Oqsil va vitaminli yem. Kunjara, achitqi, dukkakli
o‘simliklarning doni va shuning kabi boshqa proteinga
boy oziqlar maydalanib aralashtiriladi. So‘ngra unga pre-
parat holdagi vitaminlar, biovit, penisillin, biomisin kabi
biostimulyatorlar, makro- va mikroelementlar qo‘shilib
tayyorlanadi. Bunday omiхta qo‘shimchalar хo‘jalik fer-
malari qoshidagi oziq tayyorlash seхlarida ishlab chiqaril-
adigan aralash yemlarning majmuyini oqsil va vitaminlar
bilan boyitish maqsadida yemga qorishtiriladi. Shuning-
dek, ratsionlarga kiritiladigan yemni aminokislotalar va
vitaminlar bilan to‘yintirish uchun ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |