O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/190
Sana16.07.2021
Hajmi7,84 Mb.
#120887
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   190
Bog'liq
bolalar adabiyoti

        “Boychechak”  –  bolalar  kuylaydigan  mavsumiy  va  marosim  qo‘shig‘i. 
Boychechak  qadimda  Navro‘z  elchisi  sifatida  bolalar  quvonchiga  sabab  bo‘lgan. 
Undan  guldastalar  yasashgan  bolakaylar  hovlima-hovli  yurib,  qo‘shiq  kuylab, 
boychechak  ulashib,  bahor  xabarini  berib,  suyunchi  olishgan.  Uning  xush 
kayfiyatda  kuylanishi,  “Qattiq  yerdan  qatalab  chiqqan  boychechak,  Yumshoq 
yerdan  yumalab  chiqqan  boychechak”    naqarotining  mazmun  mohiyati  katta-yu 
kichikka  birdek  tushunarli.  Biroq  qo‘shiqni  yod  olgan,  zavqqa  to‘lib  kuylagan 
kichkintoylar  uning  mazmunini  teran    anglaganlaridagina  xalq  madaniy  tarixi, 
milliy  qadriyatlarimizdan  voqif  bo‘ladilar.    Qo‘shiqning  birinchi  bandi  shunday 
boshlanadi: 
Boychechagim boylandi, 
Qozon to‘la ayrondir. 
 
Ayroningdan bermasang, 
Qozon-tovog‘ing vayrondir. 
Qo‘shiqda qadimgi ajdodlarimizning ilk bahor kunlaridagi “qozon to`ldi” marosimi 
va bahor kelganiga ishora qilinayotir. Negaki, boychechak bahor elchisi ekan, endi 
yaylovda o‘t-o‘lanlar ko‘karadi, sigir-echkilar suti ko‘payadi, issiq boshlanishi bilan 
                                                 
9
Quronov D.va boshq. Adabiyotshunoslik lug`ati. Toshkent, “Akademnashr”, 2010.–B.384  


39 
 
hamma ayronxo‘rlikka o‘tadi. Kishilarning qozon to‘ldirib ayron tayyorlashi va bir-
birlariga  ulashishi  xayrli  udumlardan  sanalib,  xalqda  uni  bir-biridan  qizg‘anganda  
ro‘zg‘orga putur yetishi mumkinligi 
inonchini 
paydo qilgan.  
Boychechak haqidagi qo‘shiqlarning 
genezis
i juda qadimiy davrlar bilan bog‘liqligi 
qo‘shiqning keyingi bandida ko‘rinadi: 
Boychechakni tutdilar, 
Tut yog`ochga osdilar, 
Qilich bilan chopdilar, 
Baxmal bilan yopdilar. 
      Bu  tarixan  hosildorlik  kulti  bilan  bog‘liqligini  zamondosh  o‘quvchiga 
tushuntirish  lozim.  Folklorshunos  olimlar    e’tiroficha,  o‘simliklar  kultining  paydo 
bo‘lishi  ibtidoiy  madaniyat  davri  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  qadim  inonchlardan  biridir. 
“Arxaik dunyoqarashda, – deb yozadi A.Musaqulov,– butun tabiat kabi o‘simliklar 
ham  jonli  va  ongli,  deb  tushunilgan  va  ko‘pgina  xalqlar  o‘zlarining  ilk  ajdodlarini 
o‘simliklar totemi bilan bog‘lashgan”
10

    Boychechak  –  badavlat,  muqaddas,  ilohiy  gul  degan  ma’nolarga  ham  ega.  
Olimlar  ta’kidicha,  qo‘shiqlarda  boychechak  to‘ng‘ich  go‘zal  qizga  o‘xshatiladi.  
Yuqoridagi  misralar  ham  shu  ma’noda  juda  qadim  davrlarda  ko‘klamgi 
marosimlarda qizlarni qurbonlik qilish marosimidan nishona ekani e’tirof etilgan.  
Qo‘shiqdagi:          
Boychechakni tutdilar, 
Tut yog‘ochga osdilar.   
Qilich bilan chopdilar, 
Baxmal bilan yopdilar. 
misralari shunday talqinga asos bo‘lgan. Zotan unda ta’riflangan boychechak – erta 
bahorda ochilgan gul ekanligi bilan birga tarixiy hodisalarning umumlashma obrazi 
hamdir. Qo‘shiq tugagach, boychechakxonlarga sovg‘a-salomlar berishgan. Bolalar 
bularni  o‘zaro  bo‘lishib  olgan,  hammalari  birgalikda  mehmonnavozlik  qilishib, 
xalqimizning mehmondorchilik an’analarini o‘zlashtirishgan. Shu ma’noda:                  
Boychechagim boylandi, 
Ko‘chama-ko‘cha aylandi. 
Boychechagim ko`k somsa, 
Cho‘ntaklarga joylandi,– 
misralari orqali bolalarning ilk boychechakni olib, hovlima-hovli suyunchi so‘rashi, 
keksalar uni yuzlariga sutib, “omonlik-omonlik”,– deya yeguliklar, pullar berishlari, 
ko‘k somsalar pishirishlari poetik ifodalangan. 
      Bolalarning qo‘shiqqa bo‘lgan kuchli moyilligi  ular faoliyatining asosini tashkil 
etuvchi  o‘yinlarda  ham  namoyon  bo‘ladi.  Ular  bir-birlarini  o‘yinga  qo‘shiq  aytib 
chaqirish asosida 
chorlama
lar, o‘yinda ishtirok etadigan bolalar tarkibini aniqlashda 
cheklashmachoq
lar,  navbat  aniqlashda 
sanamalar
,  shuningdek,  o‘yin  nihoyasida 
                                                 
10
Musaqulov  A. O‘zbek xalq lirikasi. T., “Fan”,  2010. –B.207.   
 


40 
 
tarqalmachoqlar 
kuylashgan. Bularning har biri bolalar folklorining mustaqil poetik 
janrlari hisoblanadi.  
Albatta,  davrlar,  avlodlar  yangilanishi  bilan  bunday  o‘yin-  qo‘shiqlar  ham 
o‘zgarib,  yangicha    mazmun-mohiyat  kasb  etishi  tayin.  Xususan,  turli    sport 
o‘yinlari,  anjomlari  va  mashg‘ulotlari  keng  miqyosda  ommalashib  bormoqda. 
Shunday  bo‘lsa-da,  xalq  ijodining  ko`pgina  namunalari  bolalar  ma’naviy  olamini 
boyitishda  hamon  hissa  qo‘shib  kelmoqda.  Bolalar  repertuarida  ibtidoiy 
ajdodlarimizning  qadimgi  animistik  va  totemistik  aqidalari  asosida  shakllanib, 
endilikda  o‘sha  mohiyatini  yo‘qotgan  yalinchoqlar  va  hukmlagichlar  hamon 
yashamoqda. 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish