www.ziyouz.com kutubxonasi
225
— Shunday.
— Seni yuqoriga taklif qilolmayman. Tushunasanmi?
— Ha.
— Buni judayam xohlashimniyam tushunasanmi?
— Ha.
U og‘ir xo‘rsinib qo‘ydi.
— Seni bag‘rimga bosaman. Ilonni ko‘kragimga olgan kabi. Uni uloqtirib yuborish kerakligini bila
turib...
— Virjiniya...
— E, xudo, bu aljirashlar tamom bo‘lishini shunday xohlaymanki... — U pastki labini tishladi va
mashinaning oldingi oynasiga tikildi. — Mana shu burchakda to‘xtang. Burilib o‘tirmang. U yog‘iga
o‘zim ketaman. Xayrli tun.
— Menga ruxsat eting...
— Xayrli tun, — takrorladi Virjiniya va ko‘cha tarafdagi eshikni ochdi.
— Ledi, — ogohlantirmoqchi bo‘ldi shofyor, — bu tomonga tushib bo‘lmaydi-ku...
— Yo‘lingdan qolma, Jek, — javob qaytardi u ko‘chaga tushib bo‘lib. — Xayrli tun. — U eshikni
qattiq yopib, mashina oldidan yo‘lkaga qarab chopib ketdi, tuflisining baland poshnalari yaltirab,
ko‘cha chiroqlari yog‘dusini aks ettirardi. Burchakkacha chopib borgach, u yog‘iga sekin yurib ketdi.
Ayol ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha Palmer uning kelishgan sonlarini kuzatib turdi. Shofyor tishlari
orasidan nimalarnidir so‘rib, g‘alati bir tovush chiqarib qo‘ydi.
— Qaerga boramiz? — so‘radi u sovuqqina.
Palmer xo‘rsinib, o‘ylanib qoldi. So‘ng:
— Do‘stimni “folksvagen” mashinasi bor. U Oltmishinchi ko‘cha hududida, Birinchi va Uchinchi
avenyularning o‘rtasida ikkinchi qatorda bo‘lishi kerak. Keling, izlab topamiz.
— Mayli, izlaymiz, — Shofyor tezlikni oshirdi, taksi svetofor yonidan o‘tib, olg‘a intildi.
— U yosh ayol, — dedi u, — qaysi tomondan katta ko‘chaga chiqishni bilsa kerak.
Palmer shu bilan suhbatga chek qo‘yiladi deb o‘ylab, jim bo‘ldi. Biroz yurishgandan keyin shofyor
gapga tushdi:
— Mana shunisiga tushunmayman. Odamlar nima qilishayotganini bilmagandek yurishadi. Yana
hammasi ma’lumotli.
Palmer sigaret chekib, “folksvagen”ni izlab boraverdi.
— Hozirgi ma’lumotlilardan nimaniyam kutish mumkin? Narx oshgandan oshib ketayapti. Zig‘irdak
ish haqi bilan qanaqa ma’lumot olish mumkin?
Palmer oldinga engashdi.
— Shu yerdan burilib, ilon izi qilib haydang.
— Yaxshi. Mening o‘g‘lim bor. O’n besh yoshda. Ikki yildan keyin kollejga kirishi kerak. Bu darajani
— olmaguncha xuddi loyning o‘zisiz. U “san’at bakalavri” deb ataladi. U bo‘lmasa, hech narsaga
arzimaysiz. Ammo u — qobiliyatli bola. Daho emas. Oddiygina qobiliyatli o‘smir. O’rtacha baholar
olishi mumkin. Nyu-Yorkdagi kollejlarga kirish uchun o‘rtacha baho zarurligini bilasiz. Endi hech
kutilmaganda 87 ball bilan kiradigan qilib qo‘yishibdi. Bu — o‘g‘lim uchun tobutda yotish bilan
baravar. Umuman, hamma risoladagi yigitlar uchun... Hech kim aptekachi bo‘lishni xohlamaydi. U
farmakologiyaga joylashmoqchi, u yerda hozircha yaxshi to‘lashadi.
Taksi Uchinchi avenyuga chiqdi, so‘ng yana sharqqa burilib, yondosh ko‘chaga o‘tdi. Palmer ko‘cha
bo‘ylab “folksvagen”ni qarab bordi, mashina ko‘rinmas edi.
— Barcha illatlar, — shofyor hasratini davom ettirdi, — maktabga taqaladi. O’qitish saviyasi past.
Ular bolalarga zarur bilimlarni berolmaydilar. Yo, xudo, telbasifat g‘or odamlar, greklar, misrliklar va
yana hech kimga keragi yo‘q allakimlardan boshlaydilar. Bular bolalarga zarurmi — ayting-chi?!.
Ulardan qanday naf bor? O’qitadigan kitoblarini aytmaysizmi? Bu kitoblar kimga kerak? She’riyat?
Shekspir? Umringizda ko‘rmagan, eshitmagan odamlar yozgan kitoblar. Siz ham ularni hech qachon
Bankir (roman). Lesli Uoller
Do'stlaringiz bilan baham: |