www.ziyouz.com kutubxonasi
220
— Xudoyim- yey, men bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa kechikdim.
— O’n besh daqiqa.
— Avval eshitgin...
— Bilasanmi, — yana gapini kesdi u, — badiiy asarlarda ko‘pincha shunday tomoshalar uchrab
turadi. — Qahramon paydo bo‘ladi va barcha noxush xayollar bema’ni tushdek yo‘qolib ketadi,
atrofdagilar yana shod-xurram bo‘lib qoladilar. Bu nihoyatda ko‘ngil yaqinligining alomati. Oddiy dalil,
u oxir-oqibatda paydo bo‘ladi va sevinchdan yosh tentak qizning boshi osmonga yetadi.
— Ammo sen unday emassan.
— Mayli, — rozi bo‘ldi u. — Eski miya qutisi bunday jismoniy mashqlar uchun torlik qiladi. — Nima
bo‘lganda ham, — u engashib, Palmerning qo‘llarini shapatilab qo‘ydi, — nima bo‘lganda ham
kelganing uchun xursandman.
— Men ham xursandman. — U ayolning qo‘lini ushladi.
— Qurib ketsin, — davom etdi ayol, — bu o‘limtik natsist nimasi bilan seni maftun qildi, qanday
qilib Nyu-Yorkdagi eng go‘zal ayol bilan ishqiy uchrashuvga kechikib kelishga jur’at etding?
— Aytganim bilan ishonmaysan.
— Qani ayt-chi?
— Boshqa payt aytib beraman, — uning qo‘lini qisdi.
— Nega uni natsist deyapsan?
— Aslida shunday emasmi? — U birdaniga “achigan karam” deb ataladigan talaffuzda gapirishga
o‘tdi.
U hech qachan partiya agzasi bilan ichkani yoq? Bisning aramisda natsis belan ichkan natsis yoq.
Ha, bis ularga nema boldi, belgan yoq.
U kulib yubordi.
— Siz irlandlar haqiqatan ham oliy irq namoyandalarini yoqtirmaysizlar, to‘g‘rimi?..
Palmerning kulgisidan salgina narida turgan ofitsiant cho‘chib tushdi. U biron narsa buyurishadi
deb o‘ylab, burilib qaradi. Palmer dabdurustdan buni sezmay qoldi.
— Menga ham xuddi shunisidan, — dedi u Virjiniyaning bo‘sh stakanini ko‘rsatib, — xonimga yana
bitta.
So‘ng bir muddat bosh chayqab jim turib qoldi, keyin:
— Yaqinda men Viktor Kalxeynning bir va’zgo‘yligini eshitib qoldim, — dedi.
— Vik, — buyuk makkor, — ta’kidladi Virjiniya irland lahjasida gapirishda davom etib. —
Irlandlardan keyingi o‘rinda — italyanlar turadi. Vikning qoniga har ikkalasi qo‘shilib ketgan.
— Harqalay, u Mak Bernsdan ehtiyot bo‘l, deb ogohlantirdi.
— Uh, hozirgi kunlarda hammamizda, jumladan, irlandlarda ham livanliklardan bir chimdim bor.
— Men kelguncha qancha ichib ulgurding?
— G’animlik Departamentida livanliklarga mansub shaxslar, — davom etdi u, — o‘zlarini keltlar deb
hisoblovchilar soni bilan baravar.
— Mast bo‘lib qolibsan.
— Ichdim, kayf qildim, yig‘ladim, — xo‘rsindi u. — Umuman, ko‘p ichmadim. Shunchalik uzoq
kutish davomida birgina stakan bilan cheklandim. Ko‘rmayapsanmi? — Bo‘sh stakanni unga tomon
surib qo‘ydi — Muz parchalari qanchalik kichik bo‘lib qolganini ko‘ryapsanmi? No‘xatning o‘zi deysan.
— Bugun senga nimadir bo‘lganga o‘xshaydi.
— Bir chekkada turib, seni shafqatsizlarcha o‘rganish natijasi, xolos.
— E, xudo, — dedi Palmer ma’yuslanib. — Endi hech qachon uchrashuvga kechikib kelmayman...
— Buning uchun qandaydir darajada yaxshigina jazo olding. Men talabni yuqori qo‘yaman, sen
hammasiga mos kelasan. Hatto boshqalardan baland turasan. Sen juda dahshatlisan, qarang-a,
qizarib ketyapganini! — Bunaqasi xotinlarda bo‘ladi. Eh, faqat kichkina bir tugun bor-da. Sen bevaqt
uylanib qo‘ygansan-da.
— Men qizaribmanmi? — O’jarlik qildi Palmer. — Ayollar menga doim shunday deyishadi.
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |