www.ziyouz.com kutubxonasi
233
— Deyarli hech qachon. Xo‘sh, o‘qishim kerakmi?
— Har doim, har kuni siyosiy bo‘lim berib boriladi. — Endi Berkxardt xiyol bemalol nafas olardi. —
Sen yangisan, Vudi, shuning uchun o‘zingni oqlash imkoniyatiga egasan. Ammo sen shuni bilishing
kerakki, “Byulleten” har doim maxfiy axborotni boshqa ro‘znomalardan bir kun oldin beradi. Shu
esingda bo‘lsin.
Palmer bosh irg‘adi va Berkxardt ko‘rsatgan maqolani o‘qiy boshladi.
Berkxardt o‘rnidan turdi, paltosini stulga tashladi va deraza oldiga bordi.
— Qandaydir ig‘vo ketayapti, — g‘udrandi u. — Bunday maqola behuda yuzaga kelmagan va uni
kimdir ataylab yozgan. Bernsni ishga sol. Buning zamirida nima yotganini aniqlasin.
Palmer telefonga uzandi.
— Menga Mak Bernsni topib bering, — dedi u va go‘shakni oldi. So‘ng Berkxardtga yuzlandi: —
YuBTK aktsiyalari kecha naq bir band ko‘tarildi.
— Bu hech nima emas.
— Dou-Jonsning o‘rtacha sanoat indeksi uch banddan ham pastroq tushib ketdi. Lekin odatdagi
YuBTKga o‘xshagan ancha faol bank aktsiyalari ko‘tarildi.
— Mutlaqo ahamiyati yo‘q buning.
— Jet-Tex bilan qo‘shma yig‘ilishimizdan so‘ng Lumis haqida biron narsa eshitdingizmi? — so‘radi
Palmer.
— Yo‘q. Eshitishim kerakmidi?
— Men zayomlar haqida u yangi, ancha oqilona talab qo‘yadi deb xayol qilgandim.
— U talab qo‘ymadi. Men ham undan bu narsani kutmagandim.
— Men kutgan bo‘lardim, — dedi Palmer, — bashartiki, u sizni burchakka qisib qo‘ya olmaganini
his qilganida, albatta. Biroq modomiki talab bo‘lmagan ekan, men faqat tusmol qilishim mumkin
ediki.... — Telefon jiringladi, — nazorat paketini u qariyb cho‘ntagimda deb hisoblayapti.
— Go‘shakni ol.
— Allo.
— Vuds, azizim. Wie geht’s1 ?
— Bugun tonggi “Byulleten”dagi maqola.
— Ha-a? — Bugun Bernsning ovozi haddan tashqari xotirjam va dadil jaranglayotgandi.
— Bunga qanday baho berasan?
— Menmi? Senga nima ham derdim, bo‘tam? Duch kelgan go‘ngni titaverishim kerakmi? Mening
shunday qilishimni istaysanmi sen?
Simning narigi uchida jimlik cho‘kdi. So‘ng:
— Sen menga bir gap aytmoqchimisan, Vudi? — so‘radi Berns ifodasiz ohangda.
— Bu yerda nimagadir ishora qilinayotgandek tuyulmayaptimi senga?
— So‘nggi oqshomda o‘zingdan olgan narsalar, vassalom. Agar sening menga aytadigan gaping
bo‘lsa, nega shartta oldimga kelib, aytib qo‘ya qolmaysan?
Palmer kuldi:
— Yaxshisi men buni senga siyosatdon sifatida in’om qilaman. Mak, sen haddan tashqari sezgir
bo‘lib ketayapsan. Hech qanaqa ishora-pishora yo‘q.
— Tushki tanaffusda nima qilasan, Vudi?
— Bugun ko‘rishuvimiz bor.
Palmer o‘ylanib qoldi. Uchrashmoqchi bo‘lsa, Bernsning har doim ikkala oyog‘ini bir etikka tiqib
oladigan odati bor edi, ammo hech qachon bugungiday bo‘lmagandi.
— Soat sakkizlarda senga qaerga qo‘ng‘iroq qilay? — so‘radi Palmer.
— Uyga. Ammo to‘qqizda men Olbaniga ketaman.
— Yaxshi, — javob berdi Palmer, — men senga qo‘ng‘iroq qilib, qaerda uchrashajagimizni
aytaman.
— Jinnimni chiqarib yubording, — dedi Berns zo‘raki hayajonli kesatiq bilan. — Bo‘pti, bo‘taginam,
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |