar  mavjud.  Aytaylik, 
chaqaloq  7-9  oyligida  ilk  bor  qadam  tashlab  mustaqil  yurishga  intila  boshlaydi. 
Shunda  uning  qadami  qutlug‘  va  ravon  bo‘lishi  uchun  oyog‘i  chigilini  echish 
rusumini  bajarish  an’anaga  aylangan.  Dastavval,  bolakayning  oyoqlariga  ipak 
chilvir  solib  tushovlaganlar,  so‘ngra  u  yuraboshlaganda  boshidabir  juft  kulcha 
ushatila turib, orqa tarafidan bola oyog‘idagi chilvirni qaychilab kesa turib: 


31 
 
Adoq-adoq yurisin

Tikan shunga kirmasin. 
Ko‘zi qattiq bandalar, 
Ko‘zi shunga tegmasin,- 
deya  alqaganlar.  Ehtiyot  chorasi  sifatida  darhol  is  chiqarilib,  isiriq  tutatilgan. 
Kulchalar  marosim  ishtirokchilariga  taqsimlab  berilgan.  Odatda  bu  marosim 
haftaning xosiyatli kunlari sanalgan chorshanba,  yo juma kunlarida nishonlangan. 
Bunday  marosimlarning  ma’lum  qismi  ijtimoiy  taraqqiyot  tufayli  endilikda 
so‘nishga  yuz  tutgan  bo‘lsa-da,  ma’lum  qismi  xalq  an’analarining  poetik  uzvi 
sifatida hamon yashamoqda. Aytaylik, bolalarning yangi kiyim kiyishiga oid aytim-
olqishlar  yangi  ijtimoiy  munosabatlar  ta’sirida  transformatsiyaga  uchrab,  tug‘ilgan 
kunni nishonlash jarayonida bolaga yangi kiyim kiydirish qutloviga aylangan: 
San bir yillik, 
Man ming yillik. 
Kiya-kiya to‘zdiraylik, 
Dugonalarimdan o‘zdiraylik. 
Bu xildagi  aytim-olqishlarning ijrosidagi o‘ziga xoslik shundaki, ularni avval 
bolaga  kiyim  kiydiruvchining  o‘zi  aytadi,  so‘ngra  kiyim  kiyayotgan  boladan  uni 
takrorlash talab qilinadi. Bola shu talabni ado etadi, xolos. 
Aytim-olqishlar  xalqimizda  bolaparvarlik  tuyg‘usining  e’tiqod  darajasiga 
ko‘tarilganligini ko‘rsatuvchi marosimiy qo‘shiqlardir. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish