www.ziyouz.com kutubxonasi
222
— Bir xaridorim qachonlardir barmoqlarimdan olov chiqargan edi.
— Virjiniya, — xitob qildi Palmer uning qo‘lini siqib. — Eshit. Hozirgina men uchun dahshatli
muammolar tug‘dirasan deb aytding. Erga tegish haqidagi rejalaringni hisobga olmaganda ham
hayotingni murakkablashtirayotganimni bilib turibman. Senikini ham, o‘zimnikini ham.
Ayol dangaliga ko‘chib qo‘ya qoldi.
— Men behuda gap boshladim. O’zingga achinishdan kuchli tuyg‘u yo‘q. Unga bo‘ysunganim uchun
o‘zim aybdorman. Endi bo‘lsa, — u Palmerning qo‘liga bir urdi, — kel, jismoniy munosabatlar
darajasiga tushamiz. Maylimi?
— Boshqa hamma narsalar havoda muallaq qolaveradimi?
— Xuddi shunday. Nega biz dunyoda yagona paysalga soluvchilardan bo‘lishimiz kerak? Bu baxtsiz
buyum u yoqda osilib yotaversin.
— Navbatdagi xurujing boshlangunchami?
— To‘g‘ri aytasan. — U viskini simirdi. — Mashinang bormi?
— Shaxsiymi? Yo‘q.
— Meniki ham. Hozir qiladigan asosiy ishimiz — mashinaga o‘tirib, uzoq-uzoqlarga ketish.
— “Qayg‘ularingni unut, baxtli bo‘lasan”.
— Qo‘shiq uchun ajoyib she’r.
— “Kayfiyating yomon bo‘lsa, boshingni ko‘tarib qichqir: “Keladi ajoyib bir kun!” — tamomladi
Palmer.
— Iste’doding borligiga shubha qilmagan edim.
— Bunisi hali nima bo‘pti? — dedi Palmer o‘rnidan turib. — Mana hozir senga iste’dodimni
ko‘rsataman. — Qora paltosini ilmoqdan olib, unga uzatdi. — Gertsning kartochkasidan boshqa
narsam bo‘lmagani holda mashina yollayman.
Qirq oltinchi bob
Nyu-Inglendning keng avtomobil yo‘lida to‘q qizil “korvet” hech qanday qoidani pisand qilmay,
soatiga 90 mil tezlikda uchib borardi. Ko‘z ochib-yumguncha ular Stamfordga yetib bordilar va o‘zlari
ham sezmagan holda yo‘ldan burilib, bir necha daqiqadan keyin mehmonxona motelga o‘xshagan
joyga kelib to‘xtadilar. Bir-biriga jipslashtirib qo‘yilgan ulkan ikki karavot ustida tun yarmigacha qolib
ketishdi. Virjiniya Nyu-Yorkka Merrit Parkuey orqali qaytamiz, deb turib olgani uchun hozir ancha eski
yo‘ldan kelmoqda edilar. Svetaforlar, tor va tezlikni cheklovchi boshqa belgilar ko‘pligi uchun qaytish
vaqti cho‘zilib ketdi.
— Senga sport mashinalarini yoqtirmayman, deganim yo‘q edi-ku, — luqma tashladi Virjiniya.
Palmer spidometr nayzasiga qaradi va u 70 atrofida tebranib turganini ko‘rdi1 . U akseleratorni
tushirdi.
— Nima uchun?
— Sport mashinasini haydovchi erkaklar ayollar bilan mutlaqo qiziqmaydilar.
— Dalillar bormi?
— U yonida o‘tirgan qizdan ko‘ra mashinani ko‘proq yaxshi ko‘rib qoladi...
— Jim bo‘l, spidometrga qara, yana 70 ni ko‘rsatyapti. Jiddiy gapiryapman. Tinch o‘tir...
Palmer ko‘prikdan o‘tish uchun yana pul to‘ladi va Ist River yo‘li bo‘ylab ketdi.
— Seni uyingga eltib qo‘yib, keyin mashinani topshirsam bo‘ladimi yoki aksinchami?
— Aksincha. Men yana bir necha daqiqa aylanmoqchiman. — U sigareta tutatdi. — Ko‘ryapsanmi,
sevgi odamni ne ko‘ylarga soladi? Sen aftingni burishtirayapsan. Bu so‘zdan afting burishib ketdi.
Sevgi. Xudoyim-ey. Biron falokatga uchrayman, shekilli, — U sigaretni o‘chirib. — Men darg‘azabman,
parishonman va butunlay majaqlab tashlanganman. “Sevgi” so‘zini eshitib, nega bujmayib ketding?
Nega senga yopishib oldim? Sen ham, hech shubhasiz, menga o‘xshab qattiq darg‘azabsan. Men
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |