Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/297
Sana16.07.2021
Hajmi0,96 Mb.
#120624
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   297
Bog'liq
Bankir roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
230
qoladi. Xatoni tuzatish g‘oyat qimmatga  tushadi. Menimcha, bunday oqilona ehtiyotkorlik omonat 
banklari muammosini hal qilishda bizning qarorimizda qo‘llanmog‘i shart. — Palmer jim bo‘lib qoldi. — 
Xo‘sh, endi kimda savollar bor? 
Stolning to‘rida o‘tirgan ozg‘in yuzli kishi qo‘lini ko‘tardi va Palmer uning ismini bilib olguncha 
gapini boshlab yubordi. 
— Mister Palmer, — dedi u baland, xirildoq ovozda. — Donolik va ehtiyotkorlik — yaxshi narsa. 
Ammo bo‘limlardagi mana bu bill, yoki oti nimaydi, o‘sha Olbanida mana besh yo olti yildan beri 
muhokama qilib kelinyapti. Bizlar haddan tashqari farosatli va ehtiyotkor bo‘lib qolmadikmikan, nima 
deysiz? 
Tinglovchilar kulib yuborishdi. Ularni kuldirgan tagdor savol emas, angladi Palmer, balki savolning 
unga qarshi qaratilgani edi.  
— Agar siz iqtisodiyotimizni barbod etishni maqsad qilib qo‘ygan va bilib turib uni yerga kirgizib 
yuborishga qasd qilgan bo‘lsangiz, buning uchun sizga yillar kerak bo‘ladi. Ammo hammasi birdaniga, 
bir  tundayoq qulab tushishi mumkin. Biz siz bilan turkumlar, jadvallar bilan fikrlashga o‘rganib 
qolganmiz, bunda egri chiziqlar goh yuqoriga, goh pastga egilib chiqib-tushib turadi. Lekin aslida 
hamma narsa unday sodir bo‘lmayotgan bo‘ladi. Iqtisodiyotning mustahkamligi ayolning himmatiga 
o‘xshaydi. U ko‘p yillar davomida mukammalday bo‘lib ko‘rinishi mumkin. To‘satdan birgina so‘z uning 
boshiga yetadi. 
Sukunat cho‘kdi. Ularning hushini joyiga keltirib qo‘yganini Palmer tushundi. U tafsilotlarga bu 
qadar chuqur berilmoqchi emas edi, ammo endi ko‘rdiki, to‘g‘ri qilibdi. U hatto baridan ham 
batafsilroq qilib tushuntirishi mumkinligini o‘yladi. Ularning yuzlaridagi o‘ychan, bir qadar xo‘mraygan 
ifoda, agar ularga o‘zining aynan mana shunday toifaga mansubligini aytgudek bo‘lsa, ishonchsiz 
ifodaga osongina aylanar edi.  
— Bu bilan siz bizga, — dedi hozir bo‘lganlardan biri savol tariqasida, — iqtisodiyotda tejamkorlikka 
o‘rin yo‘q, deb aytmoqchimisiz? 
— Yo‘q, ser, mutlaqo unday emas. — Palmer chuqur uh tortdi. — Bordi-yu, sizlarga shunday 
ma’lumotlar kelgudek bo‘lsa, ular xalqdan chiqqan bo‘ladi, mendan emas. Statistikani bir tekshirib 
ko‘ring-a. Ish haqining har  yili oshib borishiga qaramay, jamg‘armalarning o‘rtacha darajasi hozir 15 
yil oldingisidan ko‘p emas. Aslida u hatto qisqara boshlagan. 
— Bular hammasi to‘g‘ri. Lekin ish haqi bilan barobarida hayot qiymati o‘sayapti-ku, — yon 
bermasdi savol beruvchi. 
— To‘g‘ri, — unga qo‘shildi Palmer, — oylikka yashovchi o‘rtacha odamni aynan mana shu narsa 
gangitib qo‘ygan. U erta-indin emas, aynan nima uchun bugun pul sarflashi sabablaridan bittasi 
shudir. Bu odam bugun saqlab qo‘yilgan dollari besh yildan keyin, masalan, mashina sotib olish uchun 
yetarli pul jamg‘arganida oldingi xarid qobiliyatini yo‘qotgan  bo‘ladi. 
To‘satdan oraga cho‘mgan sukunat Palmerga ularning ko‘ngliga yana bir bor g‘ulg‘ula solganidan 
darak berdi. Endi gapning po‘stkallasi, deb o‘yladi u, ayni holda biron chora ko‘rishda o‘zlarini nochor 
sezmasliklari uchun ularni tushkunlikka tushirmaslik kerak. 
— Nazarimda, — tilga kirdi Palmerdan bir nechta stul narida o‘tirgan jikkakkina ozg‘in kishi, — siz 
maoshga yashovchi o‘rtacha odamning sog‘lom fikriga baribir umidizlik bilan qarayapsiz. Bilasiz, agar 
unga yomon muomalada bo‘lishsa, u xaridorlarni isyonga boshlaydi. U shu qadar kaltafahm bo‘lmasa  
kerak. 
— To‘g‘ri, — javob berdi Palmer. — U kaltafahm emas. Ammo bundoq chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, 
xaridorlar isyoni nima degani? Bu xarid qilishdan keskin bosh tortish degani. Iste’molchi aytadi: “To 
narxlar pastlashmaguncha sabr qilaman”. Bu orada... Nima bo‘ladi? Balki u mollarsiz ishini o‘nglab 
olar? Har doimgiday uning ro‘parasida uchta muammo ko‘ndalang turadi — ovqat, boshpana va 
kiyim-kechak. Iste’molchi uzluksiz isyon ko‘tarolmaydi-ku, to‘g‘rimi? U aqlli odam, avvalo u qanday 
kayfiyatda bo‘lmasin, uning oldida shundan boshqa yo‘l yo‘q. 
Yangi savollar kutib, Palmer tek turardi. U tinglovchilar kayfiyatida qandaydir o‘zgarishni his qildi, 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish